Yakshanba, 19.05.2024, 21:21:03
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Saytda ko'proq nima bo'lishini xoxlaysiz
Статистика

Xozir saytda 9
Mehmonlar 9
A'zolar 0

16:21:01
Bojxona bir yil ichida 28,5 ming qonunbuzarliklarni aniqladi

Bojxona bir yil ichida 28,5 ming qonunbuzarliklarni aniqladi

O‘tgan yili O‘zbekiston bojxona xizmati tomonidan 28,5 ming qonunbuzarliklar aniqlangan.

2011-yilda bojxona to‘lovlari bo‘yicha davlat byudjetiga 2,55 trln so‘m undirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

2011-yil davomida respublika bojxona postlarida salkam 286,3 mingta bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirildi.

Bojxona organlari tomonidan kontrabanda va bojxona qonunchiligining buzilishiga oid 28,53 mingta holatlar aniqlandi. Ularni bartaraf etish natijasida 110 mlrd so‘mdan ortiq qiymatdagi noqonuniy olib o‘tilgan tovar-moddiy boyliklar olib qo‘yildi. Aniqlangan holatlarning 938 tasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 26,33 mingtasi bo‘yicha ma’muriy ishlar yuritilgan.

Respublika chegaralarida noqonuniy olib o‘tishga urinish chog‘ida bojxonachilar 227,8 ming litr yonilg‘i-moylash materiallari, 526,1 tonna rangli va qora metallar, 243,2 tonna go‘sht va go‘sht mahsulotlari, 1,19 mln quti tamaki mahsulotlari, 40,1 ming litr o‘simlik yog‘i, 296 bosh uy hayvonlarining noqonuniy olib o‘tishilishiga chek qo‘yildi.

2011-yilda bojxona organlari tomonidan mustaqil ravishda va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida 45,7 ming dona psixotrop tabletka, 7,5 kg porox, 3635 ta patron, 51 ming dona kapsula, 56,1 ming dona pirotexnika vositalari aniqlanib, olib qo‘yildi.

Категория: VIDEO YANGILIKLAR | Просмотров: 1063 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Yanvar 2012  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика