Yakshanba, 19.05.2024, 20:26:50
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Zamonaviy estrada xit paradi
Статистика

Xozir saytda 16
Mehmonlar 16
A'zolar 0

18:38:56
Komputer va biz yoxud sog‘lig‘imiz o‘z qo‘limizda
Barchamiz yaxshi bilamiz, turli kasb kasalliklari bor. Masalan, duradgor ustalar ehtiyotsizlik oqibatida ko‘pincha qo‘l barmoqlaridan ayrilib qolishadi yoki muntazam faoliyat natijasida elektr payvandchilar ko‘zlariga ziyon yetkazishadi, xullas, sanayversa adog‘i yo‘q: sartaroshlar, haydovchilar, shifokorlar, o‘qituvchilar... Xo‘sh, bularning mavzuga nima aloqasi bor, axir komputer beozorgina bir elektron qurilma bo‘lsa, buning ustiga unda ishlovchilar issiq va shinam xonalarda o‘tirishadiku, degan degan savol tug‘ilishi tabiiy.

Albatta, shunday. Komputer har bobda ko‘makchimiz. U shunday universal qurilmaki, undan bugun hamma birday foydalanmoqda. Qaysidir ma'noda mavzuga yaqinlashgandaymiz, bugungi tavsiyalarimiz sharoit taqozosi bilan aksariyat ish vaqtini, bo‘sh vaqtini komputer qarshisida o‘tkazayotganlarga atalgan.
Bir narsaga oydinlik kiritib olsak, faqatgina komputerda uzoq vaqt ishlash inson salomatligiga jiddiy putur yetkazishi mumkin. Ma'lumki, kishi komputerda ishlaganda uzoq vaqt bir holatda o‘tiradi, buning salbiy oqibatlari umurtqa pog‘onasining zo‘riqishi va organizmda qon aylanishi buzilishida namoyon bo‘ladi.

Matnlarni bevosita komputer monitoridan o‘qish ko‘zlarni zo‘riqtiradi. Elektron "to‘p"lar bilan jihozlangan bu ekranlar kuchli elektromagnit maydoni manbalari ekanini ham unutmasligimiz kerak.

Komputer kasalliklari:

1. Uzoqni yaxshi ko‘ra olmaslik (miopiya).
2. Umurtqa pog‘onasi kasalliklari (osteoxondroz, umurtqaning qiyshayishi).
3. Nafas olish organlari kasalliklari.
4. "Tunnel" sindromi: komputer "sichqonchasi" va klaviaturada ishlash natijasida qo‘lda paydo bo‘ladigan og‘riqlar.
5. Stress holati, depressiya va komputerning inson psixikasiga ta'siri tufayli kelib chiqadigan boshqa asab buzilishlari.

Monitor va ko‘z

Monitor yaqin masofadaligi sabab ko‘z soqqasini tutib turuvchi mushaklarga doimiy zo‘riqish tushadi. Ko‘zimiz narsa-buyumlarni ular qaytargan nurni qabul qilish orqali ilg‘aydi, komputer monitori ish tamoyili bo‘yicha ham ko‘zga zararli, chunki uning o‘zi nur tarqatuvchi. Buning yoniga ekran pirpirashi (kadrlar o‘tishi), ko‘zni yumib-ochish soni kamayishi, ekrandan nur qaytishi va hokazo omillar qo‘shilishi natijasida uzoqni yaxshi ko‘ra olmaslik, ko‘rish qobiliyatining pasayib ketishi, ko‘zlarning tez toliqishi kabi ko‘plab noxush oqibatlar kelib chiqadi.

Maktabda o‘rgatishmaganmi?..

Komputer qarshisida siz, odatda, o‘zingizga qulay holatda ko‘p vaqt o‘tirasiz. Nima deb o‘ylaysiz, bu to‘g‘rimi?

Shu tobda ta'kidlash juda o‘rinliki, o‘tirganda umurtqa disklariga og‘irlik kishi tik turgan yoki yotgan paytidagidan ko‘proq tushadi. Bu salbiy omillar oqibatida umurtqalararo disk churrasi yuzaga kelishi va bosh, qo‘l va oyoqlarda, ichki a'zolardagi turli og‘riqlarga sababchi bo‘lishi mumkin. Umurtqa hali to‘liq mustahkamlanib ulgurmagan bolalik va o‘smirlik pallalarda komputerdan uzoq vaqt foydalanish umurtqaning qiyshiq rivojlanishiga (bola xuddi maktab partasida o‘tirgandek to‘g‘ri o‘tirmagan hollarda) olib keladi.
Toza havoga nima yetsin!

Komputer ishlab turganda atrof-muhitni deionizatsiyalovchi elektrostatik maydon hosil qiladi, plata va komputer monitori qiziganda esa havoga zararli moddalar sochiladi. Bularning barchasi xona havosini juda ham quritib yuboradi, natijada nafas olish qiyinlashadi. Tabiiyki, bunday havodan nafas olish turgan-bitgani zarar: turli allergik xususiyatga ega kasalliklar, nafas olish organlari xastaliklari va boshqa noxush dardlarni orttirib olish hech gap emas.

"Sichqoncha" va klaviatura

Komputerda ishlash uchun eng ko‘p kerak bo‘ladigan bu vositalar bizni kun davomida minglab bir xil harakatlar qilishga undaydi. Aynan shu harakatlar bilak sohasida asab tolalarini siqib qo‘yib va keyinchalik bilaklarda turli og‘riqlarga sabab bo‘lishi mumkin. 

Stress, depressiya va ruhiy zo‘riqishlar

Komputerda uzoq ishlash nafaqat sog‘liqqa ziyon, shuningdek, turli asabbuzarliklarga ham sabab bo‘ladi. Komputerning "osilib" qolishi natijasida ishlanayotgan hujjatlarning saqlanib qolmasligi, internetga ulanish tezligining pastligi, elektron pochta jo‘natish-olishning har doim ham ravon amalga oshmasligi kabi holatlar har bir komputer foydalanuvchisi uchun begona emas, albatta. 

Tadqiqotlarda komputerga bog‘liq ana shunday mashmashalar spirtli ichimliklarga ruju qo‘yishga olib kelishi aniqlangan.

PROFILAKTIKA:

Ko‘zlarimizni chiniqtiramiz

Miopiya. Uzoqni yaxshi ko‘ra olmaslik yoki miopiyaga sabab ko‘p vaqtni yaqin masofada joylashgan narsalar bilan ishlashdir. Buning natijasida ko‘z refraksiyasi (nur sindirish) yetishmovchiligi kelib chiqadi va miopiyani orttirgan kishilar uzoqni yaxshi ko‘ra olmaydilar. Miopiya profilaktikasi uchun avvalo siz mehnat vositasi (komputer)ni to‘g‘ri masofada o‘rnatishingiz kerak. Ish o‘rnining yoritilish darajasi ham e'tibordan chetda qolmasin, bir so‘z bilan aytganda, ish stolingizni shunday holatga keltiringki, hech bir narsa sizning asabingizni buzmasin.

Monitorga talablar:

1.1 Ranglar soni 256dan kam bo‘lmasin.
1.2 Ekrandagi piksel (nuqta)lar 0,28 mm.dan kichik.
1.3 Regeneratsiya chastotasi 75 Gs.dan kam emas.
1.4 Tasvir yorqinligi va tiniqligini o‘zgartirish imkoniyatining mavjudligi. 

Ko‘z uchun mashqlar

1. Ko‘zlaringizni 10 soniya yuming.
2. 5-10 soniya davomida tez-tez ochib-uming.
3. Ko‘zlaringiz bilan bir necha marta aylanma harakatlarni amalga oshiring. 
4. Fokusni bir necha marta o‘zgartiring, buning uchun, masalan, avval deraza oynasidagi biror nuqtaga, keyin esa uzoqqa (bulutlar, uzoqdagi uy va h.o.) qarang.
5. Ko‘zdagi achishish yoki charchoqqa barham berish uchun damlangan choy paketchasini (sovuq holatda) ko‘zlaringizga qo‘yib 10 daqiqa yoting.

Umurtqani davolash

Yuqorida aytilgan noxush holatlarning oldini olish uchun komputer stolimizni risoladagidek holatga keltirishimiz, doim bir xil holatda o‘tirmaslik, tez-tez yurib turish, imkon boricha gimnastika, sport bilan shug‘ullanish, orqa muskullarni rivojlantirib borish darkor.

Komputer qarshisida o‘tirishning eng maqbul ko‘rinishi shunday: kishi tanasi va bo‘yni to‘g‘ri holatda, oyoqlarni tizzadan to‘g‘ri burchak ostida bukib polga qo‘yish, qo‘l tirsaklari ham xuddi shunday holatda (90 daraja) bo‘lishi lozim.

"Sichqoncha" va klaviatura

Yuqorida bu vositalar sababchi bo‘ladigan noxush holatga to‘xtaldik. Bundan tashqari, xuddi boshqa elektr energiyasida ishlovchi qurilmalar kabi, "sichqoncha" va komputer o‘z atrofida elektromagnit maydon hosil qiladi. Buning alohida ta'kidlanadigan jihati, foydalanuvchi va vosita orasidagi masofaning juda ham kamligidir.

"Tunnel" sindromi profilaktikasi

1. Komputerda ishlashda qo‘llaringiz holatiga doim e'tiborda bo‘ling.
2. Tez-tez qo‘llaringizga dam bering.
3. Muhim bir ma'lumotni saqlash uchun muqobil vositalar (mikrofon, qalam)dan foydalaning.
Категория: QIZIQARLI MA'LUMOTLAR | Просмотров: 1149 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2011  »
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика