Yakshanba, 19.05.2024, 19:04:06
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Zamonaviy estrada xit paradi
Статистика

Xozir saytda 3
Mehmonlar 3
A'zolar 0

20:47:05
“Nokia” jahon mobil telefonlar bozorida hamon yetakchi, “Samsung” esa smartfonlar bozorini egalladi

2011-yil yakunlariga ko‘ra "Nokia” kompaniyasining jahon mobil telefonlar bozoridagi ulushi yana 8 foizga qisqargan bo‘lsa-da, u hamon umumiy hisobda yetakchilikni o‘z qo‘lida saqlab turibdi. Biroq, smartfonlar bozoriga keladigan bo‘lsak, bu borada Janubiy Koreyaning "Samsung” kompaniyasi birinchilikni "Nokia”dan tortib oldi.

Shunday qilib, "Strategy Analytics” tadqiqot kompaniyasining hisob-kitoblariga ko‘ra 2011-yilda butun dunyo bo‘ylab jami 1,55 milliard dona mobil telefon sotilgan. 2010-yilda esa mobil telefonlarning savdosi 1,36 milliard donani tashkil qilgan edi. Natijada, bu borada yillik o‘sish 14,1 foizdan iborat bo‘ldi. Bunda, mobil telefon deyilganda ham oddiy telefonlar, ham smartfonlar nazarda tutilmoqda.

O‘tgan yili Finlandiyaning "Nokia” kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab jami 417,1 million dona mobil telefon sotib, jahon bozorida 26,9 foiz ulushga ega bo‘ldi. Taqqoslaydigan bo‘lsak, "Nokia” 2010-yilda jahon bozorining 33,3 foiziga egalik qilar edi.

Ro‘yxatning ikkinchi pog‘onasini "Samsung Group” kompaniyalari guruhiga kiruvchi "Samsung Electronics” band qilib, u iste’molchilarga 2011-yilda 327,4 million dona telefon yetkazib berdi. Uning jahon bozoridagi ulushi esa 21,1 foizga yetdi.

Kuchli uchlikni AQShning "Apple” kompaniyasi yopib berdi. U 2011-yilda o‘zining "iPhone” smartfonlari savdosini deyarli ikki barobarga oshirib (96 foiz o‘sish), uning miqdorini 47,5 million donadan 93 million donagacha yetkazdi. Kompaniya faqatgina "iPhone” smartfonlarini ishlab chiqarsa-da, u jahon bozorida o‘tgan yili 6 foiz ulushga ega bo‘ldi. U birgina 2011-yilning to‘rtinchi choragida jami 37 million dona smartfon sotishga muvaffaq bo‘ldi. Buni ko‘proq oktabr oyida sotuvga chiqarilgan "iPhone 4S” smartfonining muvaffaqiyati bilan bog‘lash mumkin.

2011-yilda butun dunyo bo‘ylab sotilgan barcha telefonlardan 488,5 million donasini yoki 31,5 foizini smartfonlar tashkil qildi. 2010-yil bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, o‘tgan yili jahonda smartfonlar savdosi 63 foizga o‘sgan. Chunki, 2010-yilda jami 299,5 million dona smartfon sotilgan bo‘lib, bu miqdor jami telefonlarning 22 foizini tashkil qilgan edi.

Jahon mobil telefonlar bozorining yuqori sur’atlarda o‘sib kelayotgan segmenti – smartfonlar bozoriga to‘xtaladigan bo‘lsak, 2011-yil yakunlariga ko‘ra "Samsung” – jahonning birinchi raqamli smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bo‘ldi. "Samsung” 2010-yilda atigi 23,9 million dona smartfon sotib, jahon smartfonlar bozorining 8 foiziga egalik qilgan bo‘lsa, u 2011-yilda sotuv hajmini deyarli 4 barobar oshirib (308 foiz o‘sish), 97,4 million dona smartfon realizatsiya qildi va jahon smartfonlar bozorida 19,9 foiz ulush bilan mutlaq yetakchiga aylandi.

Yuqorida "Apple” kompaniyasining faqat smartfonlar ishlab chiqarishi haqida to‘xtalgan edik. Shu boisdan, "Apple” 2011-yilda jami 93 million dona "iPhone” smartfonlarini sotib, jahon smartfonlar bozorida 19 foiz ulush bilan ikkinchi o‘rinda turibdi.

"Samsung”ning diversifikatsiya siyosati hamda turli modeldagi smartfonlarni seriyali ishlab chiqarib, bozorga chiqarishi unga smartfonlar bozori tizginini o‘z qo‘liga olishiga katta yordam berdi.

Shu paytgacha, ham umumiy mobil telefonlar bozorida, ham smartfonlar bozirda mutlaq hokim bo‘lib kelayotgan "Nokia”ning bir "ustuni” quladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki u 2011-yilda smartfonlar bozoridagi yetakchiligini "Samsung”ga ikki qo‘llab topshirishga majbur bo‘ldi. Ekspertlarning fikricha, "Samsung” 2012-yil yakuniga kelib, umumiy mobil telefonlar bozorida ham birinchilikni "Nokia”dan tortib olishi mumkin.

Shu o‘rinda, kuchli uchlikka kirmaydigan kompaniyalar haqida ham ba’zi fikrlarni aytib o‘tish joiz. Yuqoridagi jadvallardagi boshqa kompaniyalar sirasiga kiruvchi "LG”, "HTC”, "Motorola Mobility”, "Sony”, "BlackBerry”, "Huawei” va "ZTE” kabilar 2010-yilda jami 579,3 million dona mobil telefon sotib, jahon bozorida 42,6 foiz ulushga egalik qilishgan bo‘lsa, 2011-yilda esa ular umumiy hisobda 713,9 million dona telefon realizatsiya qilib, jahon bozorining 46 foiziga ega chiqishdi.

Xususan, smartfonlar bozorida ham ushbu kompaniyalar o‘z o‘rnini mustahkamlab kelishmoqda. Masalan, ular 2010-yilda jami 128 million dona smartfon sotishgan bo‘lsa (42,7 foiz ulush), 2011-yilda bu miqdor 220,8 million donagacha yetdi (45,2 foiz).

So‘nggi yillarda "Google” internet-giganti tomonidan ishlab chiqilgan Android mobil operatsion tizimining foydalanuvchilar orasidagi ommaviyligi oshib borishi hamda "Apple” kompaniyasining "iOS” mobil platformasini o‘zining innovatsion texnologiyalari bilan boyitishi evaziga odamlar oddiy, ya’ni "aqlli bo‘lmagan” telefon sotib olishdan ko‘ra, ko‘p funksiyali, sensor ekranli smartfon sotib olishni afzal ko‘rmoqda. Xo‘sh, sizchi? Siz o‘zingiz uchun qanday telefonni afzal ko‘rasiz?

Категория: DUNYO HABARLARI | Просмотров: 1158 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Теги: esa, yetakchi, telefonlar, “Samsung”, jahon, MOBIL, hamon, smartfonlar, bozorida, “Nokia” | Рейтинг: 5.0/3
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Yanvar 2012  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика