Dushanba, 20.05.2024, 00:04:59
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Zamonaviy estrada xit paradi
Статистика

Xozir saytda 2
Mehmonlar 2
A'zolar 0

11:55:38
“Manchester Yunayted” futbol klubi o‘zining ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirmoqchi


Angliyaning "Manchester Yunayted” futbol klubi o‘zining ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirmoqchi. Bu haqda Britaniyaning "Marketing” haftalik jurnali xabar qilgan.

Yangi loyihaning auditoriyasi, klub tomonidan avval hisoblanganidek, 350 million muxlisdan oshib ketishi mumkin. Klub keyinchalik o‘zining taxminlarini 500 million foydalanuvchigacha ko‘targanidan so‘ng, "TNS Global” tadqiqot agentligi yangi ijtimoiy tarmoqning foydalanuvchilari soni 660 million kishigacha yetishini prognoz qildi. Taqqoslaydigan bo‘lsak, hozirda "Facebook” ijtimoiy tarmog‘ining foydalanuvchilari soni 800 milliondan oshib ketgan.

Angliya premyer ligasining g‘olibi bu borada o‘zining marketing strategiyalarini ishlab chiquvchi "SapientNitro” reklama agentligiga murojaat qilgan. Taxminlarga ko‘ra, klubning ijtimoiy tarmoq sayti kelasi ikki yil ichida ishga tushishi kutilmoqda. Klub hozirda "Facebook”da o‘zining sahifasiga ega, unga shu kungacha 20,2 million foydalanuvchi obuna bo‘lgan.

Yangi ijtimoiy tarmoqning foydalanuvchilari klubning ekskluziv videolarini, shu jumladan "MUTV” telekanalini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. "Manchester Yunayted” ushbu loyihaga boshqa homiylarni ham jalb qilishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning bahorida "Forbes” jurnali dunyodagi eng qimmat futbol klublari reytingini e’lon qilgan edi. Unda "Manchester Yunayted” klubining qiymati 1,835 milliard dollar qiymatida baholangan va u reytingning eng yuqori o‘rnini band qilgan.

Категория: SPORT YANGILIKLARI | Просмотров: 842 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Теги: tushirmoqchi, tarmog‘ini, manchester, futbol, ishga, Yunayted, ijtimoiy, o‘zining, klubi | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика