Dushanba, 20.05.2024, 00:43:39
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Saytga baho bering
Статистика

Xozir saytda 8
Mehmonlar 8
A'zolar 0

13:00:35
Dunyodagi eng nufuzli 400 ta universitet, The Times – 2011

Britaniyaning "Times Higher Education” jurnali "Thomson Reuters” agentligi bilan hamkorlikda ikki yildan beri dunyodagi eng nufuzli universitetlar reytingini e’lon qilib kelmoqda. Bu yilgi "Times Higher Education World University Rankings 2011-2012” natijalariga ko‘ra, Garvard jahonning eng yaxshi oliy ta’lim muassasi maqomidan tushdi. Reytingda yetakchilikni, Garvard universitetini ikkinchi o‘ringa tushirgani holda, Kaliforniya texnologiya universiteti o‘z qo‘liga oldi.

O’tgan yilgi reytingga jami 200 ta universitet kiritilgan bo’lsa, bu yilgi reytingga esa jahonning eng yaxshi 400 ta universiteti kiritilgan. Reytingda uchinchi o‘rinni Stenford, to‘rtinchi o‘rinni Oksford egallab turibdi, kuchli beshlikni esa Prinston universiteti yakunlagan. Umuman, birinchi yuztalikda Amerika universitetlari soni 75 ta bo‘lib, bu har qaysi mamlakatnikidan ham ko‘p. Universitetlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rin 32 ta muassasasi bilan Buyuk Britaniyaga nasib etgan.

MDH mamlakatlari orasida ushbu reytingdan faqat Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Kanzas, Kentukki universtitetlari, shuningdek, Islandiya davlat universiteti bilan birgalikda uchinchi yuzlikning so‘nggi choragidan o‘rin olgan. Osiyo mamlakatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkichni Tokio (30-o‘rin, Yaponiya), Gongkong (34), Singapur milliy (40), Pekin (49, Xitoy) va Kioto (52, Yaponiya) universitetlari qayd etgan.

Ushbu reytingga tadqiqotlari sohalari haddan tashqari o‘ziga xos bo‘lgan, shuningdek, haddan tashqari kam ilmiy ishlarni e’lon qiladigan oliy ta’lim muassasalari kira olmaydi. Reyting har biri yakuniy bahoni chiqarishda o‘z hissasini qo‘shadigan quyidagi 13 ko‘rsatkichlar asosida tuziladi:

- Universitetning tadqiqot faoliyati uchun pul tikkan va ularning loyihasi uchun ishlayotgan universitet ishchisining oyligi miqdori (yakuniy bahodagi ulushi 2,5 foiz)

- Universitetdagi xorijiy xodimlar sonining mahalliy xodimlarga nisbati (ulushi 3 foiz)

- Universitetdagi xorijiy talabalar sonining mahalliy talabalar soniga nisbati (ulushi 2 foiz)

- "Thomson Reuters” tomonidan 13 388 talaba orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga asosan universitetning umumiy nufuzi (ilmiy faoliyati va ta’lim sifati) (ulushi 15 foiz)

- Xodimlar sonining talabalar soniga nisbati (ulushi 4,5 foiz)

- Himoya qilingan dissertatsiyalarning (Ph.D) magistr darajasi uchun harakat qilayotgan bakalavrlar soniga nisbati (ulushi 2,25 foiz)

- Himoya qilingan dissertatsiyalar (Ph.D) sonining xodimlar soniga nisbati (6 foiz)

- Xodimning o‘rtacha maoshi (2,25 foiz)

- Tadqiqotlarning turli sohalari bo‘yicha nisbatan barqarorlashtirilgan ishlardan iqtibos keltirish darajasi. Bu so‘nggi 5 yillik muddatda chop etilgan 12 ming jurnal ma’lumotlarni tahlil qilish asnosida tayyorlanadi (ulushi 32,5 foiz)

- Olimlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasida ma’lum sohalar bo‘yicha ilmiy nufuz (ulushi 19,5 foiz)

- Tadqiqotlar uchun bir xodimga ajratiladigan mablag‘ miqdori. Bu miqdor ma’lum davlatning iqtisodiyoti asosida tuzilgan xarid salohiyati asosida tartibga solinadi (5,25 foiz)

- Universitetning bir xodimiga nisbatan e’lon qilingan ilmiy ishlar miqdori. Yuqorida eslab o‘tilgan jurnallardagi ma’lumotlarga asoslaniladi (ulushi 4,5 foiz)

- Universitetning butun tadqiqot budjetiga davlat pullarining nisbati (ulushi 0,75 foiz).

Quyidagi jadvalda ushbu reytingning dastlabki 20 o‘rnini band qilgan eng nufuzli universitetlar ro‘yxati berilgan.

Dunyodagi eng nufuzli 400 ta universitet, The Times – 2011

Izoh: * – ma’lumot sir saqlanadi

Ushbu reytingning to‘liq variantini saqlab qoling:

1. Dunyodagi eng nufuzli 400 ta universitet, The Times – 2011 (PDF, 1 MB)

2. Dunyodagi eng nufuzli 400 ta universitet, The Times – 2010 (PDF, 630 KB)

Категория: QIZIQARLI MA'LUMOTLAR | Просмотров: 1054 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Теги: the, Dunyodagi, 400, nufuzli, ENG, universitet, 2011, Ta, times | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика