Yakshanba, 19.05.2024, 15:10:04
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Qaysi operatordan foydalanasiz
Статистика

Xozir saytda 9
Mehmonlar 9
A'zolar 0

14:51:05
Dmitriy Fisenko – "Bilayn"ning korporativ savdosini rivojlantirish bo'yicha yangi direktori

Eng yirik aloqa operatori "Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Dmitriy Fisenko korporativ savdoni rivojlantirish bo‘yicha direktor lavozimiga tayinlanganligini  e’lon qiladi. U bu lavozimda ilgari ishlagan, O‘zbekistondagi faoliyatini 2013 yil 24 may kuni tugatgan Sergey Fomenkoning o‘rniga tayinlandi.

"Ham O‘zbekistondagi  koporativ bozorning rivojlanish salohiyati, ham Beeline Business jamoasining yuqori darajasi menda katta taassurot shakllantirdi. Bugun oldimizga ilg‘or, shu jumladan M2M-texnologiyalar borasidagi xizmatlarni ham joriy qilish bo‘yicha jiddiy maqsadlar qo‘yilgan, Biznes-mijozlarimizga takliflarimiz bor va imkon qadar tez orada yangi loyihalarni taqdim etamiz”, – dedi Dmitriy Fisenko.


"Beeline Business O‘zbekistonda ko‘pchilik korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatib keladi, ularning orasida milliy iqtisodiyotga tegishli yetakchi korxonalar ham oz emas, – tayinlovni  sharhlaydi Unitelning tijorat direktori Dmitriy Grigorev. – Kompaniyamizni tanlar ekan, tadbirkorlar o‘z biznes jarayonlarining katta qismini bizga ishonishadi va bizning majburiyatimiz ularga innovatsion yechimlar va sifatli biznesni taklif qilgan holda ushbu ishonchni oqlashdan iborat. Ishonman-ki "Bilayn”ning B2B-segmentdagi yetakchilik holatini mustahkamlashga yordam beradi”.

Dmitriy Fisenko 1977 yilda Xarkov viloyatida (Ukraina) tavallud topgan. 2001 yilda Ural davlat pedagogik universitetining fizika fakultetini tamomlagan. 2008-2009 yillarda u Ural davlat texnik universitetida "Iqtisodiyot va korxona boshqaruvi” dasturi bo‘yicha o‘qishni davom ettirgan”.

Dmitriyning mehnat faoliyatining ibtidosi konsalting sohasida boshlangan – 2001 yildan u yirik korxonalar uchun dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish hamda joriy qilishga ixtisoslashgan kompaniyalarda ishlagan.

2003 yil iyunda u "SSS Sovintel” MCHJga (Golden Telecom SB, keyinchalik esa – "Bilayn” SB) ishga o‘tib, u yerda 7 yil davomida savdo bo‘yicha mutaxassis lavozimidan boshlab, to Ural hududi bo‘yicha agentlar hamda tijorat ko‘chmas mulklar bilan ishlash bo‘yicha katta menejer lavozimigacha ko‘tarilgan.

2010 yil iyuldan 2013 yil avgustga qadar Dmitriy "VimpelKom” Perm filialida korporativ biznes direktori lavozimida ishlagan.

Ishdan bo‘sh paytlarida baliq ovi ham suratga olish ishlari bilan mashg‘ul. Oilali, bitta o‘g‘li bor.


Категория: OPERATOR YANGILIKLARI | Просмотров: 904 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Sentyabr 2013  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика