Yakshanba, 19.05.2024, 23:45:27
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Saytga baho bering
Статистика

Xozir saytda 8
Mehmonlar 8
A'zolar 0

15:01:07
Rossiyada o’zbek avtomashinalari savdosi 40 foizga oshgan
2011-yilning dastlabki olti oyida Rossiyada   45127 dona "GM Uzbekistan” qo’shma korxonasi avtomashinalari sotilgan. Bu o’tgan yilgi raqamlarga qaraganda 40 foiz ko’p, deyiladi qo’shma korxona e’lon qilgan hisobotda. 

Sotilgan avtomashinalarning 26097 tasi "Nexia” (o’sish 40 foiz), 19030 tasi "Matiz” (o’sish 39 foiz) mashinalaridir. "Nexia” Rossiyada 2011-yil eng ko’p sotilgan mashinalar ro’yxatida 9-o’rinda ketmoqda. "Matiz” esa 16-o’rinda. 

"Uz DAEWOO Auto” qo’shma korxonasi 1996-yili Janubiy Koreya va O’zbekiston sarmoyasi asosida Andijonning Asaka shahrida ochilgan. 2005-yilda O’zbekiston korxona hissalarining barchasini sotib oldi. 2007-yilda "Uzavtoprom” AQShning "General Motors” avtokompaniyasi bilan ustav kapitali 266,7 million dollar bo’lgan shartnoma imzolab, yangi "GM Uzbekistan” qo’shma korxonasiga asos solindi. Yangi korxona hissalarining 25 foizi "GM”a, 75 foizi "Uzavtoprom”ga tegishli. "GM” o’z hissalarini 40 foizgacha ko’tarish huquqiga ega. 

Hozirda "GM Uzbekistan” yetti xil markada avtomashinalar ishlab chiqarmoqda. Ularning uchtasi – "Captiva”, "Epica” hamda "Spark” – "Chevrolet” modellaridir. 

"GM Uzbekistan”da 2010-yil avtomashinalar ishlab chiqarish hajmi 6.2 foizga oshdi. Ayni paytda "Nexia”ni ishlab chiqarish 3.9 foizga, "Damas” esa 11.6 foizga kamaygan. "Matiz” ishlab chiqarish 5.6 foizga, "Captiva” 66.8 foizga, "Epica” qariyb uch karra, "Lacetti” esa 23.3 foizga oshgan.
Категория: QIZIQARLI MA'LUMOTLAR | Просмотров: 1009 | Добавил: Admin | Рейтинг: 4.0/4
Всего комментариев: 2
Admin Спам
01
09.2011
tongue
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Sentyabr 2011  »
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика