Yakshanba, 19.05.2024, 19:03:30
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Saytda ko'proq nima bo'lishini xoxlaysiz
Статистика

Xozir saytda 1
Mehmonlar 1
A'zolar 0

21:20:35
Kutib oling: Windows Phone mobil operatsion tizimida ishlovchi ilk Nokia telefonlari


Finlandiyaning mobil qurilmalar ishlab chiqaruvchi Nokia kompaniyasi 26-oktabr kuni Londonda bo‘lib o‘tgan "Nokia World 2011” konferensiyasida uzoq kutilgan hamda "Windows Phone 7.5 Mango” mobil operatsion tizimi asosida ishlovchi ilk telefonlarini namoyish qildi.

Shunday qilib, Nokia va Microsoft o‘rtasida 2010-yilda imzolangan strategik alyans natijasi o‘laroq, Windows Phone bazasida ishlovchi dastlabki ikki telefon – "Nokia Lumia 800” va "Nokia Lumia 710” dunyoga keldi. Ulardan birinchisini kompaniya rahbari Stiven Elopning shaxsan o‘zi tanishtirdi. Stiven Elopning so‘zlariga ko‘ra, bu – birinchi haqiqiy Windows Phone telefonlaridir.

"Nokia Lumia 800” apparatining tashqi ko‘rinishi kompaniya tomonidan shu yilning iyun oyida namoyish qilingan "Nokia N9” (MeeGo operatsion tizimida ishlovchi birinchi va oxirgi smartfon) smartfoniga judayam o‘xshab ketadi. Unga 1,4 Ggs chastotali bir yadroli protsessor (grafik protsessor alohida), 16 gigabayt ichki xotira, 512 megabayt operativ xotira, 8 megapiksellik orqa kamera, 3,7 dyumlik AMOLED-ekran o‘rnatilgan. Apparat uch xil rangda – qora, ko‘k va pushti ranglarda ishlab chiqariladi.

"Nokia Lumia 800” smartfoni



"Nokia Lumia 710” modeliga ham "katta akasiga” o‘xshab, 3,7 dyumlik AMOLED-ekran, 1,4 Ggs chastotali bir yadroli protsessor (grafik protsessor alohida), 512 megabayt operativ xotira o‘rnatilgan. Ammo uning ichki xotirasi sal kichikroq – 8 gigabaytni tashkil qiladi.

Nokia, shu bilan birga, smartfon egalariga musiqalarni saqlash uchun o‘zining "bulutli” serveridan 25 gigabayt joyni tekinga taqdim qilmoqda. Bundan tashqari, Nokia yangi ekskluziv servisni ham taqdim qilgan bo‘lib, undagi ichki o‘rnatilgan navigatsiya tizimi yordamida 95 ta mamlakatdagi uch o‘lchamli binolar, yo‘llar xaritalarini tomosha qilish mumkin. "Nokia Drive”, "Nokia Music” kabi servislar shular jumlasidandir.

"Nokia Lumia 800” tez kunlarda Yevropaning olti mamlakati – Germaniya, Gollandiya, Ispaniya, Italiya, Birlashgan Qirollik va Fransiyada sotuvga chiqariladi hamda uning narxi 420 yevroni tashkil qiladi. Joriy yil oxirigacha esa har ikkala model ham – "Nokia Lumia 800” va "Nokia Lumia 710” Rossiya, Tayvan, Hindiston, Gonkong va Singapurda, 2012-yil boshlaridan esa yana bir qator mamlakatlarda paydo bo‘ladi. "Nokia Lumia 710” modelining narxi 270 yevro qiymatida belgilangan.

Microsoft bilan hamkorlik qilish Nokia uchun so‘nggi imkoniyat ekanligini hamma tushunib yetgan edi. Nokia hozirda kunda-kunga smartfonlar bozorida o‘zining ulushini yo‘qotib bormoqda. Windows Phone bazasidagi smartfonlar Nokia kompaniyasini jar yoqasidan qutqarib qoladi hamda Windows Phone telefonlari uchun keng yo‘l ochib beradi yoki har ikkala kompaniya uchun ham qimmatga tushishi mumkin. Bundan eng katta zararni, albatta, Nokia ko‘radi.

"Nokia Asha” oilasi



Darvoqe, Nokia endi Windows Phone 7 bazasida smartfon ishlab chiqarishni boshlagan bo‘lsa-da, o‘zining eski qadrdoni – Symbian operatsion tizimidan voz kechishni haliyam xohlagani yo‘q. Kompaniya ushbu platforma asosida ishlovchi "Nokia Asha” (hind tilidan tarjima qilinganda "Umid” degan ma’noni beradi) deb nomlangan tejamkor smartfonlar seriyasini ishlab chiqarmoqda. "Nokia World 2011” konferensiyasida kompaniya ushbu seriyaga oid 4 ta yangi model – "Nokia Asha 200”, "Nokia Asha 201”, "Nokia Asha 300” va " Nokia Asha 303” modellarini namoyish qildi. Apparatlar sensorli ekran hamda QWERTY-klaviaturaga ega.

Категория: TELEFON UCHUN | Просмотров: 1178 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 1
_-_AnGeL_-_ Спам
03
11.2011
hm zo'r biggrin
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Oktyabr 2011  »
DuSeChPaJuShYa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика