Yakshanba, 19.05.2024, 20:58:41
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Saytda ko'proq nima bo'lishini xoxlaysiz
Статистика

Xozir saytda 6
Mehmonlar 6
A'zolar 0

16:26:48
Bolalar xavfli axborotlardan himoya qilinadi

Bolalar xavfli axborotlardan himoya qilinadi

"Milliy tiklanish” demokratik partiyasining parlamentdagi fraksiyasi deputatlari "Voyaga yetmaganlarning axborot xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini tayyorlamoqda.

Voyaga yetmaganlarni xavfli axborotlardan himoya qilishga yo‘naltirilgan ushbu hujjat yoshlarga salbiy ta’sir etadigan axborotlarni qonuniy jihatdan tartibga solish bo‘yicha zamonaviy chet el amaliyotidan kelib chiqib tayyorlanmoqda.

23-yanvar kuni O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tomonidan "Voyaga yetmaganlarning ma’naviy-axloqiy, psixologik va jismoniy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi axborotlardan himoya qilishning dolzarb vazifalari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi, deb xabar beradi, parlament quyi palatasi matbuot xizmati.

Internet, mobil aloqa, kompyuter o‘yinlari, video va kino mahsulotlari foydalanuvchilari, ko‘pincha kerakli axborotlardan tashqari, bizning jamiyat axloqiy tartib-qoidalariga zid bo‘lgan shafqatsizlik, zo‘ravonlik va milliy mentalitetimizga begona boshqa g‘oyalar targ‘ibotlariga duch kelishadi. Bunday holatlar voyaga yetmaganlarning ma’naviy, ruhiy va jismoniy rivojlanishlariga jiddiy ta’sir etishi mumkin, deb ta’kidlandi tadbirda.

Tadbirda so‘zga chiqqan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, axborot sohasidagi ekspertlar va mutaxassislar yoshlarni salbiy xarakterga ega bo‘lgan axborotlardan himoyalash tizimini tashkil etishning muhim institutsional mexanizmi sifatida milliy qonunchiligimizda tegishli huquqiy bazani shakllantirish va uni mustahkamlash zaruratini bugungi tezkor davrning o‘zi taqozo etayotganini qayd etdilar.

AQSH, Kanada, Avstraliya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Niderlandiya, Italiya, Portugaliya, Ruminiya, Polsha, Yaponiya va boshqa davlatlarda bolalar va o‘smirlar o‘rtasida ularning sog‘lig‘iga va taraqqiyotiga salbiy ta’sir etadigan ma’lumotlarni tarqatish bo‘yicha taqiq va chegaralar o‘rnatilgan. Bolalar va kattalar uchun ko‘rsatuvlarni efirga uzatishda alohida soatlar belgilangan, bolalarni salbiy ta’sir etuvchi ma’lumotlardan himoya qilish bo‘yicha maxsus boshqaruv organlari tashkil qilingan.

Qonun loyihasini tayyorlashda BMTning bolalarni zararli axborotlardan himoyalash sohasidagi hujjatlari, jumladan BMT Bosh Assambleyasining "Voyaga yetmaganlar uchun xavfsiz bo‘lgan Internet va onlayn resurslarni joriy qilish to‘g‘risida”gi tavsiyanomasi talablari inobatga olingan.

Davra suhbatida "Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari tomonidan tayyorlanayotgan "Voyaga yetmaganlarning axborot xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini takomillashtirish bo‘yicha deputatlar, huquqshunoslar, mutasaddi vazirlik, idora va tashkilotlar ekspertlaridan iborat ishchi guruhi tuzish hamda bu boradagi ishlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi. Shu bilan birga, yoshlarni salbiy ta’sir o‘tkazuvchi ma’lumotlardan muhofaza qilish bilan shug‘ullanuvchi vakolatli organlar va o‘quv-tarbiya muassasalarining faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Категория: QIZIQARLI MA'LUMOTLAR | Просмотров: 935 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Yanvar 2012  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика