Yakshanba, 19.05.2024, 20:58:26
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Qaysi operatordan foydalanasiz
Статистика

Xozir saytda 6
Mehmonlar 6
A'zolar 0

19:02:43
Fransiyada axborot texnologiyalari kompaniyalaridan biri emaildan foydalanishni taqiqlamoqchi


Yevropaning eng yirik axborot texnologiyalari kompaniyalaridan biri, emailni vaqtni oluvchi va eskirgan aloqa vositasi deb hisoblab, o‘z xodimlari o‘rtasida elektron xat yozishni taqiqlamoqchi. Bu haqda "The Daily Telegraph” xabar bermoqda.

"Atos” kompaniyasi rahbari, Fransiyaning sobiq moliya vaziri hisoblangan Tierri Breton (Thierry Breton) keyingi 18 oy davomida o‘z kompaniyasida emailga qarshi siyosat o‘tkazmoqchi. Bu qarorini Breton xodimlar olayotgan 200 ta xatdan faqat 20 tasi foydali bo‘lib chiqishi bilan izohlamoqda. Email o‘rniga u interfeysi Feysbuknikiga (Facebook) o‘xshagan tezkor xabar almashish xizmatlaridan foydalanishni maslahat bermoqda. Bretonning aytishicha, xodimlar 5-20 soatgacha vaqtlarini elektron xatlarga sarflashmoqda.

"Ba’zi xodimlarimiz kechalari bir necha soatlab vaqtlarini elektron xatlarni saralashga sarflashlari normal holat emas. Email ortiq munosib aloqa vositasi bo‘lmay qoldi. Axborot toshqini kelajakda kompaniyamiz to‘qnash kelishi mumkin bo‘lgan eng asosiy muammolardan biri. Hozirdan boshqacharoq o‘ylash kerak”, – dedi Breton.

Elektron pochta bilan ishlash ko‘p vaqtni olishini bir qator tadqiqotchilarning ma’lumotlari ham tasdiqlaydi. 2002-yili Lafboro universiteti (Loughborough University) xodimlari keltirgan hisobotda ish joyida elektron pochtadan foydalanishning o‘ziga xosliklari to‘g‘risida ma’lumot berilgan bo‘lib, unga ko‘ra, xodim elektron pochtani o‘qib bo‘lganidan so‘ng fikrlarini jamlab olib yana ishga kirishishi uchun 64 soniya kerak bo‘lar ekan. "Yaxshi nazorat qilib bo‘lmasligi bilan email buzg‘unchi qurolga aylanishi mumkin”, deya ogohlantirmoqda msye Breton.

Puatye universiteti (Poitiers University)ning axborot va kommunikatsiyalar professori Nikola Moinetning so‘zlariga ko‘ra, email haqiqatan ham "dolzarb muammo” hisoblanadi. "Biz bugun shunday ahmoqona vaziyatlarga duch kelmoqdamizki, unda xodimlar avval uchrashuvga borishadi, email jo‘natishda davom etishadi va shundan keyin o‘z hamkasblaridan uchrashuv vaqtida aytgan so‘zlarini email orqali yozib yuborishni so‘rashadi”, dedi Moinet "20 Minutes” internet nashriga bergan intervyusida.

Silicon.fr sayti ma’lumotlariga ko‘ra, yosh avlod emailni inkor etib bo‘lgan. 11 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lganlarning bor-yo‘g‘i 11 foizigina emaildan foydalanadi. Bugun yoshlar orasida email va qidiruvdan ko‘ra onlayn ijtimoiy tarmoqlar ko‘proq ommalashgan.

"Kompaniyalar yangi odat va qoidalarga tayyor turishlari kerak”, degan Tierri Breton o‘z xodimlari Feysbuk yoki Tvitter kabi ijtimoiy tarmoq saytlaridagi o‘xshash chatsifat birlashtiruvchi xizmatlardan foydalanishlarini xohlamoqda. Janob Bretonning tan olishicha, u yangicha uslubga ko‘nikib ulgurgan. "Agar odamlar men bilan gaplashmoqchi bo‘lishsa, ular mening oldimga kelishlari, telefon qilishlari yoki xabar jo‘natishlari mumkin”, – dedi 56 yoshli rahbar. "Email og‘zaki aytilgan so‘z o‘rnini bosa olmaydi”, – deya qo‘shimcha qildi Breton.

Shunga qaramay, ekspertlarning fikricha, email yaqin orada yo‘q bo‘lib ketmaydi, chunki u chatdan farqli vazifani bajarmoqda. "Odamlar elektron pochta faks yoki qog‘ozdagi xatning o‘rnini egallaydi, deb o‘ylashgandi. Hayotda esa ular bir-birini to‘ldiruvchi sifatida gavdalanmoqda”, dedi professor Jeraldina de La Rupell (Geraldine de La Rupelle).

So‘nggi so‘z o‘rnida shuni qayd etish mumkinki, "Canon”ga o‘xshagan ba’zi kompaniyalar "emailsiz kunlar” kabi har turli tadbirlarni o‘tkazishmoqda. "Bunday tadbirlar ko‘pincha muvaffaqiyatsizlikka uchraydi… chunki bu narsa xatning jo‘natilishi yoki qabul qilinishini bor-yo‘g‘i keyinroqqa qoldiradi, xolos”, dedi La Rupell xonim.

Ma’lumot o‘rnida, "The Daily Telegraph” saytida o‘tkazilgan "Email o‘z kunini yashab bo‘ldimi?” nomli so‘rovnomada (http://www.telegraph.co.uk/technology/news/8921033/Staff-to-be-banned-from-sending-emails.html) ishtirok etganlarning 45,18 foizi (1186 ta ovoz) "Yo‘q, email hech qachon yo‘q bo‘lmaydi” deb hisoblasa, 5,68 foizi (149 ta ovoz) "Ha, tezkor xabar almashish qulayroq” degan javobni tanlagan. Foydalanuvchilarning 12,99 foizining (341 ta ovoz) fikricha emailning davri tugagan, ammo messenjerlar uning o‘rnini bosa olmaydi. 30,93 foiz foydalanuvchi (812 ta ovoz) odamlar bir vaqtning o‘zida ham emaildan, ham messenjerlardan foydalanishiga ishonadi. 5,22 foiz foydalanuvchi (137 ta ovoz) esa xat yozishni hech qachon to‘xtatmas ekan.

 

Категория: QIZIQARLI MA'LUMOTLAR | Просмотров: 754 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Теги: texnologiyalari, emaildan, biri, foydalanishni, taqiqlamoqchi, axborot, Fransiyada, kompaniyalaridan | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2011  »
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика