Yakshanba, 19.05.2024, 17:59:06
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Zamonaviy estrada xit paradi
Статистика

Xozir saytda 10
Mehmonlar 10
A'zolar 0

09:41:38
Xorij Xabarlari


Qayta tiklanuvchi beton

Amerikalik olimlar elastik beton yaratdi, deb xabar beradi RATA-TASS. Ma’lumotlarga qaraganda, qurilish olamida yangilik bo‘lgan ushbu beton imorat darz ketganida to‘la tiklanish xususiyatiga ega. Buning uchun yoriqqa suv quyishning o‘zi kifoya. Shunda betondagi mineral birikmalar havodagi karbonat angidrid gazi bilan birikib, yoriqlar o‘rnini to‘ldiruvchi kalsiy karbonati ishlab chiqaradi.

Mahalliy matbuotning yozishicha, elastik beton chig‘anoqlarni rivojlantiradigan minerallar birikmasidan tayyorlanadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, undan yo‘llar, ko‘priklar va zilzilaga chidamli ko‘p qavatli inshootlar barpo etishda foydalanish mumkin.

15 million dollarlik olmos

Janubiy Afrika Respublikasida og‘irligi 522 karatga teng olmos topildi. Ushbu olmos kattaligi bo‘yicha dunyoda o‘n to‘qqizinchi o‘rinni egalladi. Ommaviy axborot vositalari tarqatgan xabarlarga ko‘ra, mazkur olmos o‘n besh million AQSh dollariga baholangan.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish joizki, shunga o‘xshash topilma Janubiy Afrikada 1905-yilda aniqlangan. Uning og‘irligi 3106 karatga teng bo‘lib, dunyodagi eng katta olmoslar sirasiga kiradi.

Mobil telefondan foydalangach, qo‘lingizni yuvishni unutmang

Fransiya olimlari mobil telefonlar inson salomatligi uchun zararli ekanini ta’kidlamoqda. Uyali telefon ustidagi qoplamada ko‘plab turdagi bakteriyalar mavjud bo‘lib, turli yuqumli xastaliklarni keltirib chiqaradi.

Ayniqsa, salmonella, stafilokokk bakteriyalari juda xavfli bo‘lib, ichak yallig‘lanishini yuzaga keltiradi. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, gigiyena qoidalariga tamomila javob bera olmaydigan mobil aloqa vositalarini begona qo‘llarga bermaslik, undan foydalangach qo‘llarni sovunlab yuvish tavsiya etiladi






Категория: DUNYO HABARLARI | Просмотров: 947 | Добавил: Admin | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Aprel 2012  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика