Yakshanba, 19.05.2024, 20:58:38
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Zamonaviy estrada xit paradi
Статистика

Xozir saytda 7
Mehmonlar 7
A'zolar 0

16:11:56
Internet foydalanuvchilari soni 8,8 millionga yetdi

Internet foydalanuvchilari soni 8,8 millionga yetdi

2011-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda internet tarmog‘idan foydalanuvchilar soni (mobil internet foydalanuvchilarini ham hisobga olganda) 8,8 millionga yetdi.

24-yanvar kuni O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2011-yilda aloqa va axborotlashtirish sohasida olib borilgan ishlar va 2012-yilga mo‘ljallangan rejalarga bag‘ishlangan hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zAAA bosh direktori Hakim Muhitdinov nutq so‘zladi.

Agentlik matbuot xizmatining xabar berishicha, o‘tgan yil ichida aloqa va axborotlashtirish sohasidagi korxonalar tomonidan 2,4 trln so‘mga (undan oldingi yildagidan 19,9 foizga ko‘p) teng xizmatlar ko‘rsatilgan. Barcha tushumlarning 65,8 foizi (1,56 trln so‘m) aholiga xizmat ko‘rsatishdan tushgan.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyasi va kreditlarini jalb qilish hisobiga amalga oshirilgan loyihalar bo‘yicha 266,7 mln AQSH dollari (458,02 mlrd so‘m) jalb etilgan. Korxonalarning o‘z vositalari hisobidan 72,3 mlrd so‘mga teng investitsiya o‘zlashtirilgan.

1-yanvar holatiga ma’lumotlarni uzatish subyektlari, shu jumladan internet tarmog‘iga ulanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar soni 945 taga, umumiy foydalanish punktlari soni esa 1053 taga yetgan.

Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanishning umumiy tezligi 4,85 Gbit/soniyaga yetdi. Internet tarmog‘idan foydalanuvchilar soni, mobil internet foydalanuvchilarini ham hisobga olganda, 8,8 millionni tashkil qildi. Operator va provayderlar uchun internet kanallari narxi bir yil ichida 2,9 barobar pasaytirildi.

UZ zonasida ro‘yxatdan o‘tgan domenlar soni bugungi kunda 13,4 mingni tashkil qiladi.

Raqamli televideniye respublika aholisining 38 foizini qamrab olgan bo‘lib, ular poytaxt, shuningdek, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda istiqomat qiluvchilardir.

O‘zbekistonda elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi to‘qqizta markaz ro‘yxatdan o‘tgan. Berilgan ERI kalit va sertifikatlari soni 206 mingtani tashkil etadi.

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga qaraganda, 2011-yil oxiriga kelib, dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar soni 235 tani tashkil qildi. Intellektual mulk agentligi tomonidan o‘tgan yilda 299 ta dasturiy ta’minot mahsulotlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, joylardagi davlat hokimiyati organlaridan 118 tasi himoyalangan E-Xat elektron pochtasi va E-Hujjat hujjatlar uchun elektron baza tizimlariga ulangan.

Majlisda aloqa va axborotlashtirish sohasida joriy yildagi asosiy vazifalar ham batafsil muhokama etildi.

Категория: QIZIQARLI MA'LUMOTLAR | Просмотров: 1025 | Добавил: Admin | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Yanvar 2012  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика