Yakshanba, 19.05.2024, 23:45:13
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Zamonaviy estrada xit paradi
Статистика

Xozir saytda 8
Mehmonlar 8
A'zolar 0

18:17:23
Kliplar dunyosi. ZIYODA, JASUR UMIROV, ALISHER FAYZ...


KЕTMA-KЕTIGA IKKITA. UMIROVNING G’AYRATIGA BAHO BЕRAMIZ

"Oygo’zalim” deya kuylayotgan Jasur Umirov "O’g’ri” nomli yangi qo’shig’iga ham klip suratga olib ikkalasini birato’la muxlislariga havola etmoqchi. Eng qizig’i, endi uning ham kliplarida mashhur aktyorlarni ko’rasiz. Ilk kliplarini poytaxtning zamonaviy joylarida suratga oldirgan Jasur, keyinchalik xorijda tasvirga tushirilgan ijod namunalarini taqdim eta boshlagandi. Barchasida imkon qadar o’zi aktyor sifatida namoyon bo’lgan xonanda nazarimizda "baribir aktyor, aktyorda” degan qarorga kelgan shekilli. Shuning uchun ham bu gal u klipiga Adiz Rajabov, Alisher Uzoqovni taklif etdi. Ikki klipni tomosha qiling va o’zingiz baho bering.

DINЕYRANING O’ZI KLIP SURATGA OLDI

"Visol” filmi orqali anchagina tanilib qolgan Dineyra yangi qo’shig’iga o’zi klip suratga olgani bilan barchaning diqqatini tortdi. Yo klipmeykerlarning ishlaridan ko’ngli to’lmagan yoki ularga beradigan ko’p puli yo’q. Albatta, bu hazil. Lekin uning klip suratga olgani rost. Jasur Badalboyev musiqasi, Gavhar Sharipova so’zi asosida yozilgan "Yonma-yon” nomli qo’shig’i klipi aynan uning ijod mahsuli. Bunda xonandaning raqsga tushganini ham ko’rasiz. Shu kunlarda esa Dineyraning "Meni esla”nomli yangi qo’shig’i klipi ham suratga olinyapti. Ibrohim Jiyanov so’zi, Serj musiqasi asosida kuylangan "Meni esla” radioto’lqinlarda jarang sochayotganiga ancha bo’ldi. 

FAYZ KONSERT ARAFASIDA BARCHA SIRLARNI OCHADI!

Yakkaxon konsertiga astoydil tayyorlanayotgan Alisher Fayz janoblari yangi dasturi uchun tayyorlangan "Armon” nomli qo’shig’iga klip suratga oldirdi. Qo’shiqlariga klip suratga oldirish bo’yicha tinim bilmayotganlar safida Fayzning ham ko’zga tashlanayotganiga ancha bo’ldi. Lekin uning zamonaviy kliplar suraga oldirayotganiga hali ko’p bo’lgani yo’q. Xullas, Mirmaqsud Oxunov va Rustam Murodovlar tomonidan suratga olingan yangi klip shu kunlarda sizga havola etiladi. Alisher Fayzning boshqa raqqosa bilan nega hamkorlik qila boshlagani va Parizoda bilan ijodiy munosabatlar nega yo’lga qo’yilgani haqida yaqin oradagi suhbatdan bilib olasiz.

FARRUX KOMILOV O’ZBЕK IGLЕSЕASIGA AYLANMOQCHI

Ha, yoshlar buni allaqachon kuzatib bo’lishdi. "Sog’inib” qo’shig’i Inrekining dasturidan ko’chirma ekanligini zukko muxlislar oshkor etishgan bo’lsa, Farruxning yangi "Kel-kel” qo’shig’i klipida ochiq oydin kichik Igleseasga taqlid sezilib qolganligi bilan tilga tushdi. Albatta, kichik Komilovning unga havasidan kelib chiqqan. Qolaversa, ma’lum ma’noda unga bu piar ham yaxshi xizmat qilishi mumkin. Chunki uning ijodida biroz tanaffuslar kuzatildi. Xullas, xonanda shu jimlikni shov-shuvli holatlar evaziga buzishni ma’qul topgan ko’rinadi. Shuning uchun Jasur Badalboyev aranjirovkasi, Eldor Qayumov so’zi bilan "Kel, kel” nomli qo’shiq yozildi va  Jasur Shametov tomonidan unga klip suratga olindi.

ZIYODA HAM PESHQADAMLIKDA. UNDAN BIRATO’LA IKKI KLIP

"Bolalar uyining bolasi” qo’shig’i va klipi Ziyodaning sevgidan boshqa mavzularda ham qo’shiqlar kuylay boshlaganidan darak berdi. Dardli mavzuga anchadan buyon hech kim tegmagandi. Yosh xonanda o’z imkoniyatlarini hisobga olib "Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilarining dardiga sherik bo’lishga qaror qildi. Bu esa uning kundan kunga ijodiy o’sishlar ta’sirida ekanligini ko’rsatdi. Bundan tashqari oradagi qisqa fursat ichida Ziyoda disko qo’shiqlardan xoli tarzda xorazmcha yo’nalishdagi "Mazim” nomli qo’shig’iga ham trek ko’rinishida klip suratga oldirib uni ham namoyish etishga kirishdi. To’g’rida, turfa xillikni yo’qotmaslik kerak. Axir buyoqda to’ylar ham bor degandek...

Xullas, ko`rgan kliplaringiz uchun fikrlaringizni bildiring. Ko`rmaganlaringiz esa shu kunlarda havola etilishni boshlaydi. Fikrlarni kutamiz…

Категория: SHOU BIZNES | Просмотров: 1341 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Теги: Umirov, Ziyoda, Alisher, Jasur, dunyosi, Kliplar, fayz | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  May 2012  »
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика