Yakshanba, 19.05.2024, 14:44:45
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Qaysi operatordan foydalanasiz
Статистика

Xozir saytda 11
Mehmonlar 11
A'zolar 0

10:01:24
O‘zbek mobil dasturlari Tashkent Air, “Milliy Taomlar” va iTorg misolida

Avvalgi maqolalarimizda chet ellik ishlab chiquvchilarga tegishli bo‘lgan Android platformasidagi dasturlar haqida ma’lumot bergan edik. Biroq, bizning mamlakatda ham ancha sifatli va talabgir bo‘lgan mahsulotlarni hayotga tadbiq qiluvchi studiya va mutaxassislar bor. Ulardan eng foydali va ommabop bo‘lgan namunalarni taqriz uchun tanlab oldik. Demak, ular sayohatchi Tashkent Air, mazali "Milliy taomlar” va tadbirkor iTorg’dir.

Tashkent Air

unnamed

Screenshot_2013-09-12-12-07-42

Dasturda Toshkent aeroportining xalqaro va mahalliy reyslari haqida foydali ma’lumotlarni topish mumkin. Foto © Daryo

Dasturda Toshkent aeroportining xalqaro va mahalliy reyslari haqida foydali ma’lumotlarni topish mumkin. Onlayn tablo ayni paytdagi uchib kelish va ketish bo‘yicha axborotni ifodalaydi. Shuningdek, u  aviakassalar, sayohat agentliklari, taksi buyurtmasi bo‘yicha zarur ma’lumotni o‘z ichiga oladi. Ushbu dasturda kerakli tashkilot raqamini dasturning o‘zida ko‘rsatilgan telefon belgichasini bosish orqali terish mumkin. Bundan tashqari, dasturda uchta til – o‘zbek, rus va ingliz tillari mavjud. Tanlangan dizayn va ranglar menga ma’qul keldi.

Screenshot_2013-09-12-16-08-08

Dasturdagi qandaydir restoran reklamasi meni biroz shubhaga soldi. Foto © Daryo

Biroq, dasturdagi qandaydir restoran reklamasi meni biroz shubhaga soldi. U haqda faqat ko‘rsatilgan raqamga qo‘g‘iroq qilish orqali bilib olish mumkin.

Screenshot_2013-09-19-15-54-13

Dasturda imloviy xatolar ham ko‘p. "X” va "h”, "o‘” va "u” harflari noto‘g‘ri qo‘llanilgan. Foto © Daryo

Bundan tashqari, dasturda imloviy xatolar ham ko‘p. Jumladan, "x” va "h”, "o‘” va "u” harflari noto‘g‘ri qo‘llanilgan. "O‘” harfida tegishli apostrof o‘rnida tutuq belgisini ko‘rish mumkin.

Screenshot_2013-09-19-15-54-19

Ba’zi joylarda esa o‘zbek va rus tillari aralash holda uchraydi. Foto © Daryo

Ba’zi joylarda esa o‘zbek va rus tillari aralash holda uchraydi (o‘zbek tili dastur tili sifatida tanlangan bo‘lsa ham).

Milliy taomlar

unnamed (1)

Screenshot_2013-09-12-12-10-30

Sevimli o‘zbek taomlari retseptidan iborat katalogga kabobdan shirinlikkacha bo‘lgan yeguliklar kiritilgan. Foto © Daryo

Dasturda hamma narsa sodda va tushunarli berilgan. Sevimli o‘zbek taomlari retseptidan iborat katalogga kabobdan shirinlikkacha bo‘lgan yeguliklar kiritilgan. Mavzular bo‘yicha bo‘limlar bo‘lib, har bir retsept sifatli suratlar bilan berilgan.

Screenshot_2013-09-12-12-10-42

Har bir retsept sifatli suratlar bilan berilgan. Foto © Daryo

Dasturdan och qoringa foydalanishni maslahat bermayman ;)

iTorg

713

Screenshot_2013-09-12-12-14-34

U yerda har qanday mahsulot yoki xizmat turini sotish va sotib olish haqida e’lon joylashtirish mumkin. Foto © Daryo

Dastur nomi O‘zbekistondagi eng ommabop elektron savdo maydoni Torg.uz bilan o‘xshash bo‘lsa-da, unga hech qanday aloqasi yo‘q.

iTorg – mobil savdo maydoni bo‘lib, u yerda har qanday mahsulot yoki xizmat turini sotish va sotib olish haqida e’lon joylashtirish mumkin. Dasturning birinchi sahifasida turli kompaniyalar reklama bannerlari joylashtirilgan. To‘g‘risini aytganda, bu yerda eng so‘nggi e’lonlar yoki yangiliklarni ko‘rishni kutgan edim.

Screenshot_2013-09-12-12-12-35

Dasturning birinchi sahifasida turli kompaniyalar reklama bannerlari joylashtirilgan. Foto © Daryo

E’lonlar anchagina batafsil toifalarga bo‘lingan. Dastur dizayni ham yoqimli.

Ta’kidlash joiz, iTorg yaqindagina ishga tushirilgani uchun uning ma’lumotlar bazasi hali kichik. Biroq uning O‘zbekistondagi eng yaxshi mobil savdo maydoniga aylanish imkoni bor, deb o‘ylayman.

Aziz mushtariylar, o‘zimizda ishlab chiqilgan qaysi dasturlardan foydalanasiz?

Категория: OPERATOR YANGILIKLARI | Просмотров: 1110 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Sentyabr 2013  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика