Yakshanba, 19.05.2024, 17:26:35
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Saytda ko'proq nima bo'lishini xoxlaysiz
Статистика

Xozir saytda 13
Mehmonlar 13
A'zolar 0

20:31:01
Xotirani charxlash sirlari
Kerakli kitob sahifasidagi ma’lumotlarni esda saqlash yomon emas-a ? Do’stlaringizni tug’ilgan kunlari hamisha yodda tursa, qanday  yaxshi!.. Hammada eslab qolish qobiliyati turlicha. Ko’pchilik biror bir narsani eslab qolish maqsadida uni o’ziga tanish bo’lgan narsalar bilan bog’laydi. Masalan, Tohir ismini yodda saqlash uchun "Tohir va Zuhra” romanini, yoki qarindoshlaridan birining ismi Tohir bo’lsa, shuni asosiy tayanch qilib oladi. Bu bilan kishilar o’z xotirasini turli mashqlar yordamida charxlashi va yodda turmaydigan narsalarni, osonlik bilan elsab qolishi mumkin. Xotira haqidagi maslahatimiz hayotingizda asqatadi degan umiddamiz.
Qadam-baqadam maslahat

"Eslab qolish qobiliyatim yaxshi", deya o’zingizni ishontiring. Ko’pchilik insonlar o’zlarini "mening xotiram past, ism va raqamlarni negadir eslab qololmayman”, deb ishontirib qo’yishadi. Bunday fikrni xayolingizdan chiqarib tashlang va xotiramni yaxshilayman deb qat’iy qaror qabul qiling. Bu borada erishgan har bir yutug’ingizni nishonlang bu sizga kuch va g’ayrat bag’ishlaydi.
2 O’xshash narsalar orqali eslab qolish o’ta foydali. Do’stimizning telefon raqamini eslab qololmasligimizga sabab ular orasida bog’liqlik mavjud emas. Masalan, 5354127 raqamlarini xotirlash juda qiyin. Shunday hollarda bu raqamlarni qismlarga ajratib (5,3,5,4,1,2,7) bosh harfini yoki o’zini biror bir hikoya yoki tanish matal bilan bog’lash kerak. Masalan, besh boladan uchtasi besh oldi. 535 raqami chiqadi. Ana endi siz bu raqamni shubhasiz, eslab qolasiz. Bu, albatta har bir insonning ijodkorlik mahoratiga bog’liq
Xayoliy bog’lash ham eslab qolishga katta yordam beradi. Masalan, kitob o’qib o’tirgan bolani yodda saqlamoqchisiz . Xayolingizga kitob o’qib o’tirgan bolani keltirmang bu juda oddiy va tez esdan chiqadigan narsa. Bu sizning xayolingiz va bu yerda siz xohlagan narsalarni amalga oshira olasiz shu sababli g’ayritabiiy holda tasavvur qilishga harakat qiling "bolani quvlab yurgan kitob” yoki "kitobni ishtaha bilan yeyayotgan bolakay”ni tasavvur qiling va albatta siz buni esdan chiqarmaysiz.
Narsalarni guruhlashtirish ham eslab qolishga yordam beradi. Ko’pchiligimiz bozorga borishdan oldin kerakli narsalarni ro’yxatini olamiz, lekin baribir nimadir esdan chiqadi yoki olmoqchi bo’lgan bazi bir narsalarimizni esdan chiqarib qo’yamiz. Bunday hollarda ularni guruhlarga bo’lish bizga katta yordam beradi. Sabzavotlar, mevalar, go’shtli mahsulotlar – ularning har birini sonini eslab qolamiz va qay birini olishimizdan qat'iy nazar bir guruhga kiruvchi narsalar boshqasini eslatib turadi.

Yana bir misol : 1991194722001989 ko’rinishidagi raqamni eslab qolish qiyin, ammo uni har to’rttasini bir guruhga ajratsak yillar hosil bo’ladi. (1991-1947-2200-1989) Va ularni biror narsa bilan bog’laymiz. 1991-yil O’zbekiston mustaqillikka erishgan. 1947-yil Hindiston mustaqillikka erishgan. Toshkent yaqinda o’zining 2200 yilligini nishonladi. 1989-yil O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Qarab turibsizki, endi bu raqamlarni eslab qolish hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi.
Eslab qolmoqchi bo’lgan narsalarimizni takrorlash. Rus xalqida bir maqol bor: "Takrorlash – bu bilimning onasi”. Haqiqatan, tez-tez biror bir narsani takrorlash uning xotirada muhrlanishiga sabab bo’ladi. Har bir inson hayotda tez-tez takrorlanib turadigan narsalarni esdan chiqarmaydi. Talaba imtihonga tayyorgarlik ko’rib misollarni bajarishi mumkin, ammo ma’lumotlarni takrorlab turmasa, yakuniy imtihonni topshira olmaydi. Inson xotirasi qisqa muddatli axborotlar saqlanadigan va uzoq muddatli xotira, doimiy ma’lumotlar saqlanadigan bo’limdan iborat. Ma’lumot birinchi marta qabul qilinganda qisqa muddatli xotirada saqlanadi va ma’lum vaqtdan so’ng o’chiriladi. Agar ma’lumot bir necha marotaba qaytarilsa, uzoq muddatli xotira bo’limiga joylashtiriladi. Shu sababli eslab qolmoqchi bo’lgan narsangizni qancha ko’p takrorlasangiz shuncha yaxshi eslab qolasiz. Ma’lumotlarni bunday usulda eslab qolish uchun fleshkardlardan foydalaniladi. Fleshkard yasash uchun qog’ozning bir tomoniga savol, ikkinchi tomoniga javobini yozasiz. Savolni o’qib javobini bilsangiz o’tkazib yuboraverasiz, topa olmasangiz orqasiga qaraysiz . Qayta takrorlanaverganligi uchun savollarning javobi xotirangizda muhrlanadi.
6 Hayotingizni jadvallashtiring. Doimiy ishlatadigan narsalar: kalit, ko’zoynaklaringizni bir joyda saqlashga harakat qiling. Kun tartibi rejalashtirilgan elektron qurulmalardan yoki yon daftarchadan foydalaning. Qarindosh va do’stlaringizni uy manzillarini va telefon raqamlarini daftarga yozib qo’ying, telefon va kompyuter xotirasiga ham kiritib qo’ying. Bu narsalar sizning xotirangizni ortiqcha yukdan xalos qiladi va boshqa zarur narsalarni eslab qolishingizga yordam beradi. Agar rejalashtirish sizning eslab qolish qobiliyatingizni oshirmasa ham ranjimang, siz baribir manfaatdorsiz . (Hech bo’lmaganda kalitni qayerga qo’yganingizni bilasiz).
Yangi ma’lumotlarni eslab qolmoqchimisiz, sekin va chuqur nafas oling. Odam miyasi sekin va chuqur nafas olganda o’zining ishlash mexanizmini o’zgartirar ekan. Bunday holat odatiy normal holda uxlaganda kuzatiladi. Inson biror bir narsani eslamoqchi bo’ladi-yu, ammo eslay olmaydi. Uxlab turganidan so’ng to’satdan yodiga tushadi. Bu holat yuqorida aytib o’tganlarimizga misol bo’ladi. Shu sababli biror bir narsani eslab qolmoqchi bo’lsangiz sekin va chuqur nafas olib chiqaring.

Umumiy maslahatlar.
Aqlni charxlash. Turli tuman yangi narsalarni bajarish misol uchun, til yoki pianino chalishni o’rganish eslab qolish qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi. Aqlni doimiy charxlab turish zehnni kuchaytiradi va eslab qolish qobiliyatini yaxshilaydi, oddiy krossvordlarni yechish xotira uchun mashq vazifasini o’tab beradi.
2 Badantarbiya. Badantarbiya va aerobika mashqlari qon aylanishini yaxshilaydi. Bu esa miyaning funksiyalarini yaxshi ishlashiga yordam beradi. Bu qarilik bilan keladigan xislatlardan biri bo’lmish esdan chiqarib qo’yishni oldini oladi.
Asabiylashishdan muhofazalanish. Insonning ko’p asabiylashishi haqiqatan uning sog’lig’i uchun juda yomon ta’sir ko’rsatadi, xususan miyaga ham. Shu sababli ko’p siqilib asabiylashish xotiraning susayishiga olib keladi. Har doim ham asabiylashishdan qochib, qutulib bo’lmaydi, lekin uni qaysidir ma’noda boshqarsa bo’ladi . O’zini qo’lga olish, asabiylashmaslikka harakat qilish ba’zan miyani ma’naviy dam oldirish bunga misol bo’la oladi.
Vaqtida yaxshi ovqatlanish. Hozirgi kunda xotira qobiliyatini yaxshilovchi ko’plab oziq-ovqatlar chiqib ketgan, ammo ularning aksariyati laboratoriyada o’z isbotini topmagan. To’g’ri va vaqtida ovqatlanish inson salomatligidan tashqari uning xotirasiga ham tasir ko’rsatadi. Iste’mol qiladigan ovqatlarimiz tarkibida timin va vitamin B6 moddalarining bo’lishi miya faoliyati uchun juda foydali.Bir kunda 3 marta to’yib ovqatlanish o’rniga 6 marta kam-kam tanovul qilgan yaxshiroq. Va qondagi qand moddasining bir me’yorda bo’lishi, ham miya, ham xotira uchun foydali. Iste’mol qilayotgan taomingizni foydali ekanligini nazorat qiling. Eng asosiysi, achchiq va nordon taomlardan o’zingizni tiying, bu ham xotiraning sustlashishiga olib keladi.
Rasmdan foydalanish. Ba’zan biz "xotiram pand berdi, eslay olmayapman” degan narsaga xotira emas, bizning loqaydligimiz sabab bo’ladi. Masalan, yangi bir inson bilan tanishib uning ismini eslolmay yuramiz. Bu bizning xotiramiz sustligidanmas, balki loqaydligimiz tufaylidir. E’tiborni kuchaytirish bunday hollarning oldini oladi. E’tiborni kuchaytirish uchun biror bir rasm olamiz; bir lahza unga qarab, teskari o’girib qo’yamiz va tasvirni eslashga harakat qilamiz; ko’zni yumib hayolan tasavvur qilishga urinamiz. Mashq jarayonida har gal yangi rasmdan foydalaning va tez orada katta o’zgarishlarni his qilasiz.
Eslab qolishingiz uchun o’zingizga vaqt bering. Biror bir narsani bir lahzada eslab qolish uning bir lahzada unutilishiga sabab bo’lishi mumkin. Har qanday chalg’ituvchi narsa siz eslab qolayotgan narsani unutib yuborishingizga sabab bo’lishi mumkin, hatto tasodifiy qo’ng’iroq ham. Shu bois biror bir narsani xotirada saqlayotganingizda o’zingizga bir oz vaqt bering xayolingizdan boshqa narsalarni chiqarib, diqqatingizni eslab qolmoqchi bo’lgan narsangizga qarating. Uni qaytib yodingizga tushurmoqchi bo’lganingizda ham sizni chalg’itishi mumkin bo’lgan narsalardan xoli bo’lib, diqqatingizni bir joyga jamlab eslashga harakat qiling.
Yetarlicha uxlash. Oxirgi Garvorddagi tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, inson uyqu davomida kun bo’yi to’plangan ma’lumotlarni sintez qiladi. Inson aqliy salomatligi uchun kuniga kamida 7 soat uxlashi kerak. Shunda xotira zaiflashmaydi.
O’zingizni yodda saqlab qolish usullaringizni yarating. Mamlakatdagi go’zal joylarni undagi shaharlar nomi bilan bog’lab oling va hokazo.
Категория: BILASIZMI? | Просмотров: 1040 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Теги: charx, xotira, Sir | Рейтинг: 5.0/3
Всего комментариев: 1
Admin Спам
13
03.2012
xa yangilik uchun ramad ijodizga omad
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Mart 2012  »
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика