Yakshanba, 19.05.2024, 23:10:01
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Saytga baho bering
Статистика

Xozir saytda 12
Mehmonlar 12
A'zolar 0

22:49:23
Kinoreyd. “HAY-HAY QIZALOQ”
Shu kunlarda poytaxtning bir nechta kinoteatrlarida rejissyor Sanjar Matkarimovning "Hay-hay qizaloq” qizaloq nomli yangi filmi namoyish qilinyapti. Afishalarida Asal Shodiyevaning mutlaqo zamonaviy qiz obrazidagi suratlarini ko’rgan borki, qiziqsinib qrayotgani rost. balki shu tufaylidir yoki avval va’da qilib qo’yganimiz uchunmi "Kinoreyd”imizning nigohi bu gal aynan shu filmga qaratiladi. Demak, tahlillarimizni boshladik...

Yutuq

·                     Birinchi navbatda bu kartina yoshlarimizni ommaviy madaniyat ta’siridan qutilishlari yo’lida suratga olinganligi seziladi. O’z yurting, o’z urf-odatlaring har qanday ta’sirdan ustunroq turishi va shu mentalitet asosida yashash kerakligini his ettiradi. Tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligi uchun stsenariy muallifiga tashakkur aytish kerak.

·                     Kartinaning umumiy sifati va montaj ishlari talabga javob beradigan darajada ekanligi, ayniqsa montajga film ruhiyatidan kelib chiqib yondashilganligi ham tahsinga sazovor. Bo’lmasa ko’pchilik shuni ham eplay olmayapti.

·                     Aktyorlar masalasiga kelsak, Asal Shodiyevani birinchi navbatda tilga olish kerak. Rejissyor aynan shu obrazga aynan asal mos kelishini avvaldan ko’rgani ma’lum. Negaki, xorij musiqasi va hayoti ta’siriga berilgan qiz obrazini u qoyillatib o’ynagan. To’g’ri, ayrim jihatlarida sal-pal kamchiliklar sezilishi mumkin. Bu Asalning tabiatiga va shu paytgacha ijro etgan rollariga butunlay teskari bo’lgan obrazni o’ynaganligi uchun yuzaga kelganligini inobatga olamiz.

·                     Shahzoda Muhammedova masalasiga kelsak, shu qizdan ham kelajakda yaxshi aktrisa yetishib chiqishiga endi shubha qilmasa ham bo’ladi. Negaki, "Tundan tonggacha” filmidagi ijrosi bir tomon bo’lgan bo’lsa, "Hay-hay qizaloq”dagi ijrosi bir tomon bo’lgan. Eng asosiysi u so’nggi paytlarda kinoda urfga aylangan bir-ikki kartinada ko’rinib keyin yo’q bo’lib ketadigan chehralardan emasligini isbotlay olyapti. To’g’ri, bu avvalo rejissyor talabi asosida yuzaga keladiyu ammo Shahzoda qaysi filmda suratga tushmasin unda o’z dastxatini qoldirishga erishyapti. Bu harakatchanligi bilan uni tabriklaymiz.

·                     Film ommaviy madaniyat ta’sirida qolgan yigitning opasidan maslahat so’rashi va opasining unga aytib bergan hikoyasi asosida tuzilganligi va kartina so’nggida o’sha yigitning ham o’zgarishga qaror qilishi "Hay-hay qizaloq”ning yutuqlaridan biri sifatida e’tirof etiladi.

·                     Rus tili darsi va o’qituvchi bilan dialog yosh tomoshabinga eng tushunarli voqea bo’lgan desak, yanglishmaymiz. Har kimga o’z tilida gapir usuli bunda juda o’z o’rnida va ta’sirli.

Kamchilik

·                     Albatta, bu kartinada ham yutuqlar bilan birga bir qator kamchiliklar kuzatiladi. Masalan, Asal Shodiyevaning bobosi bilan birga qishloqqa ketish sahnasida biroz ishonarsiz jihatlar mavjud. Ya’niki kelini "Lasetti”da, o’g’li esa yana bir xorij avtomashinasida yuradigan otaning avtobusda qishloqqa ketishi erish tuyuladi. Ming vaqti yo’q bo’lsa ham o’ziga to’q odamlar bunday vaziyatlar bu vazifani qaysidir mashinasi bor odamga yuklashi yoki taksi yollashi kundek ravshan. Qolaversa, ularning har ikkisi ham ota-onaga mehribon insonlar sifatida gavdalantirilgan.

·                     Asal Shodiyevaning ilk darsga kirgan sahnasida telefon orqali shahardagi bola bilan gaplashish jarayonida telefonining quvvati tugab o’chib qoladi, tanaffusga chiqishganida esa u bemalol telefoni bilan gaplashaveradi. Shu vaqt oralig’ida u qayerdan quvvatlantiruvchi moslama topdiyu, telefon qancha quvvat oldi?

·                     Avvaliga qishloqning mard yigiti sifatida gavdalantirilgan o’qituvchining ham film yakunida nomardga chiqaril qo’yilishi g’alati tuyuladi. Axir muhabbatni qadrlagan yigit qanday qilib uchta qizning taqdirida o’zgarish yasashi mumkin. Axir film ijodkorlari qizni o’zga ta’sirlardan qutilib kelishi uchun milliy tarbiya maskani bo’lgan qishloqqa jo’natishgandi. Bu yerda ham u vijdonsizlikka uchradi. Shundan so’ng aldangan qiz qanday qilib muhabbatga ishonishi mumkin? Axir u shu muhabbat uchun o’zgardiku. Tushunarsiz yakun!

Xulosa qiladigan bo’lsak, film yoshlar tarbiyasidagi yuzaga kelayotgan ayrim kamchiliklardan ota-onalarni yoxud yoshlarning o’zini ogohlantiradi. Shunisi bilan u juda katta ahamiyat kasb etadi.
Категория: KINO YANGILIKLARI | Просмотров: 1204 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 1
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  May 2012  »
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика