Yakshanba, 19.05.2024, 17:59:11
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Qaysi operatordan foydalanasiz
Статистика

Xozir saytda 10
Mehmonlar 10
A'zolar 0

21:21:06
Texnologiyalar-2012. Yilning kutilayotgan eng katta to‘rtta yangilig

Har yili texnologiyalar olami turfa yangiliklarni taqdim etishiga ko‘nikib qolganmiz. Kirib kelgan 2012 yil ham kutilmagan sovg‘alarni bizga tayyorlab qo‘ygani aniq. Biroq, hozirdanoq ayrim yangiliklar haqida ma'lumotlar tarqalib ulgurgan. Ushbu maqolada axborot texnologiyalarining oddiy foydalanuvchilaridan tortib, mutaxassislarni-da befarq qoldirmaydigan yilning to‘rtta eng katta yangiligi haqida to‘xtalamiz.

1. Windows 8

Dunyodagi eng mashhur amaliyot tizimining yangi talqini bozorga chiqarilishining aniq sanasi hozircha ma'lum emas. Kutilayotgan vaqt — 2012 yilning kuzi. Biroq uni komputeriga o‘rnatish istagida bo‘lganlar bunga yaqin orada erishishlari mumkin. Ma'lumotlarga ko‘ra, erkin ko‘chirib olish mumkin bo‘lgan tizimning birinchi beta-talqini fevraldayoq internetda joylashtiriladi.

 Windows 8 amaliyot tizimi Microsoft uchun juda muhim, dunyoning eng yirik dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchisining kelajakdagi taqdiri aynan shu mahsulotning muvaffaqiyatiga bog‘liq. Softver giganti planshet komputerlar bozorida Apple (iOS amaliyot tizimli iPad) va Google (Androidda ishlaydigan o‘nlab planshetlar) bilan raqobatga kirisha olmadi. Kutilayotganidek, an'anaviy shaxsiy komputerlar bozori bundan buyon shiddat bilan o‘smaydi, shuning uchun Microsoft planshetlarga moslangan Windows va ofis dasturlarini chiqarib, bu bozorda sezilarli ulushga ega chiqishga harakat qiladi.

Windows 8 haqida ko‘p narsa hozirdan ma'lum. Amaliyot tizimi "ikkitasi birda" tamoyili asosida quriladi. "Pusk" tugmali va dasturlar yorliqlari aks etgan an'anaviy ekran (rabochiy stol) hamda hujjatlar amaliyot tizimining bir qismi bo‘ladi, xolos. "Fasad"i esa Metro Interfeysli sensor tarzida boshqariladigan ekranga maksimal darajada yaqinlashtirilgan. Bu interfeys aksariyat foydalanuvchilarga Windows Phone 7 smartfoni orqali tanish. Ilovalarning ham ikki turda bo‘lish ehtimoli katta:  biri — "planshet"li, ikkinchisi — odatiy.

Microsoftning mazkur amaliyot tizimiga sensor va odatiy "sichqoncha-klaviatura"dan tashqari harakatlar orqali boshqaruv hamda ovozli boshqaruv joriy qilinishi mumkinligi ham mutaxassislar tomonidan e'tirof etilmoqda. Windows 8da, shuningdek, Apple komputeri va Googlening mobil amaliyot tizimlaridagi kabi o‘rnatilgan ilovalar do‘koni ham bo‘ladi. Internet Explorer 10 asosiy brauzer sifatida o‘rin oladi. Microsoftdagilar butunlay o‘zgacha tezlikni va'da qilishapti — Windows 8 o‘rnatilgan komputer yoqilishi bilan 8 soniya o‘tmasidan ishchi holatga kiradi

2. iPhone 5

Microsoftdan farqli ravishda Apple o‘zining ishlanmalarini qat'iy sir saqlayapti. O‘tgan yilda hech kim beshinchi iPhone qanaqa bo‘lishini tasavvur qila olmayotgan edi. Yil oxirlariga yaqinlashib, uning ko‘rinishi taqdim etildi. Shunday bo‘lib chiqdiki, beshinchi mahsulot 2010 yili sotuvga chiqarilgan iPhone 4dan tashqi jihatdan dearli farqlanmaydi. Faqat tezlik hamda ishlash tartibida farqlar bor.

Bu — mahsulotning tashqi ko‘rinishidan kelib chiqqan taassurotlar. Aksariyat kuzatuvchilar  iPhone 5 shu yilning yoz yoki kuz oylarida butunlay o‘zgacha ko‘rinishda va yanada kengroq ekranda chiqarilishini taxmin qilishmoqda. Ushbu mahsulot muxlislari iPhone 4Sni yarim yil kutishganini hisobga olsak, iPhone 5ni yanada ko‘proq kutishga to‘g‘ri kelishi ham mumkin. Boshqa tarafdan raqobatchilar qo‘l qovushtirib o‘tirgani yo‘q. Shuning uchun yangi mahsulotni yoz oylarida sotuvga chiqarish muvaffaqiyatliroq bo‘ladi.

Yil oxiriga qadar iPhone 5 qatoriga "katta aka" — uchinchi avlod turkumidagi iPad ham qo‘shilishi taxmin qilinapti. Mish-mishchilar bir ovozda ushbu qurilma o‘ta yuqori hajmli displey bilan ta'minlanadi deyishmoqda. Shuningdek, yaxshilangan kamera, yangi portlarni qo‘llab-quvvatlash, yanada yupqa va yengil korpus kabi ustunliklari haqida ham gap-so‘zlar bor. Aytgancha, bu yangilikdan voqif bo‘lgan Samsung o‘z raqobatchisidan oldinroq yangi planshetini sotuvga chiqarish niyatida. O‘tgan haftada ma'lum bo‘lganidek, koreyslar 11,6-duymli Android 4.0 bazasida ishlaydigan yuqori tiniqlikdagi displey o‘rnatilgan planshetni yil boshidayoq foydalanuvchilarga taqdim etishni rejalashtirishgan

3. Qulay narxli "ultrabuk"

Noutbuklarning yangi avlodi — "ultrabuk"lar 2012 yilda ommalashish uchun asosiy nomzod hisoblanadi. Bir yarim kilogrammdan oshmaydigan, qalinligi bir yarim santimetr bo‘lgan bu qurilma joriy yilda yanada mukammallashadi va arzonlashadi. Hozirdanoq Toshiba qulay narxli "ultrabuk"larni sotuvga chiqarishga harakatni boshlab yuborgan. Hozircha ularning narxi 800 AQSh dollarini tashkil etadi. 13-duymli MacBook Airlar bundan ikki barobar qimmat. Biroq uch barobar arzon narxga xuddi shu kabi qurilmani taqdim etish niyatidagi raqobatchilar ham bor. 10 yanvar kuni Las-Vegasda ochiladigan CES-2012 ko‘rgazmasida ishlab chiqaruvchilar "ultrabuk"larning 50ga yaqin modellarini taqdim etishni rejalashtirganlar. Bunday raqobat sharoitida "upqa va yengil" noutbuklarning narxi tushishi aniq va yoz oylaridayoq qulay narxli "ultrabuk"lar bozorlarimizda paydo bo‘lish ehtimoli bor.

4. Samsung Galaxy S III

Smartfonlar bozorida salmoqli o‘rinni egallashga ulgurgan koreyslar 2012 yilda iPhone 5ga raqobatlashadigan kamida bitta smartfonni taqdim etmasligi mumkin emas. Mahsulotning nomini hali hech kim aniq aytib bera olmaydi. Hozircha smartfon nomi shartli ravishda Galaxy S III deb atalapti.

Samsung bu yangiligini fevral oyidayoq Barselonada o‘tadigan Mobile World Congress ko‘rgazmasida keng ommaga taqdim etadi, degan taxminlar bildirilapti. Yangilik barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘tgan yili judayam ommalashgan "guglafonlar": Galaxy S II hamda Galaxy Nexusdan mukammal bo‘lishi aniq. Ekraniga Nexusniki kabi 1280ga 720 nuqtali hajmdagi Super AMOLED Plus o‘rnatiladi. Kamerasi esa 5 emas, 12 megapikselli bo‘ladi. Ayrim manbalarda keltirilishicha, tezkor xotira 2 gigabaytgacha oshirilishi mumkin va protsessor sifatida Exynos 4212 - Cortex-A9 arxitekturali yuqori kuch va kam energiya sarflaydigan ikki yadroli chipdan foydalaniladi. Amaliyot tizimi esa Android 4.0 bo‘lish ehtimoli yuqori.

Galaxy S III yilning yagona mashhur "guglofoni" bo‘lmaydi. Chunki bir oylardan beri SonyEricssonning Nozomi deb nomlangan smartfoni haqida ham internetda ma'lumotlar tarqalgan.

2012 yilda texnologiyalar olamida kutilayotgan shov-shuvli yangiliklar shulardan iborat. Albatta, bulardan boshqa yana bir qancha muhim yangiliklar bizni kutib turgani tabiiy. Jumladan, mamlakatimiz aloqa va axborotlashtirish sohasida ham 2012 yil uchun qator rejalar belgilangan. Bu haqda gazetamizning keyingi sonlarida batafsil to‘xtalamiz. Yangi yil yangiliklarga boy bo‘lsin.

Категория: QIZIQARLI MA'LUMOTLAR | Просмотров: 1205 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Yanvar 2012  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика