Yakshanba, 19.05.2024, 20:24:59
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Qaysi operatordan foydalanasiz
Статистика

Xozir saytda 8
Mehmonlar 8
A'zolar 0

13:18:12
“Sarvar va Komil”dan eng qulay mobil dasturlar reytingi

Bugun mobil messenger va ijtimoiy tarmoqlarning ommabopligini rad etib bo‘lmaydi. O‘zbek estradasida bir qancha vaqt "Benom” guruhi sifatida faoliyat yuritgan, ayni paytda shunchaki "Sarvar va Komil”ga aylangan qahramonlarimiz o‘zlarining ana shunday ommabop mobil dasturlar reytingi bilan bo‘lishdi. Keling, siz ham ushbu ro‘yxatdan bahramand bo‘ling.

Benom

1. WhatsApp Messenger

Muloqot qilish uchun juda qulay va arzon dastur bo‘lgani uchun doimiy ravishda undan foydalanib kelaman. Suratlar, videokliplar, ovozli multimedia yozuvlari bilan ham o‘rtoqlashish mumkin. Guruhimiz yangi klip suratga olganida, ilk baho va fikrlarni olish uchun uni shu dastur orqali do‘stlarimga yuboraman.

Foto: iguides.ru

2. Facebook

Facebook’ni bugun dunyodagi eng ommabop ijtimoiy tarmoq, deyish mumkin. Do‘st va yaqinlaringizning ayni vaqtda nima haqida o‘ylayotganini, qayerda va kim bilan ekanligini u orqali bilib olish mumkin.

P.S. 2013-yil iyul oyi ma’lumotlariga ko‘ra, Facebook foydalanuvchilari soni 1,2 milliardga yetgan. 810 millionga yaqin kishilar esa tarmoqning mobil turidan foydalanadi. Har kuni 300 million fotosuratlar joylanadi.

Foto: ittrend.am

 3. Twitter

2006-yilda asos solingan ushbu mikroblogda insonlarning qisqa va lo‘nda jumlalarini o‘qib borish mumkinligi yoqadi. Ba’zida fikringizni 140 ta belgi bilan ifodalash qiyin, ammo Twitter meni qisqalikka o‘rgatdi. Bilishimcha, twitter so‘zi inglizcha "sayramoq”, "chug‘urlamoq” degan ma’noni anglatadi.

Foto: smo24.ru

4. Instagram

Ishda, uyda yoki ijodda yangiliklar bo‘lganida bir lahzada suratga tushirib, esdalikka saqlab qo‘yish va yaqinlar, do‘stlar bilan baham ko‘rishda eng ommabop tarmoq deb bilaman. 2010-yildan buyon ishlay boshlagan bo‘lsa-da, tezda ommalashdi.

Foto: mashable.com

 5. Skype

Internet orqali uzoqdagi hamkasblar, do‘stlar, yaqin insonlar bilan kamera orqali ko‘rishib muloqot qilishda foydalanaman.

Foto: androprog.ru

 6. Viber

Bunda bepul yozma xabarlashish, qo‘ng‘iroqlashish va suratlar, videoxabarlar bilan butun dunyo bo‘ylab bo‘lishish mumkin.

P.S. Viber’ning 200 milliondan ortiq foydalanuvchilari bor.

Foto: ihoops.uz

7. Voxer

Bolaligimdan ratsiya orqali so‘zlashishni yaxshi ko‘rar edim. Biroq menga undan foydalanish nasib etmagan. Voxer esa shu qiziqishimni amalga oshirdi, deya olman. Bir qarashda Whatsapp va Viber ilovalariga o‘xshab ketadi. Asosiy farqi shundaki, unda qisqa ovozli xabar qoldirish mumkin. Ayrim hollarda bitta gap aytish uchun ham ko‘pchilikka qo‘ng‘iroq qilishga to‘g‘ri keladi, shunday paytlarda dastur orqali qisqa ovozli xabarlarni qoldirish qulay.

P.S. Onlayn rejimidagi ratsiya – Voxer Android va iOS tizimida ishlaydi.

Foto: trutower.com

Aziz o‘quvchilar, siz muloqot qilish uchun qanday mobil dasturlardan foydalanasiz? Ularning qanday qulayliklari bor? Mulohazalaringiz bilan o‘rtoqlashing.

Категория: KOMPYUTER UCHUN | Просмотров: 899 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Sentyabr 2013  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика