Yakshanba, 19.05.2024, 20:58:32
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Saytga baho bering
Статистика

Xozir saytda 6
Mehmonlar 6
A'zolar 0

17:19:31
Mobil aloqa so‘qmoqlarida

Hayotingizni, hech bo‘lmasa, bir kuningizni mobil telefonsiz tasavvur eta olasizmi? Ayniqsa, so‘nggi uch-to‘rt yilda qo‘l telefoni har birimiz uchun soat, tish cho‘tkasi yoki ruchka kabi odatiy bir buumga aylanib qoldi. Hech mubolag‘asiz imkoniyatlari yil sayin kengayib borayotgan mobil telefonlarni butun boshli kommunikatsiya markazlariga o‘xshatish mumkin. Bu jarayonni kuzatarkansiz, mobil aloqa naq 60 yillik yo‘lni bosib o‘tganiga aslo ishongingiz kelmaydi.

 "Men ularni eshitapman!”

 Birinchi mobil aloqa seansi 1950 yilning dekabrida Shvetsiyaning Liding shahrida Televerket kompaniyasi avtomobilida amalga oshirilgandi. Avtomobilda hayajonini zo‘rg‘a bosib o‘tirgan muhandis-ixtirochi Sture Lauren telefon go‘shagini ko‘tardi-da, aniq vaqt xizmati raqamlarini terdi va lahzada ularning ovozini eshitdi. U aytishga ulgurgan so‘zlar shu bo‘ldi: "Men ularni eshitapman!” To‘g‘ri, birinchi mobil telefon hozirgilariga o‘xshash uyoqda tursin, yaqin ham kelmasdi. Uning baza qismi avtomashinaning ort o‘rindiqlarini to‘liq egallagan, oldingi o‘rindiq ro‘parasida esa telefon apparati o‘rnatilgandi.

 Mobil telefon – hamma uchun!

 Ikkinchi jahon urushi tugashi hamonoq Shvetsiyaning Televerket kompaniyasi ikki nafar xodimi – Sture Lauren va Ragnar Berglundga aloqa uchun statsionar to‘rdan foydalanuvchi mobil telefon yaratish vazifasini topshiradi. O‘sha paytlari ham mobil radioaloqa tizimlari mavjud edi, faqat ulardan politsiya va harbiylar foydalanishgan. Shunday qilib ikki hamkasbning birinchi ishlanmasi – MTA 1956 yildan tijoriy ekspluatatsiyaga chiqdi. Rostini aytganda, MTA faqat Stokgolm va Gyoteborgda ishlatilar, abonentlari soni esa 1956 yili bor-yo‘g‘i 26 kishini tashkil etardi. Bunga ajablanmasa ham bo‘ladi, negaki, o‘sha paytlari mobil telefon yaxshigina avtomashinaning yarim puliga teng edi-da.

 Mobil evolyutsiya

 1969 yildan aksariyat telekommunikatsiya kompaniyalari mobil aloqa yagona to‘rini yaratishga jiddiy qiziqib qolishdi. Rejaga ko‘ra, abonent hatto boshqa davlatga o‘tsa ham yagona telefon apparati va raqamidan foydalana olishi lozim edi. Bu boradagi dastlabki taklifni zamonaviy mobil telefoniya otasi dea e'tirof etiluvchi, Stokgolm texnika maktabi bitiruvchisi Esten Makitolo o‘rtaga tashladi. Uning loyihasi (NMT)ni amalga oshirish uchun qirqqa yaqin kompaniya tanlab olindi. Ularning hamkorligi natijasida yangi baza stansiyalari, liniya kommutatorlari va mobil telefonlar dunyoga keldi. Bu jabhada, ayniqsa, Ericsson kompaniyasi juda faol edi. O‘sha paytlari kompaniya Saudiya Arabistonida shartnomani qo‘lga kiritish uchun Philips bilan kurashayotgandi. Arablar uchun erkin telefon tarmog‘i suv bilan havodek zarur bo‘lib, har qanday xarajatga rozi edilar. Shu tariqa "skandinav mobil telefoniyasi” (NMT-450) birinchi bo‘lib Saudiya Arabistonida, o‘z tarixiy vatanidan bir necha oy avval ishga tushirildi. 1981 yil mobil aloqaning birinchi avlodi faoliyat boshlagan yil sifatida tarixga kirdi. 1984 yilga kelib, abonentlar ko‘paya boshlagach, to‘r tizimi uali tizimga almashtirildi va aloqaning bu yo‘nalishi juda istiqbolli ekanligi oydinlashib qoldi.

 Kelajak bugundan boshlanadi

 O‘tgan asrning 80-yillari boshlarida Yevropa telekommunikatsiya kompaniyalari umumiy aloqa tarmog‘i yaratish orzusi bilan yashardi. Keyinchalik GSM uushmasi tuzildi. Dastlabki yillarda operatorlar xizmati va mobil telefon apparatlari juda qimmatligidan abonentlar barmoq bilan sanarli edi. Ammo vaqt o‘tishi bilan mobil apparatlar ko‘payib, arzonlashib ketdi. Masalan, Skandinaviyada GSM faoliyatining birinchi yilidayoq bir million kishi unga ulandi. Telefonlar rivojlanib, imkoniyatlari kengayib borardi. 1996 yili Nokia birinchi Communicatorni taqdim etdi – unda avval hech kimning xayoliga ham kelmagan elektron pochta jo‘natish, faks bilan ishlash, qo‘ng‘iroq amalga oshirish, internetga kirish mumkin edi. O‘sha yili Motorola og‘irligi atigi 90 gramm keladigan afsonaviy StarTac telefon-kitobchasini chiqardi. Bir yil o‘tib Philips kutish tartibida 350 soat ishlaydigan Spark telefonini taklif etgan bo‘lsa, 1998 yili Sharp raqobatchilariga javoban sensor displeyli telefon chiqarib hammani lol qoldirdi. Yana bir yil o‘tib esa Ericsson, o‘z ta'biri bilan aytganda, "insoniyatning olov va g‘ildirakdan keyingi eng muhim kashfiyoti” – T28S apparatini taqdim etdi. O‘z navbatida, Nokia 7110da WAP texnologiyasi ilk bor qo‘llandi.

 Guvohi bo‘lganingizdek, mobil aloqa qisqa tarixi davomida juda katta yo‘lni bosib o‘tdi va hozirga kelib GSM standarti imkoniyatlari to‘liq o‘zlashtirib bo‘lindi. Uning o‘rniga boshqa standartlar paydo bo‘lapti, bu butunlay boshqa mavzu...

Категория: BILASIZMI? | Просмотров: 1314 | Добавил: Admin | Теги: so‘qmoqlarida, aloqa, MOBIL | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Yanvar 2012  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика