Yakshanba, 19.05.2024, 18:29:08
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Qaysi operatordan foydalanasiz
Статистика

Xozir saytda 8
Mehmonlar 8
A'zolar 0

20:02:42
“Windows 8” operatsion tizimining beta-versiyasi chiqishiga oz qoldi
“Microsoft” korporatsiyasi “Windows 8” operatsion tizimining beta-versiyasi taqdimoti o‘tkaziladigan kunni ma’lum qildi. Ushbu taqdimot Barselona shahrida o‘tkaziladigan “Mobile World Congress 2012” ko‘rgazmasi chog‘ida, 29-fevral kuni maxsus tadbir vaqtida o‘taziladi, deya xabar beradi “Agence France-Presse” agentligi. Taxminlarga ko‘ra, “Windows 8” beta-versiyasining tadimoti bilan bir vaqtda yangi operatsion tizim uchun turli dasturlar sotiladigan “Windows Store” onlayn-do‘koni ham ishga tushiriladi. Eslatib o‘tamiz, “Windows 8” operatsion tizimining dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarga mo‘ljallangan maxsus versiyasi 2011-yil sentabr oyida chiqarilgan edi. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, “Windows 8” ikki xil interfeysga ega bo‘ladi – oddiy va “Metro” (“Microsoft Office 2007” va “Microsoft Office 2010” ofis dasturlari paketidagi kabi lentali interfeys). Bundan tashqari, yangi operatsion tizim ham shaxsiy kompyuterlar, ham planshet kompyuterlarda ishlash uchun moslashtirilgan bo‘ladi. Yaqinda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, “Microsoft” softver-giganti 1995-yildan beri ilk marta o‘zining “Windows” operatsion tizimidan “Start” (ruscha, “Пуск”) menyusini olib tashlashga qaror qilgan. Yana shuni ham aytib o‘tish joizki, “Windows 8” – hozircha, yangi operatsion tizimning kodli nomidir. Pirovardida, operatsion tizim bozorga qanday nom bilan chiqarilishi haqida hali biror ma’lumot mavjud emas. Yangi operatsion tizimda ikki turdagi dasturlardan foydalanish mumkin: odatiy Windows-dasturlar va ilova-dasturlar; HTML5 va JavaScript yordamida ishlab chiqilgan dasturlar. “Windows 8” operatsion tizimiga yangi “Internet Explorer 10” brauzeri ham o‘rnatilgan bo‘ladi. “Microsoft” korporatsiyasi operatsion tizimning yangi versiyasiga bag‘ishlangan maxsus “Building Windows 8” blogini ham ishga tushirgan.
Категория: DUNYO HABARLARI | Просмотров: 1280 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
megaplanet Спам
28
03.2012
axa
megaplanet Спам
28
03.2012
axa
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Fevral 2012  »
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
272829
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика