Yakshanba, 19.05.2024, 17:50:00
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Qaysi operatordan foydalanasiz
Статистика

Xozir saytda 10
Mehmonlar 10
A'zolar 0

12:17:15
Messi, Ronaldu, Runi, Balotellini jonli efirda hali-beri ko‘ra olmaymiz
Sentabr oxiri. Yevropa futbol chempionatlari qizg‘in pallaga kirgan mahal. Afsuski, hozircha Ispaniya, Angliya, Italiyada sevimli o‘yinchilari ishtirokidagi o‘yinlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyasini ko‘rish istagida bo‘lgan yurtimizdagi futbol ishqibozlarini hech nima bilan xursand qila olmaymiz.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Xalqaro bo‘limining "Daryo” nashriga ma’lum qilishicha, Osiyo-Tinch okeani uzatib berish ittifoqiga (Asia-Pacific Broadcasting Union) translyatsiya huquqi egalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqaga chiqishda ko‘mak so‘rab qilgan murojaatlariga hozircha javob berilmagan.
MTRK vakilining ta’kidlashicha, masalaning ijobiy hal etilishidan barcha — televideniyedagilar ham, futbol mutaxassislari ham va albatta, O‘zbekistondagi futbol ishqibozlari ham manfaatdor.

Yevropa chempionatlari translyatsiyasi haqidagi avvalgi maqolalarimizga ko‘plab fikrlar bildirilgan edi. Ular orasida o‘yinlarni boshqa kanallardan "o‘g‘irlab” olib qo‘yishni "taklif qilganlar” ham bo‘ldi.

Ularga javoban, MTRK xodimi bu usulning Teleradiokompaniya uchun to‘g‘ri kelmasligini qayd etib, yangilik bo‘lishi zahoti, ular teletomoshabinlarga oshkor etilishini bildirdi.

Hozircha faqat kutishimiz mumkin. Qancha kutishimiz — noma’lum.

Категория: SPORT YANGILIKLARI | Просмотров: 828 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Sentyabr 2013  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика