Dushanba, 20.05.2024, 00:05:04
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Saytda ko'proq nima bo'lishini xoxlaysiz
Статистика

Xozir saytda 2
Mehmonlar 2
A'zolar 0

18:48:37
Interaktiv xizmat – qulay va tejamkor

Surxondaryo viloyati tijorat banklarida joriy etilayotgan interaktiv xizmatlar ixcham, qulay va tejamkorligi bilan mijozlarga manzur bo‘lmoqda.


Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bugungi davrda kompyuter, internet va boshqa zamonaviy aloqa vositalari olis, chekka qishloqlarda ham kundalik turmush tarzimizning ajralmas qismiga aylanib borayotir. Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil 21-martda qabul qilingan "Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi yildan-yilga oshib, kompyuter texnikasi va elektron hujjat aylanish tizimi rivojlanayotir. Barcha sohalarda zamonaviy kommunikatsiya texnologiyasi qulay va tezkor ma’lumot almashish va xizmat ko‘rsatish vositasiga aylanmoqda. Buni Surxondaryo viloyati tijorat banklarida yo‘lga qo‘yilayotgan interaktiv xizmatlar misolida ham ko‘rish mumkin.

Masofadan bank xizmati ko‘rsatuvchi yangi tizimlarni izchil joriy eta boshlagan "Kapitalbank” aksiyadorlik tijorat banki viloyat filiali savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari hamda boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga bir yuz yetmishdan ortiq terminal o‘rnatgan. Bankning korxona, tashkilot va muassasalardagi 25 infokioskasi aholiga zamonaviy xizmat turlarini taqdim etib, qo‘shimcha daromad olmoqda. Mazkur infokioskalar oylik ish haqini tijorat bankiga bormasdan plastik kartochkaga yuklab oladigan, naqd pul va plastik kartochkalar orqali kommunal xizmatlar, internet, mobil va shahar telefonlari uchun to‘lovlarni tez va ishonchli amalga oshiradigan qulay muomala vositasi sifatida mijozlar ishonchini oqlayotir. Besh ming olti yuzga yaqin mijoz "Kapitalbank”ning qulay va ishonchli plastik kartochkalari orqali naqd pulsiz hisob-kitob ishlarini amalga oshirmoqda. "Internet banking va bank-mijoz” xizmatidan o‘ttizdan ortiq, "SMS-banking va mobil banking” xizmat turidan bir yuz ellikka yaqin mijoz foydalanmoqda.

Boshqarmamiz – "Kapitalbank” aksiyadorlik tijorat banki viloyat filialining mijozi, – deydi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Ilhom Yormatov. – Mazkur moliya muassasasidagi "SMS-banking va mobil banking” elektron xizmatidan samarali foydalanib, pul mablag‘imiz xususida har kuni aniq ma’lumotga ega bo‘layapmiz, ish vaqtimizni tejayapmiz. Har kuni tijorat banki hisob raqamimizdagi mavjud pul mablag‘i va uning aylanishi haqida mobil telefonimizga uch marta ma’lumot taqdim etadi. Yaqin kunlarda "Internet banking va bank-mijoz” xizmatidan foydalanib, pul mablag‘larimizni masofadan turib o‘tkazishni yo‘lga qo‘ymoqchimiz.

Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatda mamlakatimizdagi 14 tijorat bankining filiallari va joylarda 70 minibanklari xizmat ko‘rsatmoqda. Moliya muassasalari o‘rtasida yagona axborot almashish tizimi joriy etilib, banklararo mustahkam aloqa o‘rnatilgani mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Interaktiv xizmatlar ko‘rsatish turini takomillashtirmoqda. Ayni paytda vohada 11 tijorat bankining oltmishdan ortiq infokioskasi, o‘n to‘rt tijorat bankining olti mingga yaqin terminali, shuningdek, tijorat banklari bankomatlari aholiga sifatli xizmat ko‘rsatayotir. Moliya muassasalari tomonidan 568 mingga yaqin plastik kartochka muomalaga chiqarilgan.

Tijorat banklarida joriy etilayotgan "SMS-banking va mobil banking” xizmat turi mijozning pul mablag‘lari xususida ishonchli malumot taqdim etadigan elektron dastyor sifatida ommaviylashib borayotgan bo‘lsa, "Internet banking va bank-mijoz” xizmati tijorat bankiga kelmasdan pul mablag‘larini to‘lov topshiriqnomasi orqali tegishli xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga o‘tkazishda qator qulayliklar yaratayotir. Mijozning pul mablag‘lari to‘g‘risida masofadan aniq ma’lumotlarni yetkazib turadigan "SMS-banking va mobil banking” xizmat turidan qisqa vaqtda viloyatdagi ikki mingga yaqin, to‘lov topshiriqnomasi orqali masofadan pul o‘tkazuvchi "Internet banking va bank-mijoz” xizmatidan mingga yaqin xo‘jalik yurituvchi sub’ekt foydalanishni yo‘lga qo‘ydi. Jumladan, "Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki viloyat filialida 784, "Asaka” davlat aksiyadorlik tijorat banki viloyat filialida 326, "Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki viloyat filialida 296 mijoz "SMS-banking va mobil banking” elektron xizmatiga ulangan. "Hamkor” aksiyadorlik tijorat banki viloyat filialida 200, "Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki viloyat filialida 168, ochiq aksiyadorlik tijorat "Aloqabank” viloyat filialida 90 mijoz "Internet banking va bank-mijoz” xizmati orqali to‘lov topshiriqnomalarini masofadan turib o‘tkazayotir.

"Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki viloyat filiali ham mijozlarga zamonaviy interaktiv xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ymoqda.
– Bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish uchun "Internet banking va bank-mijoz”, "SMS-banking va mobil banking” kabi interaktiv xizmat turlarining afzalliklarini mijozlarga keng targ‘ib qilayapmiz, – deydi "Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki viloyat filiali bo‘lim boshlig‘i Juma Eshqorayev. – Buning natijasida ushbu xizmat turlaridan foydalanuvchilar safi kengayib borayotir. Har ikkala xizmat turi ham mijozlar vaqtini, mablag‘ini tejash, ularning moliya muassasasiga ishonchini yanada mustahkamlash va zamonaviy xizmat turlaridan unumli foydalanishga qaratilgandir.

Qulay, ixcham va tejamkor interaktiv xizmat turlarini joriy etayotgan tijorat bankining o‘nga yaqin mijozi qisqa vaqtda "SMS-banking va mobil banking” xizmat turiga ulandi. Yigirmadan ortiq xo‘jalik yurituvchi sub’ekt "Internet banking va bank-mijoz” xizmatidan bahramand bo‘lmoqda.

– "Turonbank”ning "SMS-banking va mobil banking” xizmat turiga ulanib, bir qator qulayliklarga ega bo‘ldik. – deydi Sariosiyo tumanidagi "To‘palang suv GES qurilishi” mas’uliyati cheklangan jamiyati hisobchisi Mirzaanvar Sharipov. – Xususan, avvallari har bir to‘lov topshiriqnomasini tijorat bankiga borib, tegishli joylarga o‘tkazgan bo‘lsak, endilikda bu ishni idorada turib tez va sifatli amalga oshirayapmiz. Natijada uzoq masofadagi yo‘lni bosib o‘tish xarajatlari va vaqtimiz tejalmoqda.

Ha, moliya muassasalarida tezkor, qulay va tejamli axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga qaratilayotgan doimiy e’tibor banklar mijozlari uchun qulay shart-sharoit yaratib, ish sifati va samaradorligini oshirishga, mijoz bilan banklar o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga, eng muhimi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirib, aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Категория: QIZIQARLI MA'LUMOTLAR | Просмотров: 752 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  May 2013  »
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика