Yakshanba, 19.05.2024, 22:56:59
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Saytda ko'proq nima bo'lishini xoxlaysiz
Статистика

Xozir saytda 5
Mehmonlar 5
A'zolar 0

11:34:38
Ezgulik va shukronalik ayyomi

Mustaqillik sharofati bilan vijdon erkinligi tamoyillari asosida diniy marosimlarni emin-erkin ado etish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Prezidentimiz Islom Karimovning joriy yil 31-oktyabrda qabul qilingan "Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi qarorida bu bayram xalqimizga xos mehr-muruvvat, xayr-saxovat, insoniylik fazilatlarini o‘zida mujassam etgan ezgulik ayyomi ekani alohida ta’kidlangan.

Bayramlarni xonadonlar, ko‘cha-ko‘y va mahallalarni saranjom-sarishta va ozoda saqlab, aziz qadamjolar, masjidlar va qabristonlarni obod etgan holda kutib olish xalqimizga xos odatlardandir. Ayni vaqtda yurtimizda bayram shukuhi hukmron, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Qurbon hayiti xalqimizning asriy qadriyatlari asosida o‘tishida "Mahalla”, "Nuroniy” jamg‘armalari, "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faollari ham o‘z hissasini qo‘shmoqda.

– Qurbon hayiti muhtojlarga xayr-saxovat ko‘rsatish, kishilar o‘rtasidagi mehr-oqibatni yanada mustahkamlashi bilan ham qadrlidir, – deydi O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy” jamg‘armasi markaziy kengashi raisi Erkin Boqiboyev. – Shu bois bayram munosabati bilan alohida tadbirlar rejasini amalga oshirmoqdamiz. Jamg‘armamiz tuman va shahar bo‘limlari vakillari yolg‘iz keksalar, yordamga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar va nogironlardan ko‘ngil so‘rash bilan birga, ularga bayram sovg‘alarini topshirmoqda. Arafa kunlarida 2477 nafar qariyaning holidan xabar olinib, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi.

Ulug‘ ayyom kunlarida o‘tganlarni xotirlash azali urf-odalarimizdan. Hayit munosabati bilan qabristonlar, muqaddas qadamjolar yana bir bor tartibga keltirildi. Mahallalar faollari, mutasaddi korxona va tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda joylardagi masjidlarning isitish tizimi va yong‘in xavfsizligi holati tekshirilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi. Yo‘llar yoqasidagi manzarali daraxtlarga shakl berilib, oqlandi. Ariq va zovurlar tozalandi.

Bularning barchasi yurtdoshlarimiz o‘rtasida mehr-muruvvat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, himmat va saxovat kabi azaliy an’analarimiz bardavomligini ta’minlashga xizmat qiladi

uza.uz

Категория: MULOHAZA | Просмотров: 728 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Теги: Ezgulik, va, ayyomi, shukronalik | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика