Yakshanba, 19.05.2024, 21:21:08
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Zamonaviy estrada xit paradi
Статистика

Xozir saytda 9
Mehmonlar 9
A'zolar 0

20:37:28
Futbol bo‘yicha Jahon chempionati O‘zbekistonda o‘tkazilmaydi

FIFA kelasi yili O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan 20 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi Jahon chempionatini boshqa davlatga berish haqida qaror qabul qildi.

FIFA Ijroiya qo‘mitasi 16-17-dekabr kunlari Tokioda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi vaqtida, moddiy-texnik muammolar sabab kelasi yili O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan 20 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi Jahon chempionatini boshqa davlatga berish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.

"Nima bo‘lganda ham, FIFA O‘zbekiston futbol federatsiyasiga (O‘FF) uning e’tiborga loyiq sa‘yi-harakatlari hamda ishga mas’uliyat bilan yondashgani uchun samimiy minnatdorchilik bildiradi”, – deyiladi tashkilot xabarida.

FIFA Ijroqo‘mi, kelajakda bunga imkoniyat paydo bo‘lishi bilan, O‘FFga boshqa bir FIFA musobaqasini (erkaklar o‘rtasida bo‘lishi ham mumkin) taqdim etishi yoki futbolni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash orqali O‘zbekistonda o‘tkazilmagan Jahon chempionati o‘rnini to‘ldirish haqida qaror qabul qilgan.

20 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi 2012-yilgi Jahon chempionatining yangi mezboni sifatida Yaponiya ko‘rsatilgan. Yaponiya hukumati musobaqani o‘tkazish kafolatini berishi bilan FIFA bu haqdagi qarorni rasman imzolaydi.

Категория: SPORT YANGILIKLARI | Просмотров: 945 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2011  »
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика