Yakshanba, 19.05.2024, 23:40:28
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Zamonaviy estrada xit paradi
Статистика

Xozir saytda 7
Mehmonlar 7
A'zolar 0

22:07:02
Andijon shahrining 2500 yilligi nishonlanadi

O‘zbekiston Respublikasi hukumati Prezident Islom Karimovning topshirig‘iga binoan Andijon shahrining 2500 yilligini keng nishonlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqmoda. Bu haqda "Gazeta.uz” internet-nashri xabar qilgan.

Mamlakatimiz Prezidenti shu yilning 30-sentabr – 1-oktabr kunlari Andijon viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida shunday topshiriqni bergan edi. Andijon shahrining yubileyini o‘tkazish bo‘yicha dastur 15-noyabrgacha ishlab chiqiladi.

Hozirda Vazirlar Mahkamasi tomonidan viloyatning sanoat salohiyatini oshirish, ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish, arxitektura qiyofasini yaxshilash va aholi yashash punktlarini obodonlashtirish hamda yashash darajasini oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar dasturi qabul qilingan.

Ushbu hujjatda, xususan, 1-dekabrgacha Andijon shahri markazining joylashuvini aniqlovchi, markaziy maydon va anjumanlar saroyi qurilishiga oid bosh rejani ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

Ushbu muddatgacha shaharda ichki kichik va tashqi katta halqa yo‘llarini qurish bo‘yicha takliflar ham ishlab chiqilishi lozim.

30-dekabrgacha viloyatdagi Asaka shahrini rivojlantirish bo‘yicha bosh rejani ishlab chiqish ham maqsad qilingan. Ushbu rejaga shaharning sanoat salohiyatini oshirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish hamda shaharning tashqi qiyofasini o‘zgartirish kabi masalalar kiritilgan.

Tez orada  bugungi Andijon viloyati Fotogalereyasi saytimizga qo'shiladi!!! Bizdan yiroqlashmang!

MegaFan | Farruh Hayitbayev


Категория: MULOHAZA | Просмотров: 929 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Рейтинг: 4.0/2
Всего комментариев: 1
shuhrey Спам
12
11.2011
xa bu fakt ANDIJON 2500 yildanam ortiq tarixga ega !!!
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика