Yakshanba, 19.05.2024, 21:21:04
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Qaysi operatordan foydalanasiz
Статистика

Xozir saytda 9
Mehmonlar 9
A'zolar 0

16:36:35
Qomusimiz – baxtimiz

Qomusimiz – baxtimiz



08 Dekabr 2011Bugun yurtimiz aholisi ulug‘ bayram — O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kunni katta tantana bilan nishonlaydi.

1992 yil 8 dekabr kuni O‘zbekiston Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan Konstitusiya mustaqil davlatimiz tarixidagi buyuk voqea bo‘ldi. O‘tgan vaqt mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi dunyodagi eng demokratik konstitusiyalardan biri sifatida o‘zini yaqqol namoyon etdi. Zero, Konstitusiyamiz eng rivojlangan, taraqqiy etgan demokratik davlatlarning yuridik tajribasi va jahon konstitusiyaviy amaliyotiga tayangan holda yaratilgandir.

Konstitusiyamiz BMT hujjatlariga, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qoidalariga asoslangan bo‘lib, uni yaratishda AQSh, Yaponiya, Kanada, Germaniya, Fransiya, Portugaliya, Italiya, Shvetsiya, Turkiya, Ispaniya, Hindiston, Pokiston, Misr davlatlarining konstitusiyaviy tajribasidan foydalanilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi muqaddima, 6 bo‘lim, 26 bob va 128 moddadan iborat bo‘lib, u umuminsoniy g‘oyalar — tenglik, erkinlik, birodarlik, xalqlar va millatlararo do‘stlik, mamlakat va dunyo barqarorligi kabi eng ulug‘ g‘oyalarga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 2-moddasida: "Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas'uldirlar", deyilgan. Bu  fuqarolar manfaatining ustunligi qonuniy ravishda mustahkamlanganligi va kafolatlanganligi belgisidir.

Fuqarolarning huquq va erkinliklari borasida Konstitusiyamiz Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining barcha asosiy g‘oya va qoidalarini o‘ziga singdirganligi bilan ahamiyatli. O‘zbekistonda yashovchi har bir shaxs fuqarolik huquqiga ega. Hech kim fuqarolikdan yoki fuqarolikni o‘zgartirish huquqidan mahrum etilishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi hamma uchun tengdir. Fuqarolik har bir shaxsga respublikaning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va madaniy turmushida to‘la ishtirok etish imkonini beradi.

Shu bilan birgalikda, fuqaro ma'lum burchlarni bajarishga ham majburdir. O‘zbekiston davlati fuqarolarning manfaat va erkinliklarini respublika hududida va uning tashqarisida ham himoya qilish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

O‘zbekiston fuqarolari, o‘zlarining nasl-nasabi, irqi, millati va boshqa holatlaridan qat'i nazar, teng huquqqa egadirlar. Konstitusiyamiz O‘zbekiston fuqarosi deb hisoblangan barcha millat va elatlarning tili, urf-odati va milliy an'analari hurmat qilinishini kafolatlaydi.

Konstitusiyada hurfikrlik, vijdon va diniy e'tiqod erkinligi masalalariga ham katta e'tibor berilgan. Bu esa respublikamizda shakllangan urf-odatlar hamda xalqimizning teran ma'naviy an'analariga batamom mos keladi.

Davlat siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, shu jumladan, kasaba uyushmalarining huquqiy manfaatlarini muhofaza etadi. Bundan tashqari, davlatga jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlash, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib berish vazifasi ham belgilangan.

Asosiy Qonunimizda ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi, deyilgan. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi maqomiga ko‘tarilishi mumkin emas. Bu Konstitusiyaviy qoida bizning oldimizga milliy istiqlol mafkurasini yaratish vazifasini qo‘yadi.
Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning azaliy an'analari, udumlari, tili, dini va ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma'rifat tuyg‘ularini ongimizga singdirishga xizmat qiladi.

Unda jamiyatimizdagi barcha kuchlar, harakatlar, jamoat tashkilotlari, aholi turli tabaqalarining o‘y-fikrlari, orzu umidlari o‘z ifodasini topgan. U yurtimiz fuqarolarini mamlakatni gullab-ashnatishdek ulug‘ maqsad yo‘lida qalban birlashtirishga yordam beradi .
Категория: VIDEO YANGILIKLAR | Просмотров: 905 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
HAmmani bugungi bayramlar bilan
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2011  »
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика