Yakshanba, 19.05.2024, 18:29:03
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Saytga baho bering
Статистика

Xozir saytda 8
Mehmonlar 8
A'zolar 0

19:01:25
Windows 8 uch xil versiyada chiqariladi

Windows 8 va Windows 8 Pro versiyalari x86-arxitekturasidagi kompyuterlar va planshetlar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, Windows RT esa – ARM-protsessorli qurilmalar uchun chiqariladi.

Windows 8 bazaviy operatsion tizim bo‘lsa, Windows 8 Pro esa tajribali foydalanuvchilar va biznes uchun mo‘ljallangan kengaytirilgan versiya sanaladi. Har ikkala versiya ham bir paytning o‘zida bir nechta monitorlar bilan ishlash imkoniyatini beradi.


Windows RT versiyasini esa boshqa ikkitasidan farqli o‘laroq alohida sotib olinmaydi, u qurilmaga oldindan o‘rnatilgan holda chiqariladi. Unga qo‘shimcha ravishda "Microsoft Office” ofis dasturlari paketidan Word matn muharriri, jadvallar bilan ishlash uchun Excel, taqdimotlarni tayyorlash uchun PowerPoint hamda eslatma, qaydlarni yozib qo‘yish uchun OneNote oldindan o‘rnatilgan bo‘ladi.

Bundan tashqari, Windows 8 Pro bazasida korporativ maqsadlar uchun Windows 8 Enterprise ham chiqariladi, biroq operatsion tizimning asosiy versiyalari uchta bo‘ladi xolos. Microsoft’ning tasdiqlashicha, Windows 8 – bu, yangi operatsion tizimning rasmiy nomi.


Shu yilning 27-fevral – 1-mart kunlari Barselona shahrida bo‘lib o‘tgan hamda mobil dunyosida yilning eng olamshumul voqeasi sanalgan "Mobile World Congress 2012” ("MWC 2012”) ko‘rgazmasida "Microsoft” korporatsiyasi "Windows 8” operatsion tizimining beta-versiyasi (Consumer Preview) chiqarilganini ma’lum qilgan edi.


Kompaniyaning o‘zi "beta-versiya” so‘zini ishlatgani yo‘q, buning o‘rniga u operatsion tizimning ushbu relizini "Windows 8 Consumer Preview” ("Windows 8”ning foydalanuvchilar uchun demo-versiyasi) deb nomlagan. Eslatib o‘tamiz, 2011-yilning sentabr oyida uning dasturchilar uchun mo‘ljallangan "Windows 8 Developer Preview” versiyasi chiqarilgan edi.


Eslatib o‘tamiz, 2009-yilda chiqarilgan Windows 7 operatsion tizimining olti xil versiyasi bor edi: Starter, Home Basic, Home Premium, Professional, Enterprise va Ultimate.


"Windows 8”ning beta-versiyasini
mana bu yerdan bepul ko‘chirib olishingiz mumkin, biroq undan foydalanish muddati cheklangan. Operatsion tizimni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan ISO-faylning hajmi uning turiga qarab 2,5-3,5 gigabayt atrofida.
Infoman
Категория: DUNYO HABARLARI | Просмотров: 831 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Теги: xil, windows, versiyada, Uch, chiqariladi | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Aprel 2012  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика