Yakshanba, 19.05.2024, 19:41:56
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Qaysi operatordan foydalanasiz
Статистика

Xozir saytda 9
Mehmonlar 9
A'zolar 0

16:55:16
Hozir internetda 22ta yuqori darajali domen mavjud
Hozir internetda 22ta yuqori darajali domen mavjud bo‘lib, yaqin orada ularning soni keskin oshishi kutilyapti. Gap shundaki, internetdagi domen nomlari va raqamli manzillar boshqaruvchisi – ICANN internet-korporatsiyasi (Internet Corporation for Assigned Names and Numbers) yuqori darajali yangi domen nomlarini ro‘yxatga olishni ko‘zda tutuvchi dasturni tasdiqladi. Endi istagan kompaniya, tashkilot yoki masalan, shahar o‘z domeniga ega bo‘lishi mumkin. Bu odatdagi .com, .us domenlari yoniga oxiri .apple, .sony, .london kabi so‘zlar bilan tugagan internet-manzillar qo‘shilishini anglatadi. Darvoqe, jismoniy shaxslar o‘z domenlarini ochishi mumkin emas.

Ushbu yangi qoidalar ICANNning joriy yil 20 iyun kuni Singapurda tashkillashtirilgan anjumanida tasdiqlandi. Shu o‘rinda yangi domenlar (gTld)ni ishga tushirish jarayoni ICANN uchun naq olti yilga cho‘zilganini aytib o‘tish o‘rinli.

Domenlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha arizalar qabul qilish 2012 yilning 12 yanvaridan boshlanib, uch oy davom etadi. Ma'lum qilinishicha, bitta ariza badal puli 185 ming AQSh dollarini tashkil etadi va qaytarib berilmaydi. Domenni ishga tushirish bundan-da qimmatroqqa tushishi aniq. Shunga qaramasdan, domenlar boshqaruvchisi 2013 yilga borib yuzlab yangi domenlar paydo bo‘lishiga umid qilmoqda.

Mutaxassislar bu domenlar ko‘proq yirik kompaniyalar va savdo tashkilotlarini qiziqtirishi haqida gapirishyapti.

Категория: DUNYO HABARLARI | Просмотров: 785 | Добавил: Admin | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2011  »
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика