Yakshanba, 19.05.2024, 19:25:41
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Saytga baho bering
Статистика

Xozir saytda 15
Mehmonlar 15
A'zolar 0

17:07:47
Parolingizni bilaman...
Buyuk Britaniyaning The Daily Telegraph gazetasida SplashData kompaniyasining ma'lumotlarni himoya qiluvchi parol va ilovalar ishlab chiqaruvchi menejerlari tomonidan tuzilgan eng omadsiz 25ta komputer paroli ro‘yxati chop etildi. Bu parollar elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqlar profillarida qo‘llanmoqda. Ro‘yxatni, bunga ajablanmasa ham bo‘ladi, password ("parol") so‘zi boshqarmoqda.

Ikkinchi eng ko‘p tarqalgan parol — "123456". Xakerlar oson ilg‘aydigan omadsiz parollar jumlasiga, shuningdek, "qwerty", "iloveyou", "superman" va "football" so‘zlari ham kiradi.

Ekspertlar hammani ogohlikka chorlashapti, bitta parolni ham pochtaga, internet-bank va boshqa onlayn xizmatlarga qo‘llash yaxshi emas. Ishonchli parol 8tadan kam bo‘lmagan belgi (simvol)dan iborat bo‘lib, raqam va harflar birgalikda qo‘llanadi, shuningdek, maxsus belgilar (masalan, chiziqlar, dollar yoki foiz ramzi)dan ko‘z yummaslik kerak.

"Oson parollar xakerlar uchun ma'lumotlar bazangizga kirishda kalit vazifasini o‘taydi", deydi  SplashDataning bosh direktori Morgan Sleyn.

Bundan bir oycha muqaddam yirik ijtimoiy tarmoq — Facebook o‘z tizimiga har kuni bir milliarddan ortiq tashrif bo‘layotgani va ularning 600 mingi o‘zgalarning xabarlari, fotosuratlari va boshqa shaxsiy ma'lumotlarini qo‘lga kiritish ilinjidagi g‘arazniyatli kimsalar tomonidan sodir etilayotganini ma'lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Amerikaning axborotni muhofazalashga ixtisoslashgan Imperva kompaniyasi ham eng ko‘p ishlatiladigan parollar ustida tadqiqot o‘tkazdi. O‘rganish obyekti RockYou.com saytining xakerlar tomonidan buzilishi oqibatida ochiq foydalanish hududiga tushib qolgan 23 millionta parol bo‘ldi.

Bunda birinchi uchta o‘rinni faqat raqamlar ishlatiladigan parollar egalladi: "123456", "12345" va "123456789". To‘rtinchi o‘rinda — password ("parol") so‘zi. Beshinchi o‘rinda esa qo‘shib yozilgan "iloveyou" iborasi". Oltinchi — "princess", yettinchi — "rockyou". Sakkizinchi va to‘qqizinchi o‘rinlar yana raqamlar — "1234567" va "12345678". Top-10da so‘nggi parol — "abc123".

2009 yili britaniyalik Mark Bernett Perfect Passwords deb nomlangan butun boshli tadqiqotini omma e'tiboriga havola qildi. Tadqiqotdan inglizzabon foydalanuvchilar xush ko‘radigan 500ta parol o‘rin olgan. Unda ham birinchi o‘rin "sehrli raqamlar" ketma-ketligi — "123456"ga tegishli. Bu parolning "takomillashgan" ko‘rinishlari — "1234" va "12345678" o‘ziga xos reytingda yetakchi uchlikka kiritilgan.

Shuningdek, beadab va behayo so‘zlar (...), kinofilmlar nomlari (Matrix 229-o‘rin, StarWars 129-o‘rin), ranglar (qora 104-o‘rin, ko‘k 193-o‘rin), mamlakatlar nomlari (Braziliya 411-o‘rin, Yaponiya 413-o‘rin) foydalanuvchilar orasida keng ommalashgan.
Категория: QIZIQARLI MA'LUMOTLAR | Просмотров: 816 | Добавил: Admin | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 2
Ma'lumot uchun rahmat
Xixi
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2011  »
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика