Yakshanba, 19.05.2024, 19:25:31
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Saytda ko'proq nima bo'lishini xoxlaysiz
Статистика

Xozir saytda 15
Mehmonlar 15
A'zolar 0

15:51:38
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2011 yilning 1 sentyabrdan "500 so'm"lik tanga pullarni muomulaga chiqaradi
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2011 yilning 1 sentyabrdan O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligiga bag'ishlangan "500 so'm" qiymatdagi  yubiley tanga pullarni muomalaga chiqaradi. 
 Tangalar nikel qotishmasi bilan qoplangan po'latdan tayyorlangan, rangi oq.

        Tanganing old tomoni (avers)da Toshkent shahri markazida qad ko'targan "Xalqaro Anjumanlar saroyi" binosi tasvirlangan. Tasvirning pastki qismida tanganing qiymati  "500" raqami yozilgan. Raqamning tagida lotin bosma harflari bilan  "so'm " so'zi yozilgan. Raqam va so'z botiq holda tasvirlangan. Tanganing tashqi qirrasi bo'ylab bosma lotin harflari bilan "O"ZBEKISTON MUSTAQILLIGIGA 20 YIL" so'zlari aylanasimon ko'rinishda yozilgan. So'zning boshi va oxirini bo'rtib chiqqan nuqta chegaralagan.

        Tanganing orqa tarafi (revers) markazida O'zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi tasvirlangan. Gerbning tashqi qirrasi bo'ylab bosma lotin harflari bilan  "O'ZBEKISTON  MARKAZIY  BANKI" so'zlari aylanasimon ko'rinishda yozilgan. Gerb tagining markaziy qismida tanganing ishlab chiqarilgan yili bo'rtib chiqqan ikki nuqta bilan chegaralangan "2011" raqami ko'rsatilgan.

        Tangalarning orqa tomonida gerbning tashqi aylanasi bo'ylab 72 dona bo'rtib chiqqan sferik nuqtalar joylashtirilgan.

        Tangalarning yon qirrasi silliq.

        Tanganing diametri - 25,0 mm.ni, qalinligi - 1,6 mm.ni, og'irligi - 6,0 gr.ni tashkil etadi.

        Muomalada yurgan banknotlar va tangalar qatorida muomalaga chiqarilayotgan ushbu 500 so'm qiymatidagi tangalar barcha xo'jalik sub'ektlari va aholi tomonidan hech qanday cheklanmagan holda yozilgan qiymati bo'yicha barcha to'lovlar uchun qabul qilinishi shart
Категория: QIZIQARLI MA'LUMOTLAR | Просмотров: 691 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
Alik Спам
03
01.2012
undan kura sumni almashtirib tiyinlarni kuchga kirgizsin
Admin Спам
31
12.2011
qoyol
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2011  »
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика