Yakshanba, 19.05.2024, 19:41:59
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Saytga baho bering
Статистика

Xozir saytda 9
Mehmonlar 9
A'zolar 0

12:50:20
BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI TASHKIL ETILGANINING 66-YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN TANLOV E’LON QILINDI

24-oktabr – Xalqaro Birlashgan Millatlar Tashkiloti kuni. Tashkilot Nizomi 1945-yil 24-oktabrida kuchga kirgan edi. shbu sana 1948 yildan boshlab butun dunyoda bayram qilinadi. An’anaga ko‘ra, ushbu kun tashkilot erishgan natijalar va uning maqsadlari xususida majlislar, muhokama, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar o‘tkazish bilan nishonlanadi. 

Joriy yilda BMT tashkil etilganining 66-yilligi O‘zbekistonda 2011-yilning 10-20-oktabr kunlari oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida "BMT Mingyillik taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirishda O‘zbekiston erishgan natijalar” mavzusida eng yaxshi esse tanlovi o‘tkaziladi. BMT Taraqqiyot Dasturining "Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash: fuqarolik ishtiroki va hamkorlik” loyihasi mazkur tanlov tashabbuskori bo‘ldi. 

Tanlovning asosiy maqsadi va vazifalari talabalarning BMT faoliyati, Mingyillik taraqqiyot maqsadlariga yetishish yo‘lida bajarilayotgan ishlar va erishilgan natijalar xususidagi bilimlarini oshirishga qaratilgandir. 

O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarining tanlovda ishtirok etishni istagan talabalari yozgan esselarini essay@lgsp.uz elektron pochta manziliga "Talabalar o‘rtasida eng yaxshi esse tanlovi”ga degan eslatma bilan 2011-yil 20-oktabr kuni soat 18.00 gacha yuborishlari mumkin. 

BMTTD xodimlaridan iborat hay’at a’zolari kelib tushgan barcha esselarni diqqat bilan o‘rganib chiqadi va uchta eng yaxshisini tanlaydi. Tanlovga taqdim etilgan esselar ijodiy jihati, muallifning bilim darajasi, mavzuning to‘liq ochib berilgani, material aniq va tushunarli ifoda qilingani singari mezonlar bo‘yicha baholanadi. 

G‘olib va sovrindorlar BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi 24-oktabr – Xalqaro BMT kuniga bag‘ishlab uyushtiriladigan tantanali marosimda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. 

Tanlovga yuboriladigan esselarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibi: 

1. Essening birinchi sahifasida ism-sharifingiz, yoshingiz, oliy o‘quv yurti, fakultet, o‘quv kursi nomi, uy manzilingiz, telefon raqamingiz (kod bilan birga) va elektron pochta manzilingizni ko‘rsating.

2. Esse o‘zbek, ingliz yoki rus tilida yozilishi mumkin.

3. Essening hajmi A4 formatida bo‘lishi va 1500 so‘zdan oshmasligi kerak (shrift - Times New Roman, shrift kattaligi -12, qatorlar orasidagi interval – 1). Agar esseni yozayotganda qo‘shimcha adabiyotlardan foydalangan bo‘lsangiz, mazkur manbalarga tegishli havola berish esingizdan chiqmasin.

4. Esseda muallif "Mingyillik taraqqiyot maqsadiga erishish menga, oilamga, mahallamga, qishlog‘imga, shahrimga va mamlakatimga nima berdi?” degan savolga javob berayotib, ushbu masalani qanday tushunishi borasida shaxsiy fikrini bildirishi lozim.

5. Esse oldin e’lon qilinmagan va mualliflik huquqi talablariga mos bo‘lishi shart. Unda qalamga olinayotgan qarashlarni tasdiqlash uchun boshqa joylardan olingan ko‘chirmalarning manbasi aniq ko‘rsatilishi kerak.

6. Esseni bir kishi yozishi lozim. Hammualliflikda yozilgan esselar qabul qilinmaydi. 

Ma’lumot uchun telefon: (+998 71) 2457497 
Категория: QIZIQARLI MA'LUMOTLAR | Просмотров: 995 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
_-_AnGeL_-_ Спам
12
10.2011
raxmat tongue
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Oktyabr 2011  »
DuSeChPaJuShYa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика