Yakshanba, 19.05.2024, 19:25:17
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Zamonaviy estrada xit paradi
Статистика

Xozir saytda 9
Mehmonlar 9
A'zolar 0

19:14:14
O‘zbekistonda 2011-yilda 121 584 dona “Chevrolet” avtomobillari sotildi

"GM Uzbekistan” O‘zbekiston-AQSh qo‘shma korxonasi 2011-yilda ichki bozorda jami 121 584 dona "Chevrolet” avtomobillarini sotdi. Bu haqda Amerikaning "General Motors” avtokonserni xabar qilgan, deya yozadi "UzDaily.uz” nashri.

Eslatib o‘tamiz, "GM Uzbekistan” yopiq aksiyadorlik jamiyati 2010-yilda ichki bozorda 143 000 donaga yaqin avtomobil sotgan edi.

"GM” ma’lumotlariga qaraganda, O‘zbekiston o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra "Chevrolet” rusumidagi avtomobillarning sotilishi bo‘yicha jahonda birinchi o‘ntalikka kirgan. O‘zbekiston ushbu reytingda 8-o‘rinni egallagan.

Jumladan, "Chevrolet” avtombillarining sotilishi bo‘yicha tuzilgan ushbu reytingga AQSh (1,775 million dona), Braziliya (632 201), Xitoy (595 068), Rossiya (173 485), Meksika (162 461), Kanada (150 540), Argentina (133 491), Hindiston (111 056) va Kolumbiya (105 783) ham kirgan.

Ma’lumot o‘rnida:

"UzDEUavto” yopiq aksiyadorlik jamiyati mustaqillikning ilk yillarida O‘zbekiston hukumati va Janubiy Koreyaning "Daewoo Motors” kompaniyasi bilan hamkorlikda ochilgan edi. 1996-yilda ilk avtomobillar – "Nexia”, "Tico” va "Damas” modellarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Zavodning yillik avtomobil ishlab chiqarish hajmi 250 ming donani tashkil etadi.

2008-yilda Asakadagi avtomobil zavod asosida "GM Uzbekistan” qo‘shma korxonasi tashkil qilingan bo‘lib, AQShning "General Motors” korporatsiyasi zavodning 25% va bitta aksiyasiga egalik qilmoqda. Korxonaning qolgan aksiyalari "O‘zavtosanoat” milliy xolding-kompaniyasiga tegishli.

2008-yilning sentabr oyida "GM Uzbekistan” va "General Motors DAT” kompaniyalari o‘rtasida "Chevrolet Spark” modelini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun zarur mashina va texnikani yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi. 2009-yilning yanvar oyida esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Asakadagi avtomobil zavodida ushbu modelni ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

"Chevrolet Spark” modelini ishlab chiqarish loyihasining umumiy qiymati 124,5 million dollarni va yillik quvvati 50 ming donaga yetadi.

Категория: DUNYO HABARLARI | Просмотров: 1232 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Yanvar 2012  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика