Yakshanba, 19.05.2024, 17:58:43
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Saytga baho bering
Статистика

Xozir saytda 10
Mehmonlar 10
A'zolar 0

20:01:17
“Nasaf”– OFK kubogi sohibi

Qarshining "Nasaf” jamoasi futbol bo‘yicha Osiyo futbol konfederatsiyasi kubogini qo‘lga kiritdi.

Mamlakatimizda barcha sport turlari qatorida futbol ham jadal rivojlanmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sportni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar avvalo barkamol avlodni voyaga yetkazish, Vatanimiz sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qila oladigan iqtidorli sportchilarni tayyorlashda muhim omil bo‘lmoqda. Bu ezgu sa’y-harakatlarning yuksak samaralari o‘zbek futboli rivojida ham o‘z ifodasini topayotir. Bugun o‘zbek sportchilari millatimizni, xalqimizni dunyoga tanitmoqda, mamlakatimiz salohiyatini namoyon etmoqda.

Istiqlol yillarida futbolni rivojlantirish bo‘yicha o‘nga yaqin hujjat qabul qilindi. Davlatimiz rahbarining 2011 yil 19 yanvarda qabul qilingan "2011-2013 yillarda respublikada futbolning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va uni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ham milliy futbolimizni yanada rivojlantirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Bugun yurtimizning barcha hududlarida futbol infratuzilmasi tobora takomillashtirilmoqda, futbolga ixtisoslashgan maktab-internatlar, akademiyalar va to‘garaklar faoliyatida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda, shahar va qishloqlarimizdan ko‘plab iste’dodli futbolchilar yetishib chiqmoqda. Bu, o‘z navbatida, futbol bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar, olimpiya va milliy terma jamoalarimiz, professional futbol klublarimizning xalqaro maydonda yuqori natijalarni qayd etib, ilgari o‘zbek futboli tarixida kuzatilmagan ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritishiga xizmat qilayotir.

Bunday yuksak e’tibor samarasida viloyatlarda faoliyat yuritayotgan futbol jamoalarimiz ham xalqaro maydonda g‘alaba qozonish qudratiga ega bo‘ldi. Qashqadaryo viloyati vakili – "Nasaf” jamoasining "OFK kubogi – 2011” musobaqasidagi g‘alabasi barcha vatandoshlarimizga cheksiz g‘urur va iftixor bag‘ishladi. Qit’amiz futbol klublarining eng nufuzli ikki musobaqasidan biri – OFK kubogida ikkinchi marotaba ishtirok etgan "Nasaf” guruh bosqichida olti uchrashuvning barchasida g‘alaba qozongan yagona jamoa bo‘ldi va raqiblar darvozasiga o‘ttizta to‘p kiritib, guruh bosqichida ko‘p gol urish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. Pley-off bosqichida ham g‘alabali odimlarini davom ettirgan qashqadaryolik charm to‘p ustalari Tailandning "Chonburi”, Iordaniyaning "Al-Faysali” hamda "Al-Vihdat” jamoalarini yengib, finalga chiqdi.

"OFK kubogi – 2011” musobaqasining final uchrashuviga Qarshi shahri mezbonlik qildi. Bosh sovrin uchun o‘tkazilgan hal qiluvchi bellashuvda hamyurtlarimizga Kuvaytning "Kuvayt SK” jamoasi ro‘baro‘ keldi. 2009 yili OFK kubogi sohibi bo‘lgan mazkur jamoa bu gal ham faqat g‘alaba uchun maydonga tushdi.

"Nasaf” futbolchilari dastlabki daqiqalardan hujumga zo‘r bergan bo‘lsa-da, birinchi bo‘limda butun jamoa bo‘lib himoyalangan kuvaytliklar darvozasiga yo‘l topishning imkoni bo‘lmadi. O‘yinning ikkinchi yarmida hamyurtlarimiz hujumni yanada kuchaytirdi va 62-daqiqada hisob ochildi. Artur Gevorkyan raqib himoyachilarini dog‘da qoldirib, to‘pni Ilhom Shomurodovga oshirdi va mohir hujumchimiz raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Oradan ikki-uch daqiqa o‘tib, Artur Gevorkyan endi Andrey Pereplyotkinga to‘pni aniq oshirdi va latviyalik legioner raqib darvozasiga ikkinchi to‘pni kiritdi.

Kuvaytliklar 68-daqiqada hisobdagi farqni bittaga qisqartirishga erishdi. "Kuvayt SK” jamoasining afrikalik legioneri Boris Kabi gol urishga erishdi.

Qolgan daqiqalarda har ikki jamoa vakillari ham xavfli hujumlar uyushtirgan bo‘lsa-da, hisob o‘zgarmay qoldi. Finalda raqibidan har tomonlama ustunligini isbotlab, 2:1 hisobida zafar quchgan "Nasaf” O‘zbekiston futbol klublari o‘rtasida birinchi bo‘lib qit’amiz miqyosidagi xalqaro turnirda bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

– Bu g‘alabamizni xalqimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami – Vatanimiz mustaqilligining yigirma yilligiga bag‘ishlaymiz, – dedi "Nasaf” futbolchisi Lutfullo To‘rayev. – Biz nufuzli xalqaro musobaqada g‘olib chiqib, xalqimiz va Prezidentimiz ishonchini oqlaganimizdan baxtiyormiz.

"Nasaf” futbolchilariga Osiyo futbol konfederatsiyasi kubogi va oltin medallar topshirildi. OFKning "Fair play” – "Halol o‘yin” sovrini ham "Nasaf”ga nasib etdi. Hal qiluvchi bellashuvda faol o‘ynagan Artur Gevorkyan final uchrashuvining "Eng yaxshi futbolchisi”, turnir davomida raqiblar darvozasini o‘n marotaba ishg‘ol qilgan Ivan Boshkovich "Eng yaxshi to‘purar” sovrinlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, "Nasaf” jamoasi OFK kubogi sohibi sifatida kelasi yili Osiyo chempionlar ligasida to‘p surish huquqini ham qo‘lga kiritdi.

Dunyoda eng ommaviy sport turi – futbol jadal rivojlangan bugungi kunda tasodifan yutuqqa erishib bo‘lmaydi. Har bir g‘alaba va muvaffaqiyat zamirida ulkan islohotlar, ko‘p yillik mashaqqatli mehnat va intilish mujassam. Shu ma’noda, mamlakatimizda sportni, jumladan, futbolni rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan e’tibor o‘zbek futbolining yutuqlarida muhim omil bo‘laveradi.

Категория: SPORT YANGILIKLARI | Просмотров: 847 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Теги: OFK, futbol, “Nasaf”, kubogi, sohibi | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 1
_-_AnGeL_-_ Спам
03
11.2011
omad tongue
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Oktyabr 2011  »
DuSeChPaJuShYa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика