Yakshanba, 19.05.2024, 17:49:35
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Qaysi operatordan foydalanasiz
Статистика

Xozir saytda 7
Mehmonlar 7
A'zolar 0

20:42:00
Biz nega kulamiz ?
Siz hazil qilganingizda atromizdagi odamlar kulmagan hollar ham bo’lganmi? Hech qachon tishini oqini ko’rsatmaydigan yoki aksincha, kulgidan hech qachon to’xtamaydigan odamlarni bilasizmi? Gap shundaki biz tanamizdagi qandaydir mexanik jarayon tufayli emas, balki his hayajonimizni ifodalab kulamiz. Bu hol allaqanday oshkora bir qoniqish yoki qalbimizdagi yengillik tufayli sodir bo’lishi mumkin.

To’g’ri, kulishning bitta "mexanik” sababi bor – bu qitiqlashdir. Ammo bu refleks faoliyati, ya’ni organizmni qo’zg’ashga javob qaytarishi, xolos. By hodisaning kulguning boshqa turlariga hech qanday aloqasi yo’q.

Biz kulish orqali xotirlash, tasavvur qilish, fikrlash yoki biror narsani ko’rish orqali yuzaga kelgan his-tuyg’ularni o’zida ifodalaymiz. Binobarin, bunday javobga nima sabab bo’ladi?

Bu savolga ruxshunoslar – inson hatti-harakatini o’rganuvchi kishilar javob beradi. Garchi ular xilma-xil nazariyalarni ishlab chiqqan bo’lsalar-da, ularning hech qaysisi bu hodisani to’laligicha izohlay olgan emas.

Ulardan biri kulgini ijtimoiy hol deya baholaydi. Agar televizorni yolg’iz tomosha qilib o’tirgan bo’lsangiz, birorta kulgili narsani ko’rib qolganimizda xaxolab kulishimiz amri mahol. Ammo do’stlar davrasida bo’lganda, bu qiyqiriq ko’tarilishi mumkin. Yoki boshqa misolni olib ko’raylik. Bir necha kishi bir-biriga qiziqdan qiziq latifalarini hikoya qilib berib o’tiribdi. Ular quvnab kulishadi. Siz ham ularning yonidasiz , ularning gapini eshitib o’tiribsiz, ammo siz bu quvnoq guruh a’zosi emassiz. Ularning gapi sizni jilmayishga han majbur qilmaydi.

Kulgiga nima sabab bo’lishi to’g’risida biz umumiy tasavvurga egamiz. Kimningdir beso’naqayligi (masalan, odamning qo’lidan hamma narsa tushib ketaversa, u hadeb sirpanib yiqilaversa) bizning vaqtimizni chog’ qilishi mumkin. Buni biz aynan shu paytda o’zimizning ustunligimizni his qilishimiz orqali izohlash mumkin, chunki huddi shu holat bizga lazzat bag’ishlaydi. Bu o’rinda kulgi bizning his-tuyg’ularimiz ifodasidir.

Sababiga ko’ra kulgi turlicha bo’lishi mumkin. Hazil – uningbir turini, qiziqchilik – boshqasini, be’manilik – uchinchi turini keltirib chiqaradi. Kulgi nafratni ifodalashi ham mumkin. Shunday qilib, kulgi – bu bizning his-tuyg’ularimiz ifodasi, atrofimizdagi ayrim hodisalarga bildirilgan javobdir.
Категория: BILASIZMI? | Просмотров: 789 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2011  »
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика