Yakshanba, 19.05.2024, 22:11:41
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Saytga baho bering
Статистика

Xozir saytda 15
Mehmonlar 15
A'zolar 0

19:04:14
Yangi “Chevrolet Captiva” taqdimoti

Mamlakatimiz avtomobilsozlari Vatanimiz davlat mustaqilligining 20 yilligiga munosib sovg‘a hozirladilar. Toshkentdagi Turin politexnika universitetida 6 sentabr kuni "GM Uzbekistan” qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan, yangilangan "Chevrolet Captiva” avtomobilining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda "O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar, "General Motors” kompaniyasi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Marosimda Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida yurtimizda avtomobilsozlik sanoatiga asos solinishi xalqimizning mustaqillik yillarida erishgan eng katta yutuqlaridan biri bo‘lgani alohida ta’kidlandi. Bugungi kunda yurtimizda avtomobilsozlik iqtisodiyotning jadal rivojlanayotgan sohalaridan biriga aylandi.

"O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida qariyb 40 kompaniya, shu jumladan Janubiy Koreya, Turkiya, Italiya, Germaniya, Gollandiya, AQSH kabi davlatlar kapitali va texnologiyasi ishtirokidagi korxonalar faoliyat yuritmoqda. Avtomobilsozlarimiz faoliyati asosan yengil avtomobillar, avtobuslar, yuk avtomobillari va butlovchi qismlar ishlab chiqarishga qaratilgan. Soha korxonalarida 16 mingdan ziyod kishi mehnat qilmoqda.

Asaka avtomobil zavodida zamonaviy standartlarga javob beradigan, qulay, xavfsiz, ishonchli va tejamkor yengil avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. Korxonada dastlab "Damas”, "Tico”, "Nexia” avtomobillari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, keyinchalik "Matiz”, "Epica”, "Captiva”, "Lacetti” avtomobillarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. 2010 yilning avgust oyida "Spark” avtomobili jamoatchilik e’tiboriga havola etildi.

O‘zbekiston avtomobillari nafaqat yurtimiz, balki xorij bozorlaridan ham munosib o‘rin egallab, boshqa mamlakatlarda xaridorlar ishonchini qozonmoqda. Avtomobilsozlarimiz iste’molchilarning talab va takliflarini inobatga olib, yangilangan "Chevrolet Captiva” avtomobilini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

Ushbu yangi rusum o‘ziga xos dizayni, yuksak darajadagi uskunalardan foydalanilgani, yangi dvigatel va uzatmalari bilan ajralib turadi. Avtomobilning old tomoni ko‘rinishi ham o‘zgargan – "Chevrolet Captiva” yangi asosiy yoritgichlar turkumiga ega bo‘ldi, bamperi va unda uyg‘unlashgan tumanga qarshi chiroqlarining shakli o‘zgartirilgan. Avtomobil ichki va tashqi ko‘rinishi hamohang bo‘lishi uchun eng kichik detallarga qadar e’tibor qaratilgan.

Haydovchi va yo‘lovchilar qulay va bemalol joylashishi uchun yangi "Captiva”ning saloni keng va shinam ishlangan. Orqa tomondagi ikkinchi va uchinchi qator o‘rindiqlarni yig‘ish imkoniyati yaratilgani tufayli yetti kishini sig‘dira oladigan "Captiva” yuk tashiy oladigan ulovga aylanishi ham mumkin. Avtomobilda parktronik, CD/MP3-pleyer, Bluetooth, sensor ekranli navigator, avariya stop-signali mavjud, boshqaruv chambaragiga harorat nazorati pulti o‘rnatilgan. Passiv xavfsizlik tizimi tarkibida oltita xavfsizlik yostiqchasi mavjudligi haydovchi va salonning barcha qismidagi yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

"Captiva”ning oldingi modeliga 5 bosqichli avtomat uzatma va 3,2 litr hajmdagi 230 ot kuchiga ega dvigatel o‘rnatilgan bo‘lsa, yangilangan rusum 6 bosqichli avtomat uzatma, 3 litr hajmli 258 ot kuchi quvvatiga ega dvigatel bilan jihozlangan. Yangi avtomat uzatmalari avtomobilning texnik tasnifi va tejamkorligini yanada oshirish imkonini beradi.

Joriy yilning sentabr oyidan boshlab sotuvga qo‘yiladigan "Chevrolet Captiva” yurtdoshlarimizning yana bir sevimli avtomobiliga aylanishiga shubha yo‘q.

Taqdimot marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.Rozuqulov ishtirok etdi.
Категория: QIZIQARLI MA'LUMOTLAR | Просмотров: 961 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Теги: avto, Yangi, 2011, GM Uzbekistanдан янги автомабил, Chevrolet, captiva | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 5
hmmm
Mowinalaga qiziqmasam ham ma'lumot u.n raxmat
sizga keremasmi???
Admin Спам
10
09.2011
man g a kerekmasad tongue wacko
Admin Спам
08
09.2011
katta bo'lsam 1 ta shu mashinadan v1rusga olibberaman cool
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Sentyabr 2011  »
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика