Dushanba, 20.05.2024, 00:43:34
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Qaysi operatordan foydalanasiz
Статистика

Xozir saytda 8
Mehmonlar 8
A'zolar 0

19:22:11
Google asoschilaridan biri Sergey Brin Vikipediyaga 500 ming dollar xayriya qildi


Google internet-korporatsiyasining asoschilaridan biri Sergey Brin hamda uning turmush o‘rtog‘i "Wikipedia” (Vikipediya) loyihasi va unga bog‘liq portallarni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanuvchi "Wikimedia Foundation” jamg‘armasiga 500 ming dollar xayriya qilishdi.

Shu hafta boshida "Wikimedia Foundation” jamg‘armasi internetdagi bepul ensiklopediyani rivojlantirish uchun mablag‘ yig‘ishga qaratilgan har yillik aksiyani boshlagan edi. Shu kunlarda Vikipediya saytiga tashrif buyurgan har bir foydalanuvchiga ushbu bepul ensiklopediyaning asoschisi Jimmi Uelsning (Jimmy Wales) murojaati taqdim qilinmoqda. Jimmi Uels o‘z chaqirig‘ida odamlarni loyihaga xayriya qilishga chorlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Google kompaniyasi 2010-yilda "Wikimedia Foundation” jamg‘armasiga 2 million dollar xayriya qilgan edi.

Sergey Brin o‘zi qilgan xayriya haqida mulohaza bildirar ekan, u Vikipediyani internetning eng buyuk yutuqlaridan biri deya nomladi.

Bundan tashqari, Google avvalroq jamg‘armaga Vikipediya saytidagi maqolalarni arab, hind va boshqa tillarga tarjima qilish uchun o‘zining qurilmalarini ham taqdim qilgan edi.

Ma’lumot o‘rnida:

"Wikimedia Foundation” – notijorat tashkilot, u asosan xayriya mablag‘lari evaziga faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Jamg‘arma tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning ko‘pchiligi reklamadan holi bo‘lib, ular foyda olishga qaratilmagan. Vikipediya saytidagi kontentni yaratishda foydalanuvchilarning o‘zi ishtirok etadi. Jamg‘armaning xodimlari esa loyihalarni texnik ta’minotiga, jumladan server, dasturiy ta’minot va boshqalar uchun javob beradi.

Категория: DUNYO HABARLARI | Просмотров: 869 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Теги: xayriya, Sergey, Google, ming, asoschilaridan, Brin, Dollar, biri, Vikipediyaga, 500 | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 1
Admin Спам
20
11.2011
xa......... surprised
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика