Yakshanba, 19.05.2024, 19:59:35
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Qaysi operatordan foydalanasiz
Статистика

Xozir saytda 5
Mehmonlar 5
A'zolar 0

21:45:52
Kinoreyd. “OMADLI YIGITLAR” FILMINING KЕRAKLI yoki KЕRAKSIZ JIHATLARI. UNDA NIMALARGA AHAMIYAT BЕRILMADI?
Dekabr boshida taqdim etilgan filmlar ro’yxatida "Omadli yigitlar” kartinasi borligi va boshqa filmlarga nisbatan unga ko’proq tomoshabin kirayotganligi uchun "Kinoreyd”imizni aynan shu film tahliliga bag’ishlashga qaror qildik. Zero, tomoshabin kam tushayotgan filmni tahlil qilishdan naf yo’q...
Yutuq

1. Kartinadagi eng katta yutuq bu Alisher Uzoqov hamda Muhammad Iso Abulxayirovning ijrolari tufayli filmning komediya ekanligi sezilayotganida. Ayniqsa, Alisherning rahbarni qizi bilan bog’liq dialogi "Omadli yigitlar”ning eng kulgili nuqtasi, deyish mumkin. 

2. Qo’shiqlari bilan anchagina tanilib qolgan Davron Zayniddinovning ham ijrosi film jamoasiga qovusha olganligini e’tirof etish kerak. Adashmasak, bu uning kinodagi debyut roli. Shunday bo’lsa-da, Davron uddalashga harakat qilgan.

3. Kartinaning yana bir ahamiyatli tomoni unda naq to’rtta yosh ijodkorlarning kashf etilganidir. Bilmadik, ular bundan keyin ham filmlarda ko’rinadimi, yo’qmi, ammo rejissyor Ma’ruf Mamirov har to’rttala ijodkorga shunday imkoniyatni taqdim eta olgan.

4. Ssenariydagi eng e’tirof etilarli jihat shundan iboratki, aktyor Muhammad Iso obrazidagi Bositning yoshlarni o’qishga da’vat qilishi hamda ularni alohida tayyorgarlikka undashida. Institutga kira olmagan yoshlarni ruhan tushkunlikka tushmasdan, hayot uchun kurashib, o’z kunini ko’rib, yaxshilab tayyorlanib kelasi yili topshirishlariga imkoniyat yaratib berishida. Aynan mana shu g’oyasi bo’lganligi uchun ham "Omadli yigitlar” biroz bo’lsa-da, kerakli film bo’lgan, deyish mumkin.  

Kamchiliklar

1. Alisherning qahramoni qanday qilib Bositning uyiga kelib qolganligi ochilmay qolgan. Nazarimizda u ko’chalarga yopishtirilgan e’lon orqali qo’ng’iroq qilib keladi. Ammo o’sha uyga Bosit har bir yigitni o’zi topib kelib qo’yishi aks ettirilgan. Eng katta kamchilik ham filmda Bositning shaxsi ochilmaganida! Nega uning oilasi yo’q, nega u o’z-o’zidan ko’chada qolgan yoki ruhan tushgan yigitlarga yordam berib yuradi? Xullas, savollar ko’p.  

2. Ular turgan ijara uyning necha xonaligi tomoshabinni chalg’itadi. Xurshidni boshlab kelgan Bosit "endi uka o’zingga biror burchakni topvolarsan”, deb bir xonada hammasi turishiga sha’ma qilgan bo’lsa, keyin Xurshid manikyunga ukol qilishdagi zal ko’zga tashlanadi, balkon oldi xona tasvirlanadi va hokazo. Qolaversa, Bositning o’zi ham bir xonada turadi. 

3. Xurshid sevgan qiz rolini ijro etgan obrazning hashamdor uyi aks ettirilganda, pastda "Jiguli” rusumidagi mashinaga ko’zingiz tushadi. Savol, nahotki, dang’illama imorati bor odam "Jiguli” minsa?

4. Bo’yniga doim "babichka” taqib yuradigan yigitning obraziyam, ijrosiyam umuman filmga yopishmagan. Qolaversa, uning o’zi kim, qayerdan keldi, ota-onasi bormi? Bu savollar ham javobsiz qolgan. Film davomida aynan uni hech kim so’rab ham kelmaydi, uyiga qo’ng’iroq ham qilmaydi. Faqat torini ko’tarib yurgani, yurgan shaklida gavdalantirilgan.

5. Eng tushunarsiz jihat esa filmning yakuni ham tushunarsiz bo’lib qolganida. Xurshid o’qishga kiradi va bir yildan buyon bir uyda turadigan Bositni yana tanimay "Ippodrom”ga oborib qo’yishini so’raydi, hech bo’lmaganda mashinani raqamini eslab qolish kerakku, mayli egasini bir pasda esdan chiqarish mumkindir? Nahotki, ko’zoynak taqqan odamni birdaniga tanish qiyin bo’lsa? Bundan ham tushunarsizi, o’qishga kirgan to’rttala yigit ham uyiga qaytish arafasida Bosit bilan rahmatlar aytib xayrlashishlari lozim emasmidi? Nazarimizda, rejissyor bu voqealarni tomoshabin o’zi tushunib oladi, qabilida, ko’p cho’zib o’tirmasdan yakunlab qo’ya qolgan. Mayli, balki bu uning yo’nalishidir?

Xulosa

Xullas, tomoshabinga yana bir yangi film taqdim etilyapti. Yuqorida aytganimizdek, unga tomoshabin ko’p kiryapti. Demak, bu "Omadli yigitlar”ning tomosha qilsa bo’ladigan tarzda suratga olinganligini bildiradi. Balki, rejissyorning ikkinchi filmi bunisidan ham zo’r bo’lar, axir birinchi ishlarda baribir kamchiliklar seziladi-da. Shu tufayli biz rejissyorning keyingi filmlari bundan omadli bo’lishini tilab qolamiz. 

Ma’lumot

Rejissyor: Ma’ruf Mamidov

Operator: Iqbol Meliqo’ziyev

Rassom: Sardor Toshmurodov

Rollarda: Muhammad Iso Abulxayirov, Alisher Uzoqov, Davron Zayniddinov, Jumadilla Rametov, Barno Qodirova va boshqalar.
Категория: KINO YANGILIKLARI | Просмотров: 812 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Теги: “OMADLI YIGITLAR”, NIMALARGA, FILMINING, UNDA, KЕRAKSIZ, KЕRAKLI, JIHATLARI, Kinoreyd, Yoki, AHAMIYAT | Рейтинг: 3.0/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2011  »
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика