Yakshanba, 19.05.2024, 18:38:18
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Saytga baho bering
Статистика

Xozir saytda 19
Mehmonlar 19
A'zolar 0

14:17:06
DTM kvota soni 48 nafarga kamayib qolishi sabab aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2012-yilning 7-may kuni qabul qilgan Qaroriga ko‘ra, 2012/2013-o‘quv yili uchun 56 ming 607 nafar bakalavr qabul qilish ko‘rsatilgandi. Davlat test markazi rasmiy saytidagi maxsus statistika sahifasida esa kvota 56 ming 559 nafar, ya’ni, Prezident qaroridagidan 48 nafarga kamroq ko‘rsatilgan edi.

"Kun.uz”ning aniqlashicha, bunga Prezident tomonidan keyinroq, 2012-yilning 4-iyun kuni qabul qilingan "O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qaror, shuningdek, DTM sayti jadvalida bakalavrlar bilan maxsus sirtqi bo‘lim kvotalari qo‘shib yuborilgani sabab bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 7-may kuni qabul qilingan Qarorning 1-ilovasiga muvofiq, 2012/2013-yilgi o‘quv yilida Toshkent Davlat madaniyat instituti 225 nafar, O‘zbekiston Davlat san’at instituti esa 200 nafar – har ikkala institut jami 425 nafar bakalavr talaba qabul qilishi kerak bo‘lgan. Shuningdek, 7-maydagi Qaror ilovasida 35 nafar abituriyent Toshkent davlat san’at institutining Nukus filiali talabasiga aylanishi belgilangan. Biroq, 4-iyun kuni qabul qilingan yangi OTM tashkil etish borasidagi Qaror sabab, bu ikki institut faoliyati tugatilgan, Nukus filialining kvotasi esa qayta ko‘rib chiqilib, 10taga kamaytirilgan.

4-iyun kuni qabul qilingan Qarorda yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti 2012/2013-o‘quv yili uchun bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha 297 nafar talaba qabul qilish belgilab qo‘yilgan. Ya’ni, bu avvalgi ikki institut va bir filialga kirishi mumkin bo‘lgan 460 nafar talabadan 163 nafarga kamroq, degani.

Shu sabab, bakalavrlar uchun belgilangan umumiy 56 ming 607 nafarlik kvota 56 ming 444 nafargacha kamaygan. DTM saytidagi maxsus jadvalda Prezidentning 7-maydagi Qarorida 3-ilova bilan tasdiqlangan, Toshkent Kimyo-texnologiya instituti Qo‘ng‘irot bo‘limida maxsus sirtqi bo‘limida tahsil oladigan 60 nafar va Toshkent Axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bo‘limida o‘qiydigan 50 nafar talaba ham qo‘shilgan va natijada kvota 56 ming 559 nafar ko‘rinishini olgan.

Qiziq tomoni, kvota soni Prezident qaroridan farqli ravishda 48 nafarga kamayib qolishi, shuningdek, Prezidentning 4-iyundagi Qaroriga asosan ikki institut tugatilib, bitta yangi oliy ta’lim muassasasi tashkil etilgani munosabati bilan kvotada o‘zgarish bo‘lgani haqida DTM saytida hech qanday ma’lumot berilmagan. Idora saytining "Abituriyentlar uchun” sahifasida "bakalavr ta’lim yo‘nalishi uchun 56 ming 607 nafar talaba qabuli belgilangani” yozib qo‘yilgan.

Oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish jarayoni 20-iyul kuni yakuniga yetdi. DTM sayti ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil rekord darajada – 432 ming nafardan ko‘proq abituriyent o‘qishga hujjat topshirdi. Barcha oliy ta’lim muassasalarida kirish test imtihonlari 1-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Unda abituriyentlar uchta fandan har bir savoliga to‘rttadan javob variant bo‘lgan jami 108ta savolga javob berishlari kerak bo‘ladi.

Категория: QIZIQARLI MA'LUMOTLAR | Просмотров: 1466 | Добавил: bekki | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Iyul 2012  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика