Yakshanba, 19.05.2024, 13:41:59
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Saytga baho bering
Статистика

Xozir saytda 13
Mehmonlar 13
A'zolar 0

20:49:32
2012-yilgi “Oskar” mukofoti sovrindorlari aniqlandi

Shu yilning 26-fevral kuni (Toshkent vaqti bilan 27-fevral tongida) Los-Anjeles shahrida Amerika kinoakademiyasining 84-yillik "Oskar” mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 2011-yilgi kinomavsum yakunlariga ko‘ra to‘qqizta film bosh sovrin – "Yilning eng yaxshi filmi” nominatsiyasi uchun kurash olib bordi. Ular orasida kinotanqidchilar tomonidan alohida e’tirof etilgan "Artist” filmi bosh mukofotga loyiq deb topildi.

Eronlik rejissor Asqar Farhodiyning "Ajralish” ("A Separation”) filmi "Eng yaxshi xorijiy film” deb topilgan bo‘lsa, Vudi Allenning "Parijdagi tun” ("Midnight in Paris”) filmi original ssenariysi uchun oltin haykalcha bilan taqdirlandi. Moslashtirilan ssenariy yo‘nalishida esa "Avodlar” ("The Descendants”) filmi g‘olib deb topildi.

Gor Verbinski tomonidan ishlangan "Rango” animatsion filmi Alen Ganyolning "Parijdagi mushuk” ("A Cat in Paris”), Fernando Truebaning "Chiko va Rita” ("Chico and Rita”), Jennifer Nelsonning "Kung-Fu Panda-2”, Kris Millerning "Etik kiygan mushuk” ("Puss in Boots”) multfilmlaridan ustun keldi. "Eng yaxshi hujjatli film” yo‘nalishida esa Tijey Martin, Den Lindsey va Richard Midlmaslarning birgalikdagi loyhasi — "Yengilmaslar” ("Undefeated”) kartinasi g‘olib deb topildi.

Aktyor Kristofer Plammer "Boshlovchilar” ("Beginners”) filmidagi roli uchun "Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor” yo‘nalishida g‘olib chiqqan, shu yo‘nalishdagi aktrisalar orasida "Yordam” ("The Help”) filmidagi Oktavia Spenserga teng keladigani topilmadi.

"Temir xonim” ("Iron Lady”) filmida Angliya sobiq bosh vaziri Margaret Tetcher siymosini jonlantirgan Meril Strip "Yilning eng yaxshi aktrisasi” deb tan olindi. 17 marta "Oskar” uchun da’vogarlik qilgan aktrisa uchun bu uchinchi g‘oliblik hisoblanadi.

Taqdimotning yaqqol favoriti hisoblangan "Artist” filmi 10 ta yo‘nalishda g‘oliblik uchun kurash olib borgan bo‘lsa, shundan beshtasida g‘olib chiqdi. Jumladan, "Eng yaxshi liboslar dizayni” hamda "Eng yaxshi saundtrek” yo‘nalishlarida "Artist”ga teng keladigani topilmadi.

Taqdimot favoriti 3 ta eng asosiy "Oskar” egasiga ham aylandi: film bosh rol ijrochisi Jan Dujardin "Eng yaxshi aktyor” deb tan olingan bo‘lsa, Mishel Xazinavichus rejissorlar orasida birinchi bo‘ldi. "Artist”ning o‘zi eng asosiy sovrin – "Eng yaxshi film” uchun atalgan haykalcha egasiga aylandi.

84-"Oskar” taqdimoti g‘oliblari to‘liq ro‘yxati bilan marosim rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.

Категория: DUNYO HABARLARI | Просмотров: 927 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Теги: oskar-2012, oskar | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 3
megaplanet Спам
04
03.2012
p.s xaxaxaxa wunaqa wekili a
Admin Спам
04
03.2012
xada
Admin Спам
04
03.2012
dono odamlar oz umir ko'rishadi deyishadi negadir menixam mazam bo'lmayabdi
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Mart 2012  »
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика