Yakshanba, 19.05.2024, 18:28:57
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Qaysi operatordan foydalanasiz
Статистика

Xozir saytda 8
Mehmonlar 8
A'zolar 0

17:31:17
O‘zbekistonda 3,35 million tonnadan ziyod paxta terildi

"Paxtani o‘stirish, uni parvarish qilish, mo‘l hosil yetishtirish bilan tanish bo‘lgan har qaysi odam bu ish naqadar og‘ir mehnat talab qilishini, buning uchun yil davomida, birinchi navbatda, yer va urug‘ tayyorlash, kunni – kun, tunni – tun demasdan, har tup ko‘chat ustida parvona bo‘lish, shuningdek, ob-havo injiqliklari, kasallik va zararkunandalar yetkazadigan ziyonlar va boshqa turli muammolarni bartaraf etish – bularga faqat irodasi mustahkam, o‘z kasbi va mehnatini sevgan insonlargina qodir ekanini anglaydi, tushunadi”, — deyiladi tabriknomada.


Joriy yildagi mavsum haqida gapirar ekan, Prezident aprel oyida havo haroratining me’yordan sezilarli darajada past bo‘lgani, surunkali yomg‘ir va jala tufayli chigit ekish 5-7 kunga kechikib ketgani, may oyida 20-25 kun davomida tuproqda namlik miqdori ortib, chigitning unib chiqishi va g‘o‘za rivojini deyarli to‘xtatib qo‘yganini tilga oldi. Iyul-avgust oylarida esa harorat odatdagidan 8-10 daraja yuqori bo‘lgani, janubiy viloyatlarimizda jazirama issiq 45-50 darajaga yetgani, ko‘zni ochirmaydigan garmsel, kuchli shamol va bo‘ronlar kuzatilgani, turli zararkunanda va kasalliklar ko‘paygani, tabiiyki, g‘o‘za rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, hosil taqdirini xavf ostida qoldirdi.


"Shularning barchasini hisobga olgan holda, paxtakorlarimizning bu yilgi mavsumda, ana shunday keskin va murakkab vaziyatda erishgan yuksak marra va natijalarining ahamiyati va qadr-qimmati yanada ortadi va har qancha tahsin va tasannolarga arziydi”, — ta’kidladi Islom Karimov.

Bundan tashqari, paxtaning 90 foizdan ortig‘i yuqori sortlarga topshirilgani ta’kidlanib, bunda, ayniqsa, ishni oqilona va samarali tashkil etib, o‘z shartnoma majburiyatlarini birinchilardan bo‘lib ado etgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Andijon, Farg‘ona, Buxoro viloyatlari, barcha viloyatlarimiz mehnatkashlari mamlakatimizning yuksak paxta xirmoniga munosib hissa qo‘shgani alohida tilga olindi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu yil paxtachilikdan olinadigan yalpi daromad o‘rtacha 3 trillion 100 milliard so‘mdan ziyod yoki o‘tgan yilga nisbatan 23 foiz ko‘p bo‘lishi kutilayotgani ham ta’kidlab o‘tildi.

Просмотров: 646 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Oktyabr 2013  »
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика