Yakshanba, 19.05.2024, 22:43:26
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Zamonaviy estrada xit paradi
Статистика

Xozir saytda 7
Mehmonlar 7
A'zolar 0

17:11:32
Biometrik pasport berish davom etmoqda

Prezidentimizning 2009-yil 23-iyunda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2011-yil 5-yanvarda imzolangan "O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonlariga muvofiq fuqorolarga biometrik pasport berilmoqda.

Ushbu jarayon Samarqand viloyatida ham katta tayyorgarlik va uyushqoqlik bilan tashkil etilib, ayni paytda ichki ishlar idoralarining tegishli xizmatlari tomonidan aholining hozir amalda bo‘lgan pasporti biometrik pasportga almashtirilmoqda.

Buning uchun barcha shahar va tumanlarning Xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarida zarur shart-sharoitlar yaratildi. Xususan, ularda biometrik ma’lumotlarni olish uchun maxsus qurilmalar o‘rnatildi. Bu zamonaviy uskunalardan foydalanish bo‘yicha xodimlarning bilim va malakasi oshirildi. Shuningdek, fuqarolarga tez va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida bu jarayonga tijorat banklari va boshqa soha mutaxassislari ham jalb etildi.

– Bugungi kunda Samarqand shahrida fuqarolarga biometrik pasport berish jarayoni qizg‘in davom etmoqda, – deydi Samarqand shahar ichki ishlar boshqarmasining Xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi boshlig‘i, mayor Sherzod Halimov. – Pasport almashtirish jarayonlarini tezkor va samarali tashkil etish, aholiga qulaylik yaratish va ularning vaqtini tejash yuzasidan shahar hokimligi va ichki ishlar boshqarmasining chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda. Shahar IIBning hududlardagi militsiya bo‘lim va bo‘linmalarida fuqarolardan hujjatlar qabul qilinib, belgilangan tartib asosida bo‘limimizga taqdim etilmoqda.

Shahardagi korxona va tashkilotlar xodimlari tasdiqlangan jadval asosida ish vaqtidan keyin bo‘limimizga kelib, zarur hujjatlarni taqdim etmoqda. Biometrik ma’lumotlarni olishga mo‘ljallangan uchta qurilma yordamida kuniga 350 dan ziyod fuqaroning hujjatlari rasmiylashtirilib, Davlat personallashtirish markaziga yuborilmoqda.

Biometrik pasport ko‘plab qulaylik va afzalliklarga ega bo‘lib, bu avvalo, fuqarolarni xalqaro talablarga to‘la javob beradigan va xavfsizligi kafolatlangan shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan ta’minlash, davlat chegaralaridan o‘tish paytida shaxsni tezkor va aniq identifikatsiya qilish hamda xalqaro aviatashish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Pasportning himoya tizimi kuchaytirilgani uni qalbakilashtirishdan saqlaydi. Pasportning orqa muqovasiga joylashtirilgan maxsus qurilma (chip)ga pasport egasining biografik va biometrik ma’lumotlarining elektron nusxasi kiritiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil boshidan buyon Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi 17 mingga yaqin fuqaro biometrik pasport olgan.

Категория: BILASIZMI? | Просмотров: 721 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  May 2013  »
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика