Yakshanba, 19.05.2024, 15:35:17
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Saytga baho bering
Статистика

Xozir saytda 8
Mehmonlar 8
A'zolar 0

17:05:47
“Internet otasi” Vint Serf “Google”ning internet-qidiruv bozoridagi mag‘lubiyatini bashorat qilmoqda


Vint Serf hozirda "Google” kompaniyasida vitse-prezident bo‘lib ishlaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "Google” internet-qidiruv sohasida doimiy dominant bo‘lib qola olmaydi, ertami-kechmi u o‘z o‘rnini yanada mukammal texnologiyalarni ishlab chiqayotgan yangi kompaniyalarga bo‘shatib berishga majbur bo‘lishi mumkin.

"Hozir sizga birorta mukammal, zamonaviy texnologiyani ishlab chiqishingizga hech kim qarshilik qilmaydi”, – deydi Vint Serf o‘z nutqida.

Tarixga qaytadigan bo‘lsak, Internet rivojlanishni boshlagan ilk kunlarda "Alta Vista” qidiruvi bu sohada yetakchi bo‘lgan, keyin uning o‘rnini "Yahoo!” egalladi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, internet-qidiruv sohasidagi yetakchilikni "Google” o‘z qo‘liga oldi.

"Google” hozirda internet-industriyada dominantlik pozitsiyasini egallab turgan bo‘lsa-da, biroq "Bing” va "Yahoo!” kabi onlayn-qidiruv saytlari ham u bilan yetarlicha raqobat qilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida:

Vint Serf – Internetning paydo bo‘lishiga ulkan hissa qo‘shgan odamlardan hamda TCP/IP-protokollarini ishlab chiqqan asoschilaridan biridir. Internetning paydo bo‘lishida bir nechta odamning mehnati ketgan bo‘lib, Vint Serf unda asosiy vazifani bajargan. Shuning uchun ham uni odatda "Internet otasi” deb atashadi.

Категория: DUNYO HABARLARI | Просмотров: 847 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Теги: Google, internet-qidiruv, Vint Serf, Alta Vista, yahoo | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Aprel 2012  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика