Yakshanba, 19.05.2024, 21:40:23
MEGAFAN.BIZ - Super Portal
Приветствую Вас Mehmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
SEVGI [19]
OB-HAVO [12]
MULOHAZA [35]
BILASIZMI? [74]
BOLAJONLARGA [1]
TELEFON UCHUN [7]
SHERIYAT OLAMI [22]
KINO YANGILIKLARI [35]
DUNYO HABARLARI [77]
VIDEO YANGILIKLAR [9]
SPORT YANGILIKLARI [56]
KOMPYUTER UCHUN [9]
MASHXURLAR HAYOTI [38]
OPERATOR YANGILIKLARI [63]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR [186]
MUNAJJIMLAR BASHORATI [50]
SHOU BIZNES [123]
Мини-чат
 
500
Наш опрос
Saytga baho bering
Статистика

Xozir saytda 18
Mehmonlar 18
A'zolar 0

20:07:28
2010/11 – mavsumda eng ko‘p daromad olgan futbol klublari, Deloitte – 2012
Nufuzli auditorlik kontorasi – “Deloitte” kompaniyasi dunyodagi yetakchi futbol klublarining 2010/11 – mavsumda olgan daromadini hisoblab chiqdi. Bu yilgi reytingda ham birinchilikni Ispaniyaning “Real Madrid” klubi egalladi. “Qirollik klubi” 2010/11 – mavsumda jami 479,5 million yevro daromad olib, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ketma-ket yettinchi yil ham birinchilikni o‘zida saqlab turibdi. Agarda “Real Madrid” kelasi mavsumda ham daromadi bo‘yicha birinchilikni o‘zida saqlab turishga muvaffaq bo‘lsa, u bu boradagi “Manchester Yunayted” klubining rekordiga yetib olishi mumkin. Dunyodagi mashhur futbol klublarini ularning bir mavsum davomida olgan daromadlari bo‘yicha reytingga ajratish ilk marta 1996/97 – mavsumda amalga oshirilgan bo‘lsa, Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi o‘sha paytdan boshlab to 2003/04 – mavsumgacha ketma-ket sakkiz yil yetakchilikni o‘zida saqlab kelgan. Reytingning ikkinchi pog‘onasini ham Ispaniyaning boshqa bir jamoasi – “Barselona” klubi band qildi. Kataloniyaliklar o‘tgan mavsumda jami 450,7 million yevro miqdorida daromad olishgan. Kuchli uchlikni esa Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi 367 million yevro daromadi bilan yopib berdi. Shunday qilib, “Deloitte” tomonidan tuzilgan 2012-yilgi reytingdan quyidagi jamoalar joy oldi: 1 (1). «Real» (Ispaniya) – 479,5 million yevro 2 (2). «Barselona» (Ispaniya) – 450,7 3 (3). «Manchester Yunayted» (Angliya) – 367,0 4 (4). «Bavariya» (Germaniya) – 321,4 5 (5). «Arsenal» (Angliya) – 251,1 6 (6). «Chelsi» (Angliya) – 249,8 7 (7). «Milan» (Italiya) – 235,1 8 (9). «Inter» (Italiya) – 211,4 9 (8). «Liverpul» (Angliya) – 203,3 10 (16). «Shalke» (Germaniya) – 202,4 11 (12). «Tottenxem» (Angliya) – 181,0 12 (11). «Manchester Siti» (Angliya) – 169,6 13 (10). «Yuventus» (Italiya) – 153,9 14 (15). «Marsel» (Fransiya) – 150,4 15 (18). «Roma» (Italiya) – 143,5 16 (-). «Borussiya» (Germaniya) – 138,5 17 (14). «Lion» (Fransiya) – 132,8 18 (13). «Gamburg» (Germaniya) – 128,8 19 (-). «Valensiya» (Ispaniya) – 116,8 20 (-). «Napoli» (Italiya) – 114,9
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Просмотров: 1172 | Добавил: ๑۩۩MF۩۩๑ | Теги: Manchester Yunayted, Real Madrid, Deloitte, Barselona | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 1
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Fevral 2012  »
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
272829
Архив записей
Друзья сайта
WwW.MegaFan.uZ © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan
Хостинг от uCozЯндекс.Метрика