Yakshanba, 19.05.2024, 20:26:14
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Saytda ko'proq nima bo'lishini xoxlaysiz
Статистика

Xozir saytda 16
Mehmonlar 16
A'zolar 0

13:56:09
VENGRIYA RESPUBLIKASI PREZIDENTI PAL SHMITT (RASMIY TASHRIF)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Vengriya Respublikasi Prezidenti Pal Shmitt 6 noyabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 7 noyabr kuni Ko‘ksaroyda Vengriya Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bilan boshlandi. Marosimda ikki davlat rasmiy delegatsiyalari a’zolari, mamlakatimizda akkreditatsiya qilingan diplomatik missiyalar va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalarining rahbarlari ishtirok etdi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Islom Karimov va Pal Shmitt shohsupaga ko‘tarildilar. Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

Ikki tomonlama muzokaralar Islom Karimov va Pal Shmittning tor doiradagi uchrashuvi bilan boshlandi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Vengriya Prezidentlarining ushbu uchrashuvi 2010 yilning sentabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan sammiti doirasida bo‘lgan samarali muzokaralarining mantiqiy davomi ekani qayd etildi.

Davlatimiz rahbari Vengriya Prezidentining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixidagi muhim bosqich, bugungi tez o‘zgaruvchan zamon sharoitida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatdorlikka asoslangan keng ko‘lamli hamkorlik va sheriklik rivojiga amaliy sur’at baxsh etish uchun yaxshi imkoniyat ekanini ta’kidladi.

O‘zbekiston mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘ptomonlama munosabatlarni faollashtirish va mustahkamlash tarafdoridir. Buning uchun katta salohiyat mavjud. Jumladan, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda, Vengriya Markaziy Yevropada strategik muhim o‘ringa ega.

Mamlakatimiz Vengriya bilan munosabatlarni, shuningdek, Yevropa Ittifoqi doirasida yanada rivojlantirishdan manfaatdor, o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillari asosida Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha Strategiyasini amalga oshirish borasidagi ko‘ptomonlama ishlarni davom ettirishga tayyordir.

Prezident Pal Shmitt Vengriya O‘zbekistonni O‘rta Osiyo mintaqasidagi muhim hamkor deb bilishini va uning dunyo siyosatida ortib borayotgan rolini yuksak e’tirof etishini ta’kidladi.

O‘zaro do‘stlik munosabatlari uzoq asrlarga borib taqaluvchi o‘zbek va venger xalqlari o‘zining boy tarixi, noyob ma’naviy-madaniy merosi, o‘z yurti va jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlari bilan haqli ravishda faxrlanadi. Bu omillar davlatlarimiz o‘rtasidagi an’anaviy hamkorlikni yangi pog‘onaga olib chiqishda muhim asos bo‘lib xizmat qilayotir.

Islom Karimov va Pal Shmittning ochiq va konstruktiv ruhda o‘tgan muloqoti chog‘ida O‘zbekiston – Vengriya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollariga doir keng ko‘lamli masalalar atroflicha muhokama qilindi, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi. Muhokama qilingan masalalar bo‘yicha tomonlarning qarashlari yaqin yoki o‘xshash ekani ta’kidlandi.

Xususan, Afg‘onistondagi mojaroning keskinlashishi va kengayishi tomonlarni birdek jiddiy tashvishga solayotgani qayd etildi. Bugungi kunda Afg‘onistonda kechayotgan voqealar afg‘on muammosini harbiy yo‘l bilan hal qilib bo‘lmasligini aniq namoyon etayotganligi ta’kidlandi. Faqat qarama-qarshi tomonlar o‘rtasida o‘zaro murosa va kelishuvga erishish, bu jarayonga afg‘onlarning o‘zini jalb etish yo‘li bilangina mazkur murakkab vaziyatdan chiqish mumkin.

Vengriya O‘zbekistonning tinchlikparvar siyosatini, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, ushbu mamlakatni iqtisodiy tiklash borasidagi tashabbuslari va amaliy sa’y-harakatlarini yuksak qadrlaydi.

Prezidentlarning o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslangan muloqoti ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolarining ishtirokida – kengaytirilgan tarkibda davom etdi.

Unda savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mamlakatlarimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarish va islohotlar yuksak samaralar berayotgani, buning natijasida har ikki davlat iqtisodiyotining salohiyati oshayotgani mazkur yo‘nalishdagi aloqalarni kengaytirishda katta imkoniyatlar yaratmoqda. Shu o‘rinda mamlakatlarimiz iqtisodiyoti o‘zaro bir-birini to‘ldirishini ta’kidlash lozim.

Bu haqda so‘z borar ekan, Prezident Pal Shmittning mamlakatimizga rasmiy tashrifi davomida unga Vengriya iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi yetakchi kompaniyalar rahbarlaridan iborat katta delegatsiya hamrohlik qilayotgani, bu har ikki tomonning ham ushbu sohadagi aloqalarni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanidan dalolat berishi ta’kidlandi. Jumladan, Vengriya ishbilarmonlari orasida oziq-ovqat va farmatsevtika tarmoqlari, energiya tejovchi texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohalari, bank-moliya sektori, logistika, sayyohlik, injiniring tuzilmalari vakillari bor.

O‘zbekiston iqtisodiyotining izchil rivojlanib borayotgani, xorijlik investorlar uchun yaratilgan keng imtiyoz va preferensiyalar mamlakatimiz kimyo va farmatsevtika sanoati, tibbiyot jihozlari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi singari ustuvor yo‘nalishlar uchun Vengriya investitsiyalarini yanada ko‘proq jalb etishda muhim asos bo‘lishi mumkin.

Bugungi kunda mamlakatimizda bir qator Vengriya kompaniyalarining vakolatxonalari ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ushbu davlat kapitali ishtirokidagi ko‘plab korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Muloqotda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi xususida so‘z borar ekan, 2010 yil yakunlari bo‘yicha bu boradagi o‘sish 37 foizdan ziyodni tashkil etgani ta’kidlandi. Shu bilan birga, o‘zaro savdo hajmi ikki davlatning o‘sib borayotgan iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlari darajasida emasligi, mavjud zaxiralardan samarali foydalanish hamda savdo nomenklaturasini kengaytirish hisobiga uni tubdan ko‘paytirish mumkinligi qayd etildi.

O‘zbekiston Vengriyada talab yuqori bo‘lgan paxta tolasidan tayyorlangan matolar, ip, tayyor to‘qimachilik va kabel-o‘tkazgich mahsulotlari, nodir va rangli metallar, kimyo sanoati tovarlari hamda boshqa ko‘plab mahsulotlarni uzluksiz yetkazib berishi mumkin.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi va Vengriya Respublikasining Qo‘shma bayonoti imzolandi. Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik diplomatiya munosabatlari o‘rnatilgan 1992 yildan buyon kengayib borayotgani va har ikki tomonning uzoq muddatli milliy manfaatlariga xizmat qilayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Davlatlarimizning ko‘plab yo‘nalishlardagi hamkorligini mustahkamlash, o‘zaro fikr almashish hamda aloqalarni yanada faollashtirish orqali o‘zaro munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqishga bo‘lgan mushtarak intilishi ifoda etilgan.

Shuningdek, hamkorlikning turli sohalariga oid qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

Iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga muvofiq, tegishli davlat organlari va kompaniyalar vakillaridan tarkib topadigan hamda o‘z faoliyati bilan O‘zbekiston va Vengriyaning savdo va sarmoyaviy hamkorligining barcha sohalarini qamrab oluvchi Hukumatlararo komissiya tashkil etish mo‘ljallanmoqda.

O‘zbekiston va Vengriya tashqi siyosat mahkamalarining hamkorligi to‘g‘risidagi protokol bevosita aloqalarni va diplomatlar o‘rtasida tajriba almashishni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Neft-gaz tarmog‘i, standartlashtirish va sertifikatlashtirish, metrologiya bo‘yicha hamkorlik, savdo-sanoat palatalari o‘rtasidagi hamkorlikka oid hujjatlar imzolangani ikki tomon uchun ham foydali bo‘lishi shubhasizdir.

Prezident Islom Karimov ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Vengriya rahbari Pal Shmitt bilan muzokaralar konstruktivizm va ochiqlik, o‘zaro ishonch ruhida o‘tganini, ularning natijalari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi samarali hamkorlikning yanada mustahkamlanishi va rivojlanishiga, O‘zbekiston va Vengriya xalqlarining do‘stligi va farovonligiga xizmat qilishini ta’kidladi.

Oliy darajadagi ushbu tashrif kelgusida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillarining aloqalarini faollashtirishda muhim omil bo‘ladi.

Pal Shmitt ikki tomonlama muzokaralar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lganini ta’kidladi. Vengriya Prezidenti uchrashuv chog‘ida davlatimiz rahbari timsolida butun o‘zbek xalqini mamlakatimiz mustaqilligining 20 yilligi bilan samimiy muborakbod etish imkoniga ega bo‘lganini, O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘lida ulkan yutuqlarga erishayotganini alohida qayd etdi. Pal Shmitt, shuningdek, Prezident Islom Karimov Vengriyaga tashrifga oid taklifni qabul qilganidan mamnun ekanini izhor etdi.

Kunning ikkinchi yarmida Vengriya Respublikasi Prezidenti Pal Shmitt Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi va hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Pal Shmitt O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida bu yerda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. O‘zbekistonning bosh maydoni mamlakatimizning buyuk tarixi va 20 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘lida erishgan ulkan marralariga mos holda ulug‘vor qiyofa kasb etgani ta’kidlandi.

Категория: QIZIQARLI MA'LUMOTLAR | Просмотров: 1320 | Добавил: bekki | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Iyul 2012  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика