Yakshanba, 19.05.2024, 22:43:21
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Qaysi operatordan foydalanasiz
Статистика

Xozir saytda 7
Mehmonlar 7
A'zolar 0

09:58:11
Xorazm viloyatida uchrashguncha!



…Navqiron avlodning sport va yoshlik bayrami – "Umid nihollari – 2012” munosabati bilan qad rostlagan muhtasham markaziy stadion yana mehmonlar va sport muxlislari bilan to‘ldi. Bayramona bezatilgan stadion uzra "Umid nihollari – 2012” mash’alasi yorqin nur sochmoqda.

Maydonga musobaqalarda ishtirok etgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahri terma jamoalari vakillari kirib keladi.

"Umid nihollari – 2012” sport o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi g‘oliblarni taqdirlash bilan boshlanadi.

Keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tgan musobaqada umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan Toshkent shahri jamoasi bosh sovrin – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Umid nihollari” sport o‘yinlari qatnashchilariga tabrigining asl nusxasi va "Damas” avtomobili bilan taqdirlandi.

Umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallagan Navoiy viloyati va uchinchi pog‘onadan joy olgan Samarqand viloyati jamoalariga mamlakatimiz Prezidenti sovg‘asi – "Damas” avtomobillari topshirildi.

Musobaqalarda alohida mahorat ko‘rsatgan, g‘alabaga intilishini namoyon etgan bir guruh o‘quvchilar maxsus sovrinlar bilan taqdirlandi.

– Sport va do‘stlik bayrami – "Umid nihollari – 2012” bir umrga yodimda qoladi, – deydi belbog‘li kurash bo‘yicha "Umid nihollari – 2012” sport o‘yinlari oltin medali sohibi namanganlik Abdurasul Habibullayev. – Yakuniy bosqich bellashuvlari unutilmas voqealar va rekordlarga boy bo‘ldi. Musobaqalar o‘quvchi-sportchilarning mahorati yuksalayotgani va mamlakatimizning barcha hududlarida sport izchil rivojlanayotganini ko‘rsatdi. Bu – Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida biz, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishimiz, o‘z iste’dodimizni keng namoyish etishimiz uchun yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar samarasidir.

– Musobaqalarda viloyatimiz yoshlarining umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallab, davlatimiz rahbarining sovg‘asi – "Damas” avtomobilini qo‘lga kiritishiga men ham o‘z hissamni qo‘shganimdan xursandman, – deydi "Umid nihollari – 2012” musobaqalarining shaxmat bo‘yicha oltin medali sovrindori navoiylik Mohinur Qahramonova. – O‘quvchi-yoshlarning haqiqiy sport bayramiga aylangan mazkur musobaqalar munosabati bilan Navoiyda bunyod etilgan zamonaviy sport inshootlari davlatimiz rahbarining biz, yoshlarga ko‘rsatayotgan doimiy g‘amxo‘rligi va e’tiborining amaldagi yana bir ifodasidir. Bularning barchasi navqiron avlodning jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiladi.

"Umid nihollari” – Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish maqsadida o‘quvchi va talabalarni sport mashg‘ulotlariga uzluksiz jalb etish maqsadida yaratilgan uch bosqichli sport tizimining dastlabki bo‘g‘inidir. Mazkur noyob tizim musobaqalari munosabati bilan mamlakatimizning barcha shahar va qishloqlarida barpo etilgan zamon talablariga to‘liq javob beradigan sport majmualari, bolalar sporti inshootlari, stadionlar, sport maydonlari, gimnastika markazlari, maktab va kollejlarning sport zallari yoshlarimiz uchun ulkan imkoniyatlar yaratmoqda. Barcha sport inshootlarini zamonaviy sport anjomlari, yuqori malakali sport ustozlari va murabbiylar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilayotir. Sportni ommalashtirish, ayniqsa, bolalar sportini rivojlantirish borasidagi ishlar ko‘lami tobora kengaymoqda.

"Umid nihollari – 2012”ning yakuniy bosqichida tuman, shahar, viloyat miqyosidagi bellashuvlarda o‘z iqtidori va qobiliyatini namoyish etgan eng sara o‘g‘il-qizlar sportning 12 turi bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Olimpiya o‘yinlari talablariga qat’iy rioya qilingan, xolislik, halollik, adolat, o‘zaro do‘stlik va birdamlik kabi qadriyatlar bosh mezon bo‘lgan bellashuvlarda ishtirokchilarning ko‘rsatkich va natijalari tobora o‘sib borayotgani qayd etildi, ko‘plab rekordlar o‘rnatildi. Bu, o‘z navbatida, mamlakatimiz sport zaxirasi iqtidorli yoshlar bilan to‘lib borayotgani, o‘g‘il-qizlarning sport sohasidagi imkoniyatlari va salohiyati yuksalayotganidan dalolatdir.

"Umid nihollari”, "Barkamol avlod” va Universiada ming-minglab yoshlarimiz uchun sport olamida eng yuksak marralarni egallashda o‘ziga xos parvoz maydoni vazifasini o‘tamoqda. Bunday samarali tizim farzandlarimizni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan yetuk, irodasi baquvvat, imon-e’tiqodi mustahkam insonlar etib voyaga yetkazishda, qat’iyat va mardlik ruhida tarbiyalashda chiniqish va mahorat maktabiga aylanib bormoqda. Zero, bugungi kunda xalqaro sport maydonlarida, Olimpiya o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilayotgan mahoratli sportchilarimizning deyarli barchasi ilk bor o‘quvchi va talabalar o‘rtasidagi ana shunday musobaqalarda kashf etilgan.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, sport har qaysi millat, har qaysi xalqni dunyoga tanitishning, uning salohiyatini namoyon etish, g‘urur va iftixorini yuksaltirishning eng samarali va ta’sirchan vositasidir. Bugun yurtimizda jadal rivojlanayotgan bolalar sporti – o‘zbek sportining kelajagi, uning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini oshirishning mustahkam poydevoridir. Shuningdek, insonning shaxs sifatida kamol topishida, unda kuchli iroda, g‘alabaga intilish, qiyinchiliklarni yengish ruhini tarbiyalashda, qalbi va ongiga vatanparvarlik, el-yurtga sodiqlik, iftixor tuyg‘ularini singdirishda sportning ahamiyati beqiyos.

O‘ziga xos yoshlik bayramiga aylangan sport o‘yinlari doirasida ko‘plab madaniy-ma’rifiy tadbirlar, viloyatning diqqatga sazovor joylariga sayohatlar tashkil etildi. Musobaqa ishtirokchilari Navoiy shahridagi Alisher Navoiy madaniyat va istirohat bog‘ini tomosha qilib, buyuk bobomiz haykali poyiga gullar qo‘ydi.

Karmana tumanidagi tarixiy yodgorliklar – XVI asrga doir "Qosim Shayx” majmuasi, XI asrda bunyod etilgan "Raboti Malik” va "Sardoba” karvon saroylariga uyushtirilgan sayohatlar o‘quvchi-sportchilarda katta taassurot qoldirib, ular Vatanimizning boy tarixi haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan "Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi nafaqat mamlakatimizda, balki xorijda ham mashhur. Bu yerda faoliyat yuritayotgan yigirmaga yaqin qo‘shma korxonada zamon talablariga mos yuqori sifatli ko‘plab turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Kelajagimiz egalari bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar Markaziy Osiyoda yagona ushbu erkin industrial-iqtisodiy zona faoliyatini katta hayrat bilan tomosha qildilar.

– Navoiy shahri va Karmana tumani bo‘ylab uyushtirilgan sayohatlar davomida xalqimizning buyuk tarixidan dalolat beruvchi qadimiy obidalar, muqaddas qadamjolar, istiqlol yillarida barpo etilgan muhtasham inshootlar va zamonaviy korxonalar bilan tanishuv menda unutilmas taassurot qoldirdi, – deydi suzish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston terma jamoasi a’zosi Shohsanam Uzoqboyeva. – Mamlakatimizning barcha hududlarida amalga oshirilayotgan mana shunday ulkan bunyodkorlik ishlari biz, yoshlarni o‘zimiz tanlagan sohalar bo‘yicha yuksak cho‘qqilarni egallash, yetuk mutaxassis bo‘lib, Vatanimiz obro‘sini bundan-da yuksaltirish sari undaydi.

Shuningdek, Navoiy informatika va elektron sanoat, madaniyat va san’at, industrial-iqtisodiyot, sport kollejlari, Navoiy davlat pedagogika instituti, konchilik instituti, futbol maktab-internatida taniqli sportchilar, yozuvchilar, san’at arboblari bilan uchrashuvlar, konsertlar tashkil etildi.

…Stadion uzra mayin musiqa sadolari yangraydi. "Umid nihollari – 2012” respublika sport o‘yinlari bayrog‘i tushirildi. Navoiy viloyatining yosh sportchilari "Umid nihollari” sport o‘yinlari bayrog‘ini umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining navbatdagi musobaqasiga mezbonlik qiladigan Xorazm viloyati vakillariga topshiradi.

"Umid nihollari – 2012” mash’alasi asta-sekin so‘nadi. Biroq uning tafti musobaqalar qatnashchilari qalbiga bir umrga jo bo‘lib, ularning katta sport sari boshlagan yo‘lini yoritadi, hayoti davomida yangi, yanada ulkan marralar va yutuqlar sari chorlayveradi.

"Umid nihollari – 2012” respublika sport musobaqalarining yopilish marosimi sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari, yosh ijrochilarning konsert dasturi bilan yakunlandi.

Manba: O'zA

Категория: SPORT YANGILIKLARI | Просмотров: 1382 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  May 2012  »
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика