Yakshanba, 19.05.2024, 22:43:23
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Saytga baho bering
Статистика

Xozir saytda 7
Mehmonlar 7
A'zolar 0

12:34:23
Motorola o‘zining “Xoom 2” va “Xoom 2 Media Edition” planshet kompyuterlarini namoyish qildi

Motorola kompaniyasi kuni kecha o‘zining "Xoom” deb nomlangan planshet kompyuterlarining ikkinchi avlodini namoyish qildi. Kompaniya bu safar birdaniga ikkita planshetni foydalanuvchilar e’tiboriga havola qildi – "Xoom 2” va mediaga moslashgan "Xoom 2 Media Edition”. Bu haqda "TechCrunch” texnoblogi xabar qilgan.

Bu ikkala planshet ham ko‘p jihatdan bir-biriga o‘xshab ketadi: ularning ikkalasiga ham 1,2 Ggs chastotali ikki yadroli protsessor, 1 gigabayt operativ xotira, 16 gigabaytlik ichki xotira, 5 megapiksellik orqa kamera va 1,3 megapiksellik old kamera o‘rnatilgan. Kutilganidek, ularning har ikkalasi ham "Android 3.2 Honeycomb” mobil operatsion tizimida ishlaydi.

Biroq, ularda ba’zi farqli jihatlar ham bor. Masalan, "Xoom 2” modeliga "Gorilla Glass” himoyaviy oynasiga ega 10,1 dyumlik HD-displey o‘rnatilgan bo‘lsa, "Xoom 2 Media Edition” esa undan kichikroq – 8,2 dyumlik displeyga ega. Katta "Xoom 2” batareyasi to‘liq zaryadlangandan so‘ng 10 soatgacha yetsa, kichik model esa – 6 soatga.

"Xoom 2” planshet kompyuterining old tarafdan ko‘rinishi


Foto: Motorola

Bundan tashqari, kichkina model mediaga moslashgani uchun unga "MotoCAST” media-servisi ham o‘rnatilgan.

"Xoom 2 Media Edition” planshet kompyuterida video tomosha qilish


Foto: Motorola

Planshetlar noyabr oyining o‘rtalarida Birlashgan Qirollik va Irlandiyada sotuvga chiqariladi. Motorola kompaniyasining o‘zi hali beri narxlar haqida biron narsa aytmadi.

VIDEO ROLIKNI KO'RISH

Introducing Motorola Xoom 2 & Xoom2 Media Edition (video)

Introducing MOTOROLA XOOM™2 & XOOM™2 Media Edition



Категория: DUNYO HABARLARI | Просмотров: 804 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Теги: Xoom 2, Motorola, va, kompyuterlarini, planshet, namoyish, media, edition, o‘zining | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика