Yakshanba, 19.05.2024, 20:25:32
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Saytga baho bering
Статистика

Xozir saytda 8
Mehmonlar 8
A'zolar 0

19:24:32
“Asrlar sadosi-2012” QORAQALPOG’ISTONDA BO`LIB O`TADI!


Fond Forum va YuNЕSKOning yurtimizdagi vakolatxonasining eng yirik loyihalaridan biri – "Asrlar sadosi” an’anaviy madaniyat festivali bu yil 5-6 may kunlari Qoraqalpog’iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida o’tkaziladi. Nukusdagi Tuproqqal’a tarixiy yodgorligi va jahonga mashhur Savitskiy nomidagi muzey o’tgan to’rt yil mobaynida an’analar, san’at, tarix va hozirgi kunning o’ziga xos chorahasiga aylanib ulgurgan festivalning asosiy obyektlariga aylanishi kutilmoqda. "Kelajak-tur” xalqaro yoshlar turizmi va hamkorligi byurosi V "Asrlar sadosi” an’anaviy madaniyat festivalining rasmiy tur-operatoridir.

Mamlakatimizning shimoliy-sharqida joylashgan Qoraqalpog’iston Respublikasi so’nggi yillarda san’atshunoslar, arxeolog-olimlar, tadqiqotchilar va sayohatchilarning e’tiborini tobora ko’proq tortib kelmoqda. O’ziga hos arxeologik qo’riqhona bo’lgan hudud o’zining noyob madaniyati, boy tarixiy merosi, nodir tabiiy landshaftlari, qadimiy va o’rta asrlarga oid yodgorliklari bilan mashhur.

Qadimgi Xorazm poytaxti hisoblangan shahar-qal’a — Tuproqqal’a "Asrlar sadosi-2012” an’anaviy madaniyat festivali o’tkaziladigan asosiy joy. Ushbu qal’a markazida qadimda hukmdorlar qarorgohi joylashgan. Ellikqal’a tumani hududida joylashgan shaharcha qoldiqlarini qazish ishlari 1940 yillarda boshlangan edi. Bir-biriga yaqin joylashgan qal’alar hududga shunday nom berilishiga sabab bo’lgan. Arxeologik qazilma ishlari ushbu qal’a qator diniy marosimlar markazi bo’lgani hamda zardo’shtiylik davrida hududda butxona inshootlari ko’plab qurilganidan dalolat beradi. Xorazmshoxlar saroyi joylashgan Tuproqqal’a shaharchasi Markaziy Osiyo hududidagi eng qadimgi inshootlardan biri bo’lib, YuNЕSKOning jahon madaniyati yodgorliklari ro’yxatiga kiritilgan.

Festival mehmonlari I. V. Savitskiy nomidagi davlat muzeyiga ham tashrif buyurishadi. Muzeyning 90 mingdan ortiq noyob va boy eksponatlari bois unga "Qumlikdagi Luvr” deb nom ham berishgan. O’tgan asrning 50-60-yillarida Igor Savitskiy tomonidan to’plangan Rossiya va Turkistonning avangard hamda postavangard san’at namunalari, Qoraqalpog’istonning bezakli amaliy san’ati asarlari, Qadimiy Xorazmning arxeologik eksponatlari muzey asosini tashkil etadi. Savitskiyni "Markaziy Osiyo Tretьyakovi” deb atashadi. Noyob madaniy merosimining saqlanib qolishiga aynan u sababchi bo’lgan. 1991 yilda yurtimiz mustaqillikka erishganida jahon XX asrning shu vaqtgacha noma’lum san’at asarlari bilan tanishish imkoniga ega bo’ldi.

Mutaxassislar va jahon matbuoti vakillarining baholashicha, I. V. Savitskiy nomidagi muzeydagi to’plamlar Osiyo mintaqasidagi eng yaxshi badiiy to’plam sanaladi, rus avangardi to’plamlari soni va xajmi bo’yicha jahonda ikkinchi o’rinda turadi.

An’anaga ko’ra, folklor jamoalari tanlovlari, Milliy liboslar festivali, an’anaviy xalq o’yinlari, uloq-ko’pkari, milliy kurash bellashuvlari, xo’roz va qo’y janglari, dorbozlar chiqishi, oshpazlar tanlovi kabilar bu yilgi festival dasturiga kiritilgan. Festivalda, shuningdek, amaliy san’at ko’rgazma-yarmarkasi o’tkazilib, unda kulolchilik, kandakorlik, kashchado’zlik, miniatyura, to’qimachilik, yog’och o’ymakorligi ustalari o’z mahoratini namoyish etishadi.

Festivalning ilmiy tarkibi ham alohida qiziqish uyg’otmoqda. Ushbu hududning arxeologik topilmalari, san’ati, noyob madaniyati va sir-asrorlari san’at ixlosmandlari, inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlarga qiziqqanlarni befarq qoldirmasligi aniq.

Har yili festivalga diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar vakillari, madaniyat va san’at arboblari, mutaxassislar, tadqiqotchilar, yoshlar va xorijiy mehmonlardan iborat jami 50 ming kishi tashrif buyuradi.

  Beshinchi "Asrlar sadosi” an’anaviy madaniyat festivali qadimiy va zamonaviy O’zbekistonning ma’lum bo’magan qirralarini  ochish imkonini beradi. Eslatib o’tamiz, bundan avval "Asralar sadosi” festivali Shahrisabz yaqinida, Toshkent viloyati, Xiva hamda Buxoroda o’tkazilgan. Bu safar festival go’zal va betakror tabiiy peyzajlar bilan hayratga solib, Qoraqalpog’iston tarixi va madaniyatiga unutilmas sayohat uyushtiradi.
Категория: BILASIZMI? | Просмотров: 1028 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Теги: sadosi, asrlar, 2012 | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 1
<<<!!!V1RUS!!!>>>
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Aprel 2012  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика