Yakshanba, 19.05.2024, 22:57:04
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Zamonaviy estrada xit paradi
Статистика

Xozir saytda 5
Mehmonlar 5
A'zolar 0

21:21:27
Google endi o‘zining “Knol” ensiklopediyasini yopmoqda

Google o‘zining servislarini yopishda davom etyapti. Bu safar asosiy yopilayotgan servis — "Google Knol”, onlayn ensiklopediya servisi. Vikipediya raqobatchisi sifatida 2008-yilda ishga tushirilgan "Knol” o‘zida faqat mualliflik maqolalarini saqlash va mualliflar maqolalarida ko‘rsatiladigan reklamalardan foyda olish imkoniyatini berar edi.

"Knol”dagi har bir maqola bitta muallif tomonidan yozilishi mumkin edi, odatda, maqolada gap ketadigan sohaning mutaxassisi tomonidan. Boshqa foydalanuvchilar faqat muallif ruxsati bilangina uni tahrirlay oladi. Vikipediyadan farqli ravishda, "Knol”dagi maqolalarda Google kompaniyasining "AdSense” reklama servisi orqali reklamalar ko‘rsatilishi va undan foyda olishlari mumkin edi.

Servis 2012-yil may oyigacha to‘liq rejimda ishlaydi. Keyingi 5 oy davomida foydalanuvchilar maqolalarni o‘qiy olishmaydi, lekin mualliflar uchun maqolalarning nusxasini saqlab olish imkoniyati beriladi. 2012-yil 1-oktabrda esa, servis to‘liq yopiladi.

Boshqa yopilayotgan servis/imkoniyatlar:

Google Bookmarks Lists — "Google Bookmarks” servisida turli ro‘yxatlar yaratish. Ushbu ro‘yxatlarni ochiq yoki yopiq qilish, bir necha kishi yuritishi kabi imkoniyatlar berardi.

Google Friend Connect — saytlarga turli ijtimoiy imkoniyatlar qo‘shish. 2012-yil 1-martda yopiladi. Google kompaniyasining rasmiy blogida, Google+ ijtimoiy tarmog‘ida sahifa ochish va tarmoqning vidjetlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Google Gears — shu yilning 1-dekabridan to‘xtatiladi. Servislarning offlayn ishlashiga yordam beradigan brauzer uchun kengaytma edi.

Google Search Timeline — qidiruv natijalarining soni turli yillar davomida qanday o‘zgarganini ko‘rish va filtrlash imkoniyatini berardi.

Google Wave — kommunikatsiya uchun universal servis vazifasini o‘tashi lozim bo‘lgan servis (pochta, chat, forum, viki va hokazolarni birlashtira oladigan).  2012-yil 31-yanvardan faqat o‘qish rejimiga o‘tadi (yangi kontent yaratib bo‘lmaydi), 30-apreldan esa to‘liq yopiladi.

Категория: DUNYO HABARLARI | Просмотров: 791 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Теги: endi, Google, yopmoqda, ensiklopediyasini, Knol, o‘zining | Рейтинг: 4.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика