Yakshanba, 19.05.2024, 22:06:16
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Saytda ko'proq nima bo'lishini xoxlaysiz
Статистика

Xozir saytda 14
Mehmonlar 14
A'zolar 0

21:21:56
Biometrik pasportlar berish boshlandi...

Pasport quyidagicha ko'rinishga ega:




Malakatimizda xalqaro namunadagi biometrik pasportni – uning egasining fuqaroligi va shaxsini tasdiqlovchi asosiy hujjatni rasmiylashtirish hamda berish boshlandi. Bu boradagi ishlar Prezidentimiz Islom Karimovning 2009 yil 23 iyunda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq amalga oshirilmoqda. Ushbu hujjatga binoan mamlakatimiz 2015 yilning oxirigacha biometrik pasportlashtirish tizimiga to‘liq o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi direktori Abdusattor Matkarimov O‘zA muxbiriga ushbu tizimni joriy qilish uchun tashkil etilgan mexanizm, yangi pasportlarni rasmiylashtirish hamda berish jarayoni qanday amalga oshirilayotgani haqida so‘zlab berdi:

– Mustaqillik mamlakatimizga barcha sohalar, shu jumladan, xalqaro munosabatlarni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochdi, – deydi A.Matkarimov. – O‘zbekiston 20 yildan buyon xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a’zosi siaftida ko‘plab xalqaro konvensiya hamda hujjatlarni, jumladan, 1944 yilda qabul qilingan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi Chikago konvensiyasi hamda 2004 yildagi Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) Monreal assambleyasining rezolyutsiyasi ijrosini ta’minlashda ishtirok etmoqda. O‘zbekiston mazkur hujjatlarga muvofiq va IKAO a’zosi sifatida o‘z majburiyatlariga rioya qilgan holda, biometrik pasport – elektron harakatlanish hujjatini joriy etmoqda. Bu hujjatning har biri uning egasi haqida shaxsiy biometrik parametrlar – raqamli fotosurati hamda barmoqlari izlari tushirilgan biografik ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan maxsus elektron chip bilan ta’minlangan.


Ta’kidlash kerakki, ayni paytda elektron axborot manbasiga ega biometrik pasportlar dunyoning aksariyat mamlakatlarida joriy etilgan. Ular xalqaro fuqaro aeronavigatsiyasi xavfsizligini ta’minlash, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning qalbakilashtirilishiga qarshi himoya darajasini oshirish, davlat chegarasidan o‘tishda shaxsni tezkor va aniq identifikatsiyalash mexanizmlarini takomillashtirish, xalqaro aviatashishlar sifati va samaradorligini yanada oshirish, shuningdek, aviayo‘lovchilar uchun yuqori darajadagi qulayliklar yaratish hamda ularning vaqtini tejash maqsadida tatbiq etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 23 iyunda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq mamlakatimizda yangi namunadagi pasportlarni joriy etish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi Nizom va O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarining biometrik harakatlanish hujjati to‘g‘risidagi Nizom joriy etildi. Ularda xalqaro talablarga javob beradigan hujjatlarni rasmiylashtirish va berish bilan bog‘liq barcha jarayonlar batafsil bayon qilingan.


Suratda: yangi texnologiya jarayonida.

Shunga muvofiq, elektron chipga ega quyidagi hujjatlar – o‘zbek va qoraqalpoq tilidagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning harakatlanish hujjati, O‘zbekiston Respublikasining diplomatik pasporti belgilandi.

Tayyor pasportlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining hududiy bo‘limlarida rasmiylashtirilmoqda va berilmoqda. Yashash joylardagi pasport stollari eng zamonaviy uskunalar hamda texnologiyalar bilan ta’minlandi. Tegishli mutaxassislar maxsus tashkil etilgan kurslarda muntazam o‘qitilmoqda.

Pasportlar bosqichma-bosqich almashtiriladi va bu 2015 yilgacha davom etadi. Mazkur davrda O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari biometrik pasportlarga ega bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining amaldagi pasporti esa yangi hujjat almashtiriladigan davrgacha haqiqiy hisoblanadi.

Hozir poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlari ichki ishlar bo‘limlarining xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarida biometrik pasportlar berilmoqda. Har kuni o‘rtacha 50 odam yangi pasport olmoqda. Jadvalga muvofiq, tez orada O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining boshqa barcha hududiy bo‘limlarida ham yangi pasportlarni berish boshlanadi.


Категория: MULOHAZA | Просмотров: 880 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика