Dushanba, 20.05.2024, 00:43:21
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Saytda ko'proq nima bo'lishini xoxlaysiz
Статистика

Xozir saytda 8
Mehmonlar 8
A'zolar 0

21:25:11
“Windows Phone” bazasida ishlovchi smartfonlarda Yandex qidiruv tizimi


Yandex kompaniyasi Nokia, Samsung, HTC va Microsoft bilan tuzgan shartnomaga asosan, Rossiya bozori uchun chiqariladigan "Windows Phone” smartfonlarida boshlang‘ich qidiruv Bing emas, Yandex qidiruvi bo‘ladi. Hozirda Yandex qidiruvi "Samsung Omnia W”, "Nokia Lumia 800” va "Nokia Lumia 710” smartfonlariga o‘rnatilgan. Bundan tashqari, HTC kompaniyasining shu yil kuzida taqdim qilingan "Titan”, "Mozart”, "Radar” smartfonlariga ham o‘rnatiladi. Eslatib o‘tamiz, oktabr oyida "Samsung Bada” platformasi uchun ham Yandex boshlang‘ich qidiruv tizimi sifatida qo‘yilishi haqida shartnoma tuzilgandi.

Microsoft kompaniyasi global bozorda Yandex qidiruvi bilan raqobat qiladigan Bing qidiruv tizimiga ega. "Windows Phone 7” platformasida chiqadigan barcha telefonlarda shu paytgacha kompaniya o‘zining qidiruv tizimini o‘rnatar edi. "NetMarketShare” hisob-kitobiga ko‘ra, mobil qurilmalar orqali qidiruvlarning bozordagi ulushlari oktabr oyi uchun quyidagicha:

  • Google — 91,14%
  • Yahoo — 6,96%
  • Bing — 1,11%
  • Baidu — 0,45%
  • Ask — 0,15%
  • AOL — 0,01%
  • boshqalari — 0,01%.

Bu borada Google kompaniyasi yetakchilik qilayotgani tabiiy. Chunki, Google o‘zi ishlab chiqaradigan Android va Apple kompaniyasi ishlab chiqaradigan iOS operatsion tizimlaridagi boshlang‘ich qidiruv tizimi — Google. Bozorning asosiy qismini esa shu smartfonlar egallaydi.

"Windows Phone” bazasida ishlovchi smartfonda Yandex qidiruv tizimi

Foto: Texnoblog.uz

Rossiya internetida hozir Yandex qidiruv tizimi yetakchilik qilyapti. Liveinternet statistikasiga ko‘ra, oktabr oyida Yandex 51,3%, Google 34,8% ulushga ega bo‘lgan.

Категория: DUNYO HABARLARI | Просмотров: 759 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Теги: bazasida, windows, Phone, qidiruv, smartfonlarda, yandex, tizimi, ishlovchi | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика